Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə23/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
ТЖЛ majmua LP

Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash
Kiyimning sifati va uning narxi qo‘p jixatdan ishlov berish usuliga va qo‘llaniladigan asbob-uskunaga bog‘lik. Shuning uchun yuqori sifatli buyumni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan tikish usullari tanlanadi.
Kiyimga ishlov berish usullari va qo‘llaniladigan asbob-uskunalar kiyimning mo‘ljallanishiga, gazlamalarni tikish xususiyatiga bevosita bog‘liq. Ishlov berish usullarini va asbob-uskunalarni tanlashda buyum sifatini yaxshilash, buyumga ishlov berish vaqtini qisqartirish, mexnat unumdorligini oshirish, kiyim tikish qiymatini kamaytirish, asbob-uskunalardan va tsex maydonidan, shuningdek ishchilarning ish vaqtidan unumli foydalanish, xamda mexnat sharoitini engillashtirishning turli variantlari solishtiriladi. Mavjud texnologiyani takokillashtirish kuyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:

  • mashina operatsiyalarini solishtirma ulushini qo‘tarish;

  • elimli materiallarni qo‘llash jarayonini kengaytirish;

  • operatsiyalararo namlab isitib ishlov berish operatsiyalarini qisqartirish va kontsentratsiyalash;

  • detallarga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish;

  • kichik mexanizatsiya vositalarini qo‘llash.

Ayrim detal va kiyim bo‘laklarini tayyorlashda kompleks mexanizatsiyalashtirishni, shuningdek avtomat va yarimavtomat uskunalar komplektidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Kiyim tikish texnologik tartibini tuzish
Kiyimga tanlangan ishlov berish usulari asosida uni tikish texnologik tartibi tuziladi. Texnologik tartib bo‘linmas operatsiyalaridan iborat bo‘ladi. Texnologik jixatdan bulinmaydigan operatsiya tikish jaraenining texnologik jixatdan maydarok kiyimga ajratish mumkin bo‘lmagan yaxlit bir elementdir. Texnologik jixatdan bo‘linmaydigan operatsiyalar tanlangan eng maqbul tikish usullari asosida tuziladi. Bulinmas operatsiyalarni soni va miqdori buyumning murakkbligiga va tikish usullariga bog‘liq. Buyum qancha murakkab bo‘lsa, bo‘linmas operatsiyalar shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bo‘linmas operatsiyalarni ixtisosi uni bajarishda qo‘llaniladigan asbob-uskuna asosida belgilanadi, razradi esa tarif-malaka ma`lumotnomadan foydalanib aniqlanadi. Operatsiyani bajarish uchun sarflanadigan vaqt TSMITI ( TSNIShP) ning ishlab chiqqan vaqt me`yoridan olinadi. Bundan tashqari operatsiyalarni bajarishga sarflanadigan vaqtlarni me`yorlash uchun tajriba-statistik yoki analitik usullardan foydalaniladi. Tajriba-statistik me`yor o‘rtacha arifmetik me`yorni belgilashga olib keladi, u etarli texnik jixatdan asoslanmagan bo‘lib, ilg‘or ishchi mexnatining tajribasini to‘liq o‘zida ifodalab bermaydi.
Analitik usulda esa vaqtning me`yori ishlab chiqarishdagi ish joy imkoniyatini taxlil qilish va ishchini qo‘shimcha ishlarga sarflaydigan vaqtini aniqlash orqali belgilanadi.
Analitik me`yorlashning ikki usuli mavjud:
- analitik-tadqiqot usuli.
-analitik-xisoblash usuli
Analitik tadqiqat usulida operatsiyaga va uning xar bir elementiga vaqt sarf qilinishi ish joyida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida olingan ma`lumotlar asosida aniqlanadi, ya`ni xronometraj o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Analitik xisoblash usulida operatsiyani sarf vaqti formula asosida xisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. U analitik –tadqiqot yordamida olingan ma`lumollarga asoslanadi. Buyum tikish texnologik tartibi
3-jadval shaklida ko‘rsatiladi.
3 -jadval.
Bir modelli oqimda buyumga ishlov berishning texnologik tartibi

T.r

Texnologik (bo‘linmas) operatsiyalar nomi

Ixti
Sos

Razryad

Sarf vaqt

Asbob-uskuna (moslamalar)

1

2

3

4

5

6

1

Old bo‘lak vitochkalarini tikish

M

2

38

8332\3055
«Tekstima»

2

Old bo‘lak vitochkasini dazmollash

D

2

30

UTP

3

Old bo‘lak relef chokini tikish

M

2

54

8332\3005
«Tekstima»

4

va x.k.
















Jami:







Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə