|
Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi
|
səhifə | 26/74 | tarix | 12.05.2023 | ölçüsü | 7,45 Mb. | | #109938 |
| ТЖЛ majmua LP MA`RUZA №12 (2 soat)
MAVZU: ISHLAB CHIQARISH OQIMINI TASHKILIY TEXNOLOGIK SXEMASINI TUZISH
Reja:
Buyum tikish texnologik tartibini tashkiliy operatsiyalarga ajratish.
Tashkiliy operatsiyalarga qo’iladigan talablar.
Oqimning tashkiliy-texnologik sxemasi jaryonning asosiy texnik xujjati xisoblanadi. Uni mexnatni taqsimlash sxemasi deb xam yuritiladi.
Texnologik operatsiyalarni tashkiliy operatsiyalarga komplektlash jarayoni natijalari bo‘yicha oqim operatsiyalari vaqtini moslashtirish jadvali tuziladi . Bu jarayonni bir modeli oqim misolida ko‘rib chiqamiz (9-jadvali ) Ishlab chiqarish oqimining quvvati M=720 dona
9- jadval.
Texnologik jarayon operatsiyalarining ma`lumotnomasi.
Bulinmas operatsiya .t.r
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
Ixtisos/razryad
|
M/3
|
M/4
|
K/2
|
K/2
|
M/3
|
M/4
|
M/4
|
M/3
|
D/4
|
K/2
|
K/3
|
MM/4
|
K/3
|
M/4
|
Sarf vakti, s
|
30
|
11
|
60
|
17
|
50
|
33
|
40
|
39
|
23
|
10
|
90
|
31
|
9
|
78
|
Jarayon ma`romini aniqlaymiz: τ=R/M=28800/720=40sek.
Bu erda, R-smena davomiyligi, s
2. Moslash shartlarini aniqlaymiz tr=(0.95+1.05)kτ
Jarayonda 1, 2 va 3 ishchiga mo‘ljallangan operatsiyalar uchrashi mumkin. Bu formulaga binoan moslashtirish vaqtinianiqlaymiz:
-bitta ishchiga mo‘ljallangan operatsiyalar uchun, K=1
tr=(0.95+1.05)*1*40=(38+42) sek.
-ikkita ishchiga mo‘ljallangan operatsiyalar uchun, K=2
tr=(0.95+1.05)*2*40=(76+84) sek.
-uchta ishchiga mo‘ljallangan operatsiyalar uchun, K=3
tr=(0.95+1.05)*3*40=(114+126) sek.
Shu shartlardan foydalanib jarayon operatsiyalarini texnologik ketma-ketlikni buzmasdan va operatsiyalar ixtisosligiga rioya qilib yig‘amiz. Operatsiyalarga ketadigan vaqt hech qaerda oqim ma`romini chegaralaridan chiqib ketmasligi kerak.
Oqimning tashkiliy-texnologik sxemasi tuzish uchun operatsiyalar vaqtini moslash jadvalidan va mahsulotni tayyorlash uchun texnologik operatsiyalar ma`lumotnomasidan foydalaniladi. Tashkiliy-texnologik sxema oqimning asosiy texnik hujjati bo‘lib, uni asosida:
ish o‘rinlari, uskunalar joylashtiriladi;
asbob-uskuna, moslama va yordamchi materiallar bilan ta`minlanadi;
texnologik jarayon nazorat qilib boriladi;
bajariladigan ish xisobga olinadi;
ishchilarning ish xaqi xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|