|
Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi
|
səhifə | 29/74 | tarix | 12.05.2023 | ölçüsü | 7,45 Mb. | | #109938 |
| ТЖЛ majmua LP MA`RUZA №13.1 (2 soat)
MAVZU: TARTIB VA MOSLIK GRAFIKLARINI TUZISH VA TAHLIL QILISH.
Reja:
1.Moslik grafiklarini tuzish va tahlil qilish.
2.Tartib tahlil qilish.
+15%τ
-5%τ
29 -rasm. Moslik grafigi
Moslik grafigi koordinatalar o‘qida tuziladi.Abstsissa o‘qi bo‘ylab oqimning tashkiliy – texnologik operatsiyalar joylashtiriladi. Operatsiyaning tartib raqami, sarf vaqti va ishchilar soni abstsissa o‘qi tagiga yozib qo‘yiladi. Oqim ma`romining vaqti gorizontal chiziq bilan, ungi nisbatan yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan ( kat`iy ma`romli konveyerli oqimlar uchun -5%÷10%, erkin ma`romli oqimlar uchun -5%÷15% ) farqli vaqtlar gorizontal punktirlar bilan tasvilanadi. Ordinata o‘qi bo‘ylab tashkilliy operatsiyalarni vaqti muayyan mastshabda belgilanadi. Shu o‘q bo‘ylab operatsiyalarning bajarilish vaqtiga mos nuqtalar topiladi. Karralik operatsiyalarda ularning bajarilish vaqti o‘rta xisobda olinadi. Ishlab chiqarish oqimiga modellar tsiklli tushirilgan bo‘lsa, moslik grafigini tuzishda bitta buyumga o‘rta xisobda to‘g‘ri keladigan vaqt olinadi.
Ishlab chiqarish oqimini taxlil qilishning yana bir yo‘li – bu oqimdagi asbob-uskunalardan foydalanish darajasini aniqlash. Oqimda asbob-uskunalardan foydalanish koeffitsienti kuyidagicha aniqlanadi:
Ka.f.=∑Tm/∑Tf
bu erda:
∑Tm-mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishga sarflanadigan vaqt yig‘indisi (texnologik operatsiyalar bo‘yicha olinadi).
∑Tf- mexanizatsiyalashgan tashkiliy operatsiyalarni bajarishga ketadigan vaqt.
Ideal holatda Ka.f. 1ga teng bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish oqimining tashkiliy- texnologik sxemasida buyumga ishlov berishni texnologik tartibga qanchalik rioya qilinganlini tektishir uchun texnologik tartib grafigi (31-rasm) tuziladi. Tartib grafigi ixtiyoriy masshtabda tuziladi. Grafikning chap tomonida xamma detallar nomi tashkiliy-texnologik sxemada ishlov berish tartibi asosida yoziladi. Ishlov berilayotgan modelni asosiy detaliga ( ko‘pincha old bulak asosiy detal xisoblanadi, chunki boshqa detallarning deyarli xammasi shu detalga biriktiriladi) 1- tartib raqam beriladi va “ Detallar tartib raqami” ustuniga yoziladi. Qolgan detallar ularning texnologik sxemadagi tikilish tartibiga binoan yuqori tomonga qarab yozib chiqiladi.
Tartib grafigida tashkiliy operatsiyalarni kvadrab yoki doira shaklida tasvirlanib, ular ichiga tashkiliy operatsiyaning tartib raqami va uni bajaradigan ishchining ixtisosi yoziladi. Karrali operatsiyalarni ustma-ust chizilgan ikkita yoki undan ortiq kvadrat (doira) shaklida tasvirlanadi. Karrali operatsiyalarda kvadratlar (doralar) soni, shu tashkiliy operatsiyani bajaradigan ishchilar soniga teng bo‘ladi. Karrali operatsiyalar tasvirlangan kvadratlarning xar biriga tashkiliy operatsiyani tartib raqami, va ishchining ixtisosi bir xil yoziladi. Detallar tikish tartibiga asosan va asosiy qatarga tushadigan joyini ko‘rsatadigan chiziqlar asosiy qatordan yuqorida tasvirlanib, ularga detallarning tartib raqami yoziladi va qaysi tashkiliy ish joyiga kelib tushishi til chiziqlar bilan ko‘rsatib qo‘yiladi. Detallarni bir operatsiyadan ikkinchisiga o‘tishini ko‘rsatadigan chiziqlar asosiy qatordan pastda tasvirlanib, detallar tartib raqami yoziladi va til chiziqlar qo‘yiladi. Biron bir detal unga nisbatan asosiy detalga ulangandan keyin (masalan, ostki yoqa ustki yoqaga) ushbu detalning (ostki yoqani) tartib raqami va xarakat yo‘nalishi ko‘rsatilmaydi.
31 -rasm.Tartib grafigi
Nazarot va muxokama savollari
Tashkiliy- texnologik sxemani taxlil qilish usullari.
Moslik koeffitsientini xisoblash
Tartib grafigini tuzish
Moslik grafigini tuzish
Dostları ilə paylaş: |
|
|