MA`RUZA №12.1 (2 soat)
MAVZU: BIR MODELLI OQIMLAR UCHUN TEXNOLOGIK SXEMA JADVALINI TUZISH
Reja:
1.Bir modelni oqimlar uchun tashkiliy-texnologik sxema
2.Ishlab chiqarish normasi va Ish xaqi hisoblach.
Bir modelni oqimlar uchun tashkiliy-texnologik sxema 1-jadvalko‘rinishida tuziladi.
Buyum nomi….
1 smenada ishlab chiqariladigan buyum soni…..,
Jarayon ma`romi, s:…..
Oqimda ishchilar soni, ishchi…
1-jadval
Bir modelni oqimlar uchun tashkiliy-texnologik sxemasi
Tashki-liy opera-tsiyalar
t.r.
|
Texno-logik opera-tsiyalar t.r.
|
Texnologik operatsiya-
lar nomi
|
ixtisosi
|
razryad
|
Umu-
miy vaqt, sek
|
Ishchilar soni
|
Ishlab chiqarish normasi, dona
|
Ish xaqi,
so‘m
|
Asbob-
uskuna,
moslamalar
|
Nx
|
Na
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
Tashkiliy-texnologik sxemaning 1-ustunida oqim operatsiyalarini 1dan boshlab tartib sonlar bilan belgilab chiqiladi. Bir vaqtning o‘zida oqimning bita yoki bir necha texnologik operatsiyalardan tuzilgan oqimning texnologik operatsiyasining tartibi 2-ustunda raqamlar bilan belgilanadi. Bu biror bir ishchi ishga kelmay qolsa ayrim operatsiyalarni boshqa operatsiyalarnibajaradigan ishchilar o‘rasida taqsimlash imkoni bo‘lishi uchun qilinadi.
3-ustunda texnologik operatsiyalardan iborat tashkiliy operatsiyalar tarkibi ko‘rsatiladi.
Tashkiliy operatsiyaning 4-ustuni bo‘yicha yakuniy qismidaixtisoslik asosiy uskuna bo‘yicha ko‘rsatilib, razryad (5-ustun) eng yuqori razryadli texnologik operatsiyalar bo‘yicha aniqlaniladi. Bir vaqtning o‘zida ixtisoslik va razryad har bir texnologik operatsiyalar bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Operatsiyaning umumiy sarf vaqti (6-ustunda) moslashtirish jadvali asosida o‘rnatiladi va 0.1sek aniqlikkacha hisoblanadi.
Ishchilarning soni (7-ustun) texnologik operatsiyaning vaqtini jarayon ma`romiganisbati bilan aniqlanadi va 0.01 aniqlikkacha ko‘rsatiladi. Ishchilarning aniq soni (8-ustun) ishchilarning xisobdagi soni yig‘indisini yaxlitlash orqali o‘rnatiladi:
Nx .=t t.o./τ
Ish normasi (9-ustun) smena davomiyligini (R) tashkiliy operatsiyaga ketgan umumiy vaqtga bo‘lish orqali aniqlanadi:
Ni.ch.=R/tt.o.
Ish xaqi (10-ustun) tashkiliy operatsiyalarning razryadi bo‘yicha kunlik ishbay maoshini ishlab chiqarish normasiga bo‘lish bilan aniqlanadi. Ish xaqi har bir texnologik operatsiya bo‘yicha xisoblanadi. Yakuniy qismda umumiy ish xaqi ko‘rsatiladi.
Ρ= T.o. KIM / Ni.ch
11-ustunda asbob- uskuna, moslamalarning markasi, firmasi to‘liq ko‘rsatiladi. Masalan, UM 102203LM, MM-51ARZAM, CS-311 P-11-01 ëstiqli press, Pannoniya, VNR.
Dostları ilə paylaş: |