Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə25/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №11 (2 soat)
MAVZU: ISHLAB CHIQARISH OQIMINI TASHKILIY-TEXNOLOGIK ECHIMINI SHAKLLANTIRISH
Reja:
1. Ishlab chiqarish oqimini asosiy va qо‘shimcha hisob shartlarini aniqlash.
Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik echimini shakllantirish
Ishlab chikarish jarayonlarining navbatdagi bosqichi bu texnologik operatsiyalarni tashkiliy operatsiyalarga o‘tish tartibini o‘rnatish va loyixalashtirilayotgan tikuv tsexida ishlab chiqarish oqimi uchun tashkiliy-texnologik sxemasini tuzish, ishchi o‘rinlarini joylashtirish usulini aniklashdir. Ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasi tashkiliy operatsiyalaridan iborat. Tashkiliy operatsiyalar buyum tikish texnologik tartibi va texnologik jarayon graf modeli “ daraxti ” asosida tuziladi. Tashkiliy operatsiyalarni tuzish uchun ma`lum shartlarga rioya qilish zarur. Bu shartlar ikki turga bo‘linadi:

Konveyerli oqimlarda tashkiliy operatsiyalarni tuzish uchun kuyidagi tashkiliy shartlarga rioya qilish zarur.

  1. Kiyim tikish texnologik tartibi buzilmaslik kerak. Ishlab chiqarish jarayonida mexnat predmetlarini ish o‘rinlariga qayta-qayta kelishiga yo‘l qo‘yilmaslik.

  2. Tashkiliy operatsiyalarni bajarish vaqti ishlab chiqarish oqimini ma`romiga mos yoki karrali bo‘lib, ma`romga nisbatan farq:

  • kat`iy ma`romli oqimlar uchun ±5÷10 % ;

  • erkin ma`romli oqimlar uchun -5 ÷ + 15% ortiq ketishiga yo‘l qo‘yilmaslik.

  1. Ishchilarni malakasidan to‘g‘ri foydalanish zarur, ya`ni bitta tashkiliy operatsiyaga razryadlari bir xil yoki yonma-yon turgan razryadli operatsiyalarni birlashtirish mumkin.( Masalan: 3 bilan 4, 2 bilan 3, 4 bilan 5). Ba`zan razryadlari xar xil bo‘lgan operatsiyalarni birlashtirish.

  2. Asbob-uskunalardan to‘liq foydalanish zarur. Bitta tashkiliy operatsiyaga ixtisos jixatdan ( asbob uskuna) bir xil operatsiyalarni birlashtirish mumkin. Ba`zan:

- operatsiyani davom etish vaqti ma`romdan kam bo‘lgan operatsiyalardan turli maxsus mashinalarda ( izma yo‘rmaydigan va tugma qadaydigan va puxta yo‘rmaydigan mashinalarda tikiladiganlarini ) birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi;
- tikish mashinaliridagi turli xil ishlarni o‘tirib bajariladigan qo‘l ishlari bilan birlashtirish;
- presslash bilan dazmollash operatsiyalarini birlashtirish;
- presslash yoki dazmollash ishlari bilan tik turib bajariladigan
qo‘l ishlarini birlashtirish.

  1. Mashinada bajariladigan operatsiyalarni tuzishda tashkiliy operatsiyaga kiritilgan, texnologik jixatdan xamma operatsiyalarni bitta moslamadan foydalanib bajarish mumkinligi xisobga olinadi.

  2. Juft detallarni tikishda bo‘linmas operatsiyalarni bitta tashkiliy operatsiyaga kiritish lozim.

  3. Mashinada bajarildigan operatsiyalarni birlashtirishda shu tashkiliy operatsiyani bajarishda bir xil turdagi ipdan foydalanishi va tikiliyotgan gazlamaning qalinligi taxminan bir xil bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgandek, tashkiliy operatsiyalarni tuzishda uning xisob shartiga rioya qilish zarur.
Ishlab chiqarish oqimida ish bir ma`romda bo‘lishi uchun tashkiliy operatsiyalarning davom etish vaqtini ma`romga teng yoki karrali qilib moslanadi. Bu shart kuyidagicha ifodalanadi:
t t.o.= k * τ
bunda: t t.o- tashkiliy operatsiyani sarf vaqti,s;
k- operatsiyani bajaradigan ishchilar soni, ishchi;
τ- ishlab chiqarish jarayonini ishlash ma`romi,s.
Texnologik jixatdan bo‘linmaydigan operatsiyalarning davom ztish vaqti turlicha bo‘lgani uchun, ularning vaqtlari yig‘indisini ( tashkiliy operatsiyalarni vaqti ) ma`romga teng yoki karrali qilib tanlab olish xar doyim mumkin bo‘lavermaydi. Shuning uchun tashkiliy operatsiyalarning vaqti ma`romga nisbatan malum darajada farq qilishi mumkin. Ma`romga nisbatan farq oqim turiga bog‘liq. Tajribaning ko‘rsatishicha, tashkiliy operatsiyani vaqtini moslash uchun ularga sarflanadigan vaqt kat`iy ma`romda ishlaydigan konveyerli ishlab chiqarish oqimlarda ±5 % va guruxli agregat ishlab chiqarish oqimlarda, shuniningdek erkin ma`romda ishlaydigan konveyerli ishlab chiqarish oqimlarida – 5% ÷+ 15% ma`romga nisbatan farq bilan xisoblansa unchalik xato bo‘lmaydi. Shunga asosan kat`iy ma`romda ishlaydigan konveyerli ishlab chiqarish oqimlarda operatsiyalar vaqtini moslash sharti bir modelli oqimlarda kuyidagicha ifodalanadi:
t t.o.= ( 0,95÷1,05 ) k * τ
Guruxli agregat ishlab chiqarish va erkin ma`romda ishlaydigan oqimlar uchun
t t.o.= ( 0,95÷1,15 ) k * τ
Ko‘p modelli qat`iy ma`romla ishlaydigan oqimlar uchun bu shart kuyidagicha bo‘ladi:
t t.o1 + t t.o2 + t t.o3= ( 0,95÷1,05 ) S* k * τ
bu erda:
t t.o1 + t t.o2 + t t.o3 – ko‘p modelli oqimlarda tashkiliy operatsiyaga sarflanadigan vaqt,s;
S- moslash tsikli ( ishlab chiqimida bir vaqtda tikiladigan modellar soni).
Guruxli agregat ishlab chiqarish oqimlar va erkin ma`rom ishlaydigan konveyerli oqimlar uchun:
t t.o1 + t t.o2 + t t.o3= ( 0,95÷1,15 ) S* k * τ
Agar tashkiliy operatsiyaning bajarilish vaqti oqimning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan farqlar chegarasidagi bitta ma`romga teng bo‘lsa, ya`ni k= 1 bo‘lsa, bunday operatsiyani bitta ishchi bajaradi va uni bir ma`romli operatsiya deb ataladi.
Agar tashkiliy operatsiyaning bajarilish vaqti oqimning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan farqlar chegarasidagi ikkita yoki undan ortiq ma`romga teng bo‘lsa, ya`ni 2 yoki undan ortiq bo‘lsa, bunday operatsiyani ikkita yoki k qancha bo‘lsa, shuncha ishchi bajaradi va uni karrali operatsiya deb ataladi.
Karali operatsiyalarni xisoblanganda ishchilar soni transportyor uyalarining soni qoldiksiz bo‘linadigan qilib olinishi kerak (odatda transportyor uyalarining soni 12 ta bo‘ladi. Shu son koldiksiz bo‘linishi uchun xar qaysi tashkiliy operatsiya 2, 3, 4 yoki 6 ta ishchiga mo‘ljallanib xisoblanadi).
Qat`tiy ma`romli ishlaydigan konveyerli ishlab chiqarish oqimlar uchun asosiy xisob shartdan tashqari qo‘shimcha xisob sharti aniqlanadi. Operaratsiyalarni vaqtining moslashning qo‘shimcha sharti tikilayotgan ayrim buyumlar uchun xisoblab topilgan vaqtning bitta buyum o‘rtacha vaqtidan farqi xuddi shu konveyer oqimida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan farqdan ortib ketmasligidan oborat.
Ko‘p modelli konveyerli ishlab chiqarish oqimlarida ishchi koveyer tasma uyasidan mexnat predmetlarini olib, unga ishlov berib, yana shu uyaga mexnat predmetlarini qaytarishi kerak. Shuning uchun tashkiliy operatsiyalarini moslash bir paytda yuqorida ko‘rilgan asosiy xisob sharti bilan birga qushimcha xisob sharti xam ko‘zda tutulishi kerak.
Max[(to1 );(to2 );...(ton)]≤Li.o‘.* τ / l ­ ta.f.
bu erda:
Max[(to1 );(to2 );...(ton) – tashkiliy operatsiyaga modellar bo‘yicha maksimal sarflanadigan vaqt,s ;
Li.o‘ – ish o‘rinlarining qadami,m;
l- konveyer tasma uyasining qadami,m;
τ- ishlab chiqarish oqimining ma`romi,s;
ta.f.- ish o‘rindagi turli mayda kamchiliklar( mashina naychasini almashtirish, ip uzilishi, igna sinishi va x.k.) natijasida operatsiyalar vaqtida yuz beradigan amaldagi farq. Bu farq qo‘l ishlari uchun 40-60 s., mashina ishlari uchun 60-90 s ga teng.
Shunday qilib ishlab chiqarish oqimining tashkiliy- texnologik sxemasini (mexnat taxsimotini) tuzish uchun yuqorida qayt etilgan talablarga rioya kilinadi.

Nazarot va muxokama savollari



  1. Ishlab chiqarish oqimining asosiy parametrlari va ularni xisoblash.

  2. Tashkiliy texnologik sxemani tuzishga qo‘yiladigan talablar.

  3. Turli oqimlar uchun tashkiliy-texnologik sxemani tuzish.




Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə