Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə31/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №15 (2 soat)
MAVZU: Detal va yarimfabrikatlarini tashish vositalari
Reja:

  1. Uzatmasiz transport vositalar.

  2. Transport vositalarni qo’llach jarayoni.

Mexnat predmetlarini tashish uchun qo‘llaniladigan transport vositalari konveyer va transporterlarlan iborat.


Konveyer- uzatmali transport vositasi bo‘lib mexnat predmetlarini bir ish o‘rnidan ikkinchisiga texnologik jarayonning qat`iy maromiga moslab uzatib turadi.
Transporter- uzatmali yoki uzatmasiz bo‘lishi mumkin. Transpoter mexnat predmetlarini bir ish o‘rnidan ikkinchisiga uzatishni mexanizatsiyalashtirish uchun ishlatiladi. Uning ishlash ma`romi tashkiliy operatsiyani bajarish vaqti bilan mos kelishi ma`qo‘l, ammo sharli emas.
Tikuv tsexida uzatmali uzluksiz qat`iy ma`romda ishlaydigan kuyidagi konveyerlar ko‘llaniladi:
vertikal berg tasmali konveyerlar:
-KTOL-1-bir chiziqli ish o‘rinlari chap tomondan joylashgan bir qatorli konveyer;
- KTOP-1 - bir chiziqli ish o‘rinlari o‘ng tomondan joylashgan bir qatorli konveyer;
-KTOD-1- bir chiziqli ikki qatorli konveyer;
- KTDD-1- ikki chiziqli ikki qatorli konveyer.
vertikil berg zanjirli konveyerlar:
-KZ- ikki chiziqli ikki qatorli konveyer;
- KM- bir chiziqli ikki qatorli konveyer.
gorizontal berg zanjirli osma konveyerlar:

  • TSPK- bir chiziqli ish o‘rinlari chap tomondan joylashgan bir qatorli konveyer;

  • VPK – bir- yoki ikki chiziqli bir qatorli konveyer.

Konveyerlardan tashqari uzatmali transportyorlar xam keng qo‘llaniladi:
- TMS-1- ikki chiziqli ikki qatorli uzluksiz ishlaydigan vertikal berg tasmali transporter;
- TMS-2- bir chiziqli ikki qatorli uzluksiz ishlaydigan vertikal berg tasmali transporter;
- RKT-1 – vaqti- vaqti bilan ishlaydigan gorizontal berg bir chiziqli ikki qatorli zanjirli transparter. RKT-1 transporteri TMS-1 va TMS-2 transporterlaridan adreslangan tizimi mavjudligi bilan farq qiladi. Bu transporterlar DOO rejimida ishlaydi.
- TPD- – vaqti- vaqti bilan ishlaydigan transporter;
- GM-200-D/50 - bir chiziqli ish o‘rinlari chap tomondan yoki ikki qator joylashgan transporter. Ust kiyim ishlab chiqdigan oqimlarning pardozlash sekiyasida qo‘llaniladi.
- KPN-250-D-200 - bir chiziqli ish o‘rinlari chap tomondan joylashgan bir qatorli transporter. Bu transpotter GM-200-D/50 o‘xshash bo‘lib nafaqat ust kiyim tikidigan oqimning pardozlash sektsiyasida, balki tayyorlash va yig‘ish sektsiyalarida qo‘llaniladi
-1R-15 (ikki xolatli kiskich) burilish platformali xarakatlanuvchi kurilma.. Yarimfabrikatlarni uzatish usullari bo‘yicha o‘ng tomonlama, ko‘ndalang va mokili bo‘lishi mumkin. Xar bir bog‘lamda 30 tadan ko‘p bo‘lmagan detallarning ikkita bog‘lamini o‘rnatishga mo‘ljallangan. Qurilmani kichik va o‘rta quvvatli okimlarda qullash tavsiya etiladi.
Ikki xolatli qisqich ishchidan chap tomonda tikuv mashinasidan 150 mm masofada o‘rnatiladi. Qisqichlar soni tashkiliy operatsiyalar soni va okimdagi ishchi o‘rniga qarab aniqlanadi (qisqichlar soni ishchi o‘rni soniga nisbatan 30% ortiq bo‘lishi kerak).
- TKT-1 ( Yugoslaviya)- tasmali uzluksiz ishlaydigan bir chiziqli ikki qatorli adreslangan transporter. Bu transporterlar DOD rejimida ishlaydi.
ROG firmasining erkin maromli adresli TKT-1 konveyeri katta bo‘lmagan buyumlarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Bu konveyer detal bog‘lamlarini va yarimfabrikatlarni ish o‘rniga uzatish va tushirish vazifasini bajaradi.
Yarimfabrikat ish o‘rniga berilgan adres bo‘yicha kelib tushadi.
Detal va yarimfabrikatlarni ish o‘rniga tushirish va ularni bir ish o‘rnidan boshkasiga uzatish uchun plastmassa qutichalardan foydalaniladi. Plastmassa qutichalarning o‘lcham va shakli ushbu okimda ishlov berilayotgan buyumning o‘lchamlariga va ishchi zonasi markazi orasidagi oralikka mos keladi. Kuticha kesilgan piramida shaklida bo‘lib, ularni joylanishini engillashtiradi.
Detal bog‘lamlari va yarimfabrikatlar qutichalarga joylanadi. Qutichalar yarimfabrikatlarning turi bo‘yicha xillanadi va javon tagliklariga joylanadi. Bu erdan ish uzatuvchi qutichalarni bajarilayotgan operatsiyalar bo‘yicha ishchi o‘rniga jo‘natadi. Operatsiyani tugatgach, ishchilar qutichalarni taglikli javonga eltib beruvchi konveyerga qo‘yadilar. TSikl berilgan buyumni tayyorlashdagi barcha operatsiyalar tugagunga qadar davom etadi.
TKT ning bitta konveyerli qurilmasi uchun taglik qatorining va javon qavatlarining o‘lchamlari va soni ishchi o‘rni, xamda qutichalarning soniga qarab aniklanadi.
TKT-1 koveyeri ikki yarusli bo‘lib, detallar va yarimfabrikatlar solingan qutichalarni uzatish va qaytarish vazifasini bajaradi. TKT-1 konveyeri kuyidagicha ishlaydi. Ishchi o‘rniga yuborilgan qutichani ishchi ustki qabul stolidan oladi. Operatsiyani bajarib, ishchi yarimfabrikatni pastki stoldagi qutichaga soladi. Tuldirilgan qutichani ishchi konveyerning qaytuvchi tasmasiga qo‘yadi va quticha ish uzatuvchi pulti tomon yo‘naladi.
Kutichani yukori qabul stolidan qo‘tarish vaqtida mikroto‘xtatgich ishga tushadi. Bunda pultda signal chirogi yonadi, ya`ni yukori stolning bo‘shaganligini bildiradi. Yarimfabrikatni ishchi o‘rniga jo‘natish uchun ish uzatuvchi yarimfabrikat joylangan qutichani olib, konveyerning yuqori tasmasiga qo‘yadi va yarimfabrikat jo‘natilishi kerak bo‘lgan ishchi o‘rnining uzatuvchi plankani yokadi. Bunda pultda ishchi o‘rniga yarimfabrikat etib borganligini bildiruvchi oq chiroq yonadi. Quticha etib kelgach uzatuvchi planka uni ustki qabul stoliga itaradi. Quticha stoldagi mikroto‘xtatgichni qisadi, bunda ish uzatuvchi pultida signal chirog‘i o‘chadi, bu yarimfabrikat etib borgani va ishga tushganini bildiradi. Mikroto‘xtatgich qisilganda uzatuvchi planka boshlangich xolatiga qaytadi va keyingi qutichani jo‘natish uchun yo‘lni bo‘shatib beradi.



Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə