Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami



Yüklə 55,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.10.2023
ölçüsü55,22 Kb.
#129122
  1   2   3   4
til-haqida



"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
1/4
Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar
to’plami
https://uzkimyosanoat.uz/oz/manaviyat/tilimiz-boyligimiz/til-haqida
Yomon so‘z va achchiq til haqida maqollar
Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
Achchiq til — zahri ilon, chuchuk tilga — jon qurbon.
Bemorga shirin so‘z kerak, aqlsizga — ko‘z.
Gapi to‘mtoqning o‘zi to‘mtoq.
Gapi to‘ngning o‘zi to‘ng.
Yomon so‘z egasiga qaytar.
Yomon so‘zlab sovutma, jon og‘ritib ovutma.
Ochiq til osh yedirar, achchiq til — tosh.
Yomon gapning oyog‘i olti.
Zahar til suyakni yorar.
Aytilgan so‘z — otilgan o‘q.
Anjom uy ziynati, so‘z inson ziynati.
Ariqni suv bezar, odamni — so‘z.
Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.
Shirin va yaxshi so‘zga oid
Donning achchig‘i yaxshi, So‘zning — shirini.
Do‘st orttiraman desang, Shirin suhbat qil.
Yomon gap — bosh qozig‘i, Yaxshi gap — jon ozig‘i.
Ovqatni tuz mazali qilar, Odamni — so‘z.
Iliq so‘z — shakar, Sovuq so‘z — zahar.
Puling bo‘lmasa, bo‘lmasin, Shirin so‘zing
bo‘lsin.
So‘zning boyligi — odamning chiroyligi.
Shirin so‘z shakardan shirin.
Har kim o‘z till bilan tirik.
Hikmat — bir hovuch oltin.
Bir tavakkal buzadi, Ming qayg‘uning qal’asin. Bir shirin
so‘z bitkazar, Ming ko‘ngilning yarasin.
Ko‘zdan ko‘zing toysa, So‘zdan ko‘ngling
toyar.
Til haqida hikmatli so‘zlar
O‘zbek xalqining milliy maqollari juda ko‘p, ularning til va unga yaqin bo‘lgan mavzulardagi maqollaridan
namunalar
Bir yaxshi gap esdan chiqmas, Bir — yomon gap.
Birovning o‘zi g‘ar, Birovning so‘zi g‘ar.
Bug‘doy noning bo‘lmasin, Bug‘doy so‘zing bo‘lsin.
Gapda g‘iybat yomon, Dardda — quyanchiq.
Gapdan gap chiqar, Cho‘pdan — xas.
Gapi gapga o‘xshamas, Og‘zi gapdan
bo‘shamas.



Yüklə 55,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə