Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz



Yüklə 55,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü55,22 Kb.
#129122
1   2   3   4
til-haqida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
2/4
Gap egasini topar.
Gapning yomoni pichir.
Gapning ozi yaxshi, Qizning — nozi.
Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi
yaxshi.
Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
Yomon til yo jonga urar,
Odam — so‘zlashguncha, Yilqi — kishnashguncha.
So‘z chumchuq emas, Og‘izdan chiqsa, tutib
bo‘lmas.
Til bor, bol keltirar, Til bor, balo keltirar.
Gapni gap ochar, Yomon gapdan qochar.
Yomonning tili bor, Yaxshining — dili.
Yomonning yuzi qursin, Gapirgan so‘zi qursin.
Ko‘ngilsiz gapning kechikkani yaxshi.
Yomon so‘zning qanoti bor.
Qo‘yning qimmati — yungida, Odamning qimmati —
so‘zida.
Yomonning yaxshi so‘zidan, Yaxshining yomon
so‘zi yaxshi.
Dushman orttiraman desang, Chaqirtikan bo‘l.
Yomon so‘z bo‘lmasa, Yaxshi so‘z bo‘lmaydi.
Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat,
dunyo keltirar.
Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so‘z jonni ilitar.
Dunyoni yel buzar, Odamni — so‘z.
Ovni — oziq bilan, Odamni — so‘z bilan.
Yaxshi-yomon so‘z va gaplar haqida maqol
Go‘sht-yog‘ berma, yaxshi til ber.
Duo bilan el ko‘karar, yomg‘ir bilan yer ko‘karar.
Duo olgan omondir, qarg‘ish olgan yomondir.
Yo‘l quvgan xazinaga yo‘liqar, so‘z quvgan — baloga.
Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar.
Kuch egmaganni so‘z egar.
Ko‘p gap — eshakka yuk.
Mazali so‘zga quloq charchamas.
Ma’qul gapga qoruv yo‘q.
Ming chechanni bir ezma yengar.
Muzdan suv tomar, so‘zamoldan — bol.
Odam so‘zi bilan sinalar, osh — tuzi bilan.
Oz gapir — soz gapir.
Olim so‘zi oz, oz bo‘lsa ham soz.
Orqadagi gap — og‘ildagi tezak.
Og‘izga kelgan so‘z arzon, ovulga kelgan bo‘z arzon.
Og‘rigan joyga qo‘l yugurar, og‘ritar so‘zga til yugurar.
Pichir-pichirdan o‘t chiqar.
Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til.
Sen ham bir og‘izdan, siz ham.
Suv o‘z yo‘lini topar, so‘z — o‘z egasini.

Yüklə 55,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə