Til va tafakkur munosabatlarining ahamiyati rohatoy Rahmatjon qizi Jo'rayeva Farg`ona davlat universiteti Annotatsiya



Yüklə 184,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.09.2023
ölçüsü184,4 Kb.
#123502
  1   2
1063-Article Text-2284-1-10-20210226



TIL VA TAFAKKUR MUNOSABATLARINING AHAMIYATI 
 
Rohatoy Rahmatjon qizi Jo'rayeva 
Farg`ona davlat universiteti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada til va tafakkur munosabatlari haqida fikrlar 
bildirilgan. Til tufayli inson tafakkuri boyiydi, moddiy dunyodagi narsa va 
predmetlarni ongi orqali idrok qilish, ular ustidan mulohaza yuritish, ularga oid 
fikrlarini so‘z bilan ifodalash imkoniga ega bo'ldi. 
Kalit so`zlar: 
til, tafakkur,
psixologiya, dialektika, kategoriya, nutq. 
 
THE IMPORTANCE OF LANGUAGE AND THINKING RELATIONS 
 
Rohatoy Rahmatjon qizi Juraeva 
Fergana State University 
 
Abstract: 
This article discusses the relationship between language and thinking. 
Thanks to language, human thinking is enriched, it is possible to perceive things and 
objects in the material world through the mind, to think about them, to express their 
thoughts in words. 
Keywords: 
language, thinking, psychology, dialectics, category, speech.
 
Insoniyat bilan birga paydo bo'lgan til uning hayotida eng muhim rolni o'ynab 
kelgan va bundan keyin ham o'z ahamiyatini yo`qotmaydi. Til, eng avvalo, inson va 
uning tafakkuri shakllanishidagi zaruriy shartlardan biridir. Aniq nutqning paydo 
bo'lishi insonning bilish, idrok qilish jarayonlarini tamoman o’zgartirib yubordi. Til 
tufayli inson tafakkuri boyiydi, moddiy dunyodagi narsa va predmetlarni ongi orqali 
idrok qilish, ular ustidan mulohaza yuritish, ularga oid fikrlarini so‘z bilan ifodalash 
imkoniga ega bo'ldi. Til ilk boshdan e’tiboran hech bir narsa bilan almashtirib 
bo'lmaydigan xizmatni, ya’ni inson tafakkurida umumlashtiruvchi vazifani bajarib 
keladi. 
Psixologiyada ham insonning tafakkur faoliyati haqida aytilganda hissiy bilish 
bilan birga til va nutqning o'zaro bog'liqligi alohida ko'rsatib o'tiladi. Bunda inson 
psixikasi bilan hayvonlar psixikasi o'rtasidagi asosiy farqlardan biri namoyon bo'lishi 
ta’kidlanadi. Hayvonlarning o'ta oddiy, juda sodda tafakkuri hamma vaqt faqat 
harakat tafakkuriligicha qoladi; ular hech qachon mavhum, bevosita bilish darajasiga 
yetmaydi. Ularning, ya’ni hayvonlarning tafakkuri ayni chog'da go'yo ko'z o'ngilarida 
turgan narsalarni bevosita idrok qilish bilan ish ko'radi. Ana shunday jo'n tafakkur 
harakat tarzidagi narsalar bilan munosabatda bo'ladi va bunday harakat doirasidan 
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
316


chetga chiqmaydi. Faqat nutq paydo bo'lgach, bilinayotgan obyektdan ma’lum bir 
xususiyatni ajratib olib, uni maxsus so'z yordamida tasavvurda yoki tushunchada 
mustahkamlash, qayd etish imkoniyati tug'ildi, Tafakkur so'zda o'zining moddiy 
qobig'iga ega bo'ladi, tafakkur faqat so'z orqali boshqalar uchun va o'zimiz uchun 
ham bevosita reallikka aylanadi. Inson tafakkurini, u qanday shaklda amalga 
oshirilmasin, tilsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Har qanday fikr nutq bilan chambarchas 
bog'liq holda paydo bo'ladi va rivojlanadi. U yoki bu fikr qanchalik chuqur va asosli 
suratda o'ylangan boisa, u so'zlarda, og'zaki va yozma nutqda shunchalik aniq hamda 
yaqqol ifodalangan bo'ladi. Yoki, qandaydir fikning so'z orqali ifodasi qanchalik ko‘p 
takomillashgan, sayqallangan bo'lsa, ayni shu fikrning o'zi shunchalik yaqqol va 
tushunarli bo'ladi. 
Kishi o'zining fikr-mulohazalarini boshqalar uchun ovoz chiqarib ifodalab berar 
ekan, buning bilan u shu mulohazalarni o‘zi uchun ham ifodalaydi. Fikrni ana shu 
tarzda so'zlar orqali ifodalash, mustahkamlash, fikni so'zlarda qayd qilish fikrni 
bo'lishni anglatadi, diqqatni mazkur fikrning turli o'rinlarida va qismlarida tutib 
turishga yordam beradi hamda fikrning qismlarini yanada chuqurroq tushunishga 
imkon tug'diradi. Shu tufayli keng, izchil, sistemali mulohaza yuritish, ya’ni tafakkur 
jarayonida tug'ilgan hamma asosiy fikrlarni bir-biri bilan aniq va to'g'ri solishtirib 
ko'rish mumkin bo'ladi. Shunday qilib, so'zda, fikrni ifodalashda tafakkurning eng 
muhim zaruriy, mulohazali, mantiqiy bo'laklarga ajratilgan va anglashilgan tomonlari 
berilgan bo'ladi. Fikrni so'zda ifodalash va mustahkamlash orqali u yo’qolmaydi 
hamda paydo bo’lishi bilanoq o'chib qolmaydi. Fikr so'z iboralarida - og'zaki yoki 
yozma so'z iboralarida mustahkam qayd qilinadi. Shuning uchun, kerak bo'lganda, 
mazkur fikrga yana qaytish, uni yanada chuqurroq o'ylab, tekshirib ko'rish va qayta 
o'ylash davomida boshqa fikrlar bilan solishtirib ko'rish imkoniyati saqlanib qoladi. 
Shunday qilib, inson tafakkuri til va nutq bilan chambarchas bog'liqdir. Tafakkur 
zaruriy tarzda moddiy so'z qobig'ida mavjuddir. 
Ma’lumki dialektika kategoriyalarining uchinchi turkumiga bilish jarayonini aks 
ettiruvchi tushunchalar kiradi. Dunyoni bilish, idrok etish masalasi doimo falsafa 
fanining diqqat markazida bo'lib kelgan. Qadimgi faylasuflar ham dunyoni bilish 
mumkinligini e’tirof etib kelganlar. Xususan, O'rta Osiyolik buyuk mutafakkirlar 
Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek va boshqalar ham o‘z 
asarlarida dunyoni bilishning, bilish jarayonida hissiy organlar bilan aqlning roli 
haqida qimmatbaho fikrlarni ilgari suradilar. Ingliz faylasufi Bekon ta’limoticha, 
bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog‘liq bo'lishi va shularga bevosita xizmat 
qilishi kerak. Uning fikricha, obyektiv mavjudlik to'g'risidagi bilimlar sezgilarimiz 
orqali olingan dalillar tufayligina tafakkur yordamida to’ldiriladi. Fransuz faylasufi 
Dekart esa bilishning birdan bir manbai tafakkur deb biladi. Dekartning vatandoshlari 
Didro, Golbax, Gelvetsiylar dunyoni bilish jarayonida sezgilarimiz bilan tafakkuming 
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
317


rolini tan olsalar-da, ulaming o'zaro munosabatlarini to'la-to'kis ochib bera olmadilar. 
Tafakkur xususida bunday falsafiy fikrlarni ko'p keltirish mumkin. Lekin falsafada 
shunday fikr borki, bilish - inson tafakkuridagi voqelikning in’ikos jarayoni.
Mantiq ilmida ham til va tafakkur munosabatlariga alohida e’tibor berilgan. 
Unda tafakkurning muhim xususiyati sifatida uning til bilan bog'langanligi e’tirof 
etiladi. Yana aytiladiki, inson tafakkuri uning tili bilan birga takomillashib 
rivojlangan. Tilda tafakkurning ish natijasi mustahkamlanadi. Til o‘zining shu xislati 
bilan insonga bilim to'plashga, uni saqlashga, avloddan avlodga uzatishga, to'plagan 
bilish boyliklaridan hayotiy faoliyatida unumli foydalanishiga yordam beradi. Shu 
bilan birga, til tafakkumi takomillashtirish, mavhumlashtirish, umumlashtirish va 
juz’iylashtirish qurolidir. Shuning uchun ham bizning tafakkurimiz voqelikni 
bevosita aks ettirish vositasi bo'lgan sezgilardan til yordamida ifodalanishi bilan farq 
qiladi, 
Til va tafakkur reallikni bilish, boshqa insonlar bilan munosabatda bo‘lish, 
obyektiv reallikka ta’sir ko'rsatish, har bir ishni oldindan o'ylab, ongli ravishda 
amalga oshirish kabilarda ko'rinuvchi, umuman, inson faoliyatining ongli, maqsadga 
muvofiqligini ta’minlovchi insongagina xos bo'lgan tarixiy muhim xislatdir. Lekin 
amalda, hayotda, tarixiy jarayonda til va tafakkur har doim o'zaro ajralmas bo‘lsa-da, 
ularni turli fanlar alohida o'rganadi. Masalan, tafakkur formalarini mantiq fani 
o'rgansa, til kategoriyalarini tilshunoslik fanlari tadqiq etadi. 
Tafakkur umuminsoniy bo'lsa, til, uning qonun-qoidalari milliy xarakterga ega. 
Dunyodagi tillar juda ko'p qonun-qoidalariga ko'ra bir-biridan farq qiladilar. Tafakkur 
shakllari, tamoyillari esa, insonlarning millati, irqi, davridan qat’iy nazar, hammada 
bir xildir. 
Demak, tafakkurning moddiy qobig'i tildir, Shunday ekan til bilan tafakkurni 
bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Lekin ayrim tilshunoslar, xususan, N.Ya.Marr til bilan 
tafakkurni ajratib qo'ydi. U shunday yozadi: «Bo'lajak til tabiiy materiyadan xoli 
bo'lgan, texnikada o'sib borayotgan tafakkurdir». Bunda, albatta, tilning tafakkurdan 
ajratib qo'yilganligi ko'rinib turibdi. Go‘yo kishilar kelajakda o'z qobig‘idan xoli 
bo'lgan tafakkur bilan ish ko'ra berar emish. Albatta, bu fikrlar bundan 70-80 yil 
muqaddam aytilgan. Bizningcha, N.Ya.Marr texnika taraqqiyotini o‘z ko'rishlariga 
ko'ra baholagan bo'lishi mumkin, Lekin bugungi axborot texnologiyalari o‘ta taraqqiy 
etgan davrda ham til bilan tafakkur bir-biridan aloqasini uzgan emas, aksincha, 
yanada yaqin munosabatda bo'lmoqda. Buni biz ko'rib, sezib turibmiz. 
Tabiat va jamiyatda inson tiliday murakkab, serqirra, serqatlam, servazifa, shakl 
va mazmun tarang hodisa kamdan-kam topiladi. Til dunyoni bilish, bilimlami 
to'plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, 
go'zallik kategoriyalarini voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni bajarishiga 
qaramasdan, asosiy e ’tibor uning kishilar o'rtasidagi aloqani ta’minlash vazifasiga 
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
318


qaratib kelindi. Tilni faqat kishilar o'rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish 
insonning tabiiy tilini, bu benihoya murakkab hodisani, eng kami, jo'nlashtirishdan, 
aniq bir milliy qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mutlaqo ayrilgan sun’iy tilga 
tenglashtirishdan, yo‘l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli «til»ga 
baravarlashtirishdan boshqa narsa emas. Agar til faqat aloqa vositasigina bo'lganda 
edi, u juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bo'lardi. Holbuki, til 
bemisl boy, sehr-u sinoatga, ruh-u ruhoniyatga, ko'rku komillikka limmo-lim bir 
ne’matdir. 
O'zaro fikr almashish va uni kelajak avlodlarga yetkazuvchi vosita sifatida 
milliy madaniyatning shakllaridan biri bo'lgan til ong va tafakkur bilan uzviy 
bog'langandir. Ushbu matnda qo'llangan «likr», «tafakkur» va «ong» terminlarini 
ko‘p hollarda sinonim sifatida ko'ramiz. Aslida ularning har biri ma’no ifodalash 
doirasiga ko'ra bir-biridan farqlanadi. Xususan, ong - voqelikning kishi miyasida 
uning butun ruhiy faoliyatini o'z ichiga olgan va ma’lum maqsadga yo'nalgan holda 
aks etishi. 
Fikr - tafakkurning aniq bir natijasi. Tafakkur - o'ylash, muhokama qilish, 
voqelikni anglash, tasavvur qilish, unga baho berish, fikrlash qobiliyati. 
Demak, tafakkurni so'z boyligi vositasida ifodalashda asosiy vazifani til 
bajaradi. Albatta, har bir inson tafakkuridagi fikrlami ifodalashda shu inson nutqining 
naqadar takomil topganligi muhim sanaladi. Chinakam nutq madaniyati shu tilning 
butun boylik va go'zalliklaridan foydalana olish, uni ne’mat sifatida idrok etish 
asosida shakllanadi. 
Aniqki, nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat 
ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs 
umummadaniy saviyasining favqulotda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun 
ham mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor 
yo'nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, 
farzandlarimizning nutqiy madaniyat ko'nikmalari va malakalarini oshirish, ta’lim 
jarayonlarining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada 
nazarda tutish har qachongidan ham dolzarblik kasb etganligi bejiz emas. 
Respublikamizda so'nggi yillarda qabul qilingan «Davlat tili haqida», «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi qonunlar, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va boshqa juda ko'plab 
hujjatlarda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, til masalalariga alohida e’tibor berilgan. Fikrni 
o'z ona tilida mustaqil, ravon, go'zal va lo'nda ifoda etish uchun odamda nutqiy 
madaniyat yetarli darajada shakllanishi kerak, busiz, zotan, ona tiliga sohiblik degan 
tushuncha ham ma’noga ega emas. Chunki nutq madaniyati tildan bemalol va 
maqsadga o‘ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko'nikma, malaka va 
bilimlarning jami demakdir. 
"Science and Education" Scientific Journal
February 2021 / Volume 2 Issue 2
www.openscience.uz
319


Inson tafakkurining mahsuli yoki fikrni so'z orqali ifodalash qobiliyati, mahorati 
sanalgan nutqning madaniyligini ta’min etuvchi to'g'rilik, aniqlik, mantiqiylik, 
ifodalilik, rang-baranglik, soflik kabi bir qancha sifatlar mavjud. Ana shu 
kommunikativ sifatlarning barchasini o'zida mujassamlashtirgan nutq madaniy 
hisoblanadi. 
Albatta, har bir tildagi mavjud so‘z, so'z birikmasi yoki biror gap o‘zida 
muayyan ma’noni, tushunchani ifodalaydi. Bu holat ularning har biriga berilgan 
ta’rifda ham o ‘z aksini topgan. So‘z - leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa 
bilan voqelangan ko‘rinishi.O‘z tovush qobig'iga ega bo'lgan, obyektiv narsa 
hodisalar haqidagi tushunchani, ular o'rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatlarni 
ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo'llanadigan eng kichik 
nutq birligi. So'z birikmasi - bir-biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma’no va 
grammatik jihatdan o‘zaro bog'langan, yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan 
tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so'zlar bog‘lanmasi. Gap - til qonunlari 
asosida grammatik va ohang jihatdan shakllangan, fiktni ifodalash uchun xizmat 
qiladigan nutq birligi. Albatta, sun’iy ravishda tovushlar yig'indisidan tashkil topgan, 
hech qanday ma’no va ahamiyatga ega bo'lmagan tovushlar majmuasini (masalan, 
«takatumba») so'z sifatida qabul qilish mumkin emas. 
Ma’lumki, til birliklari mantiqiy tafakkur birliklari bilan uzviy bog'langan: so‘z 
tushuncha bilan, gap mulohaza bilan. Bu yerda til birliklarini ahamiyatiga ko'ra 
guruhlashtirilgan holati olingan, ya'ni nominativ birlik - so‘z, kommunikativ birlik - 
gap. So'z va tushuncha moddiy dunyodagi mavjud predmet va hodisalaming farqli 
belgilarini ifodalasa, gap va mulohaza tasdiq yoki inkor xususidagi fikrni yaratadi. 
Til va tafakkur o'z birliklarining ahamiyati va qurilishi nuqtayi nazaridan 
farqlanadi.Tafakkurning maqsadi yangi bilimlami olish va ularni sistemalashtirishdan 
iborat bo'lsa, til fikni shakllantiradi, mustahkamlaydi va uni boshqa obyektga 
yetkazadi. Boshqacha aytganda, biz bilish va tushunish uchun fikrlaymiz, fikrimizni, 
istak va hissiyotlarimizni ifodalash uchun esa gapiramiz. 
Tilning asosini uning grammatik qurilishi, so‘z yasash va gap tuzish qoidalari 
tashkil etib, ular fikrni aniq ifodalash hamda tushunarli tarzda yetkazishga xizmat 
qiladi. Bir so'z bilan aytganda, fikr tilda so'zlar vositasida shakllanadi. Ongimizda 
shakllanadigan har qanday fikning mohiyati, mazmunini tashkil etuvchi idrok yoki 
tasavvur faqat so'zlar vositasidagina voqelanadi. Demak, inson tafakkurining mahsuli 
til orqali namoyon bo'ladi. 

Yüklə 184,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə