Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

Yangi mavzu bayoni. 
    -  Yangi mavzuni e‘lon qilaman.  
                             Gulzorda. 
Ko‘m – ko‘k bahmal tog‘lardan oshib,  
O‘quvchilar o‘ynab - kulingiz! 
O‘lkamizda go‘zal yoz chog‘ 
Sizni kutar lola – gulingiz. 
Bel baravar barra o‘tlarni 
Kurt – kurt yeydi qo‘y – qo‘zichoqlar. 
-Biz ham shodmiz siz kabi, - deya 
Qirda kishnar toy – qulunchoqlar. 
Bir zum o‘tmay moviy osmonda, 
Turnalar keng yozar arg‘umchoq. 
Qaytib kelgan laylak, qaldirg‘och, 
Inlariga qo‘nib vaqti chog‘. 
SHunday ko‘rkam faslni ko‘rib, 
Kimning zavqi toshmaydi deysiz?.. 
Qanday fayzli tog‘, dala bizda 
Bolajonlar, o‘ynab – kulingiz. 
Sherni o‘qituvchi ifodali o‘qib beradi, so‘ng o‘quvchilarga ikki qatordan o‘qitadi. 
Sherdan  olgan  xulosalari  bilan  o‘rtoqlashadi.  Yoz  faslida  qanday  ish  qilishlari 
haqida  o‘quvchilar  fikrini  so‘raydi.  Ularga  o‘z  tavsiyalarini  beradi.  Yangi  mavzu 
yuzasidan  lug‘at  ishi  o‘tkaziladi.  Bolajolar,  ushbu  sherda  yoz  va  o‘t  so‘zlarini 
to‘ing? Ular qanday so‘roqqa javob bo‘layotgaligini aniqlang. 
   Yoz (nima? ot) – yoz (nima qil? fe‘l). 
   O‘t (nima? ot.masalan,  o‘t- o‘lan) – o‘t (nima qil? fe‘l, masalan, ariqdan o‘t) 


 
96 
   SHundan keyin o‘quvchilarga sherda berilgan qo‘y – qo‘zichoq, toy – qulunchoq 
so‘zlaridagi  qo‘y  va  toy  so‘zlarini  ham  huddi  yoz  va  o‘t  kabi  qanday  ma‘nolari 
borligini aniqlash taklif etiladi? 
   Qo‘y (nima? ot. Masalan, qo‘y – qo‘zichoq) – qo‘y (nima qildi? Fe‘l. masalan – 
choynakni xontaxtaga qo‘ydi.) 
  Toy  (nima?  ot.  Masalan,  toy-qulunchoqlar  o‘tlaydi.)  –  toy  (nima  qildi?  Fe‘l 
masalan, u oyog‘i toydi) 
  

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə