Tinish belgilarining uslubiy xususiyatlar bajardi: mirzayeva gulnoza



Yüklə 157,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix30.12.2023
ölçüsü157,59 Kb.
#165079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
belgi 2

nuqta, so’roq belgisi, 
undov belgisi, vergul, qavs, tire, ko’p nuqta, nuqtali vergul, qavs, qo’shtirnoq.
Ularning aksariyati 19-asrning 2-yarmida ayrim gaz va toshbosma kitoblarning 
nashr etilishi bilan paydo bo’lgan. 
Tinish belgilari o’z vazifasiga ko’ra, 2 ga bo’linadi: a) chegaralovchi tinish 
belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini 
bildirish, biron bir gap bo’lagini intonatsion mazmuniy jihatdan ajratib ko’rsatish, 
nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi 
(so’zlovchi)ning subyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini 
ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi tinish belgilari qavs, qo’shtirnoq, yagona
qo’shaloq belgi sifatida qo’llanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi 
tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, 
bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning 
uyushgan bo’laklarini, birgalik ergashishli qo’shma gaplarni, gapning ifoda 
maqsadiga ko’ra turlarini, nutqning bo’linganligini ko’rsatuvchi tinish belgilari
nuqta, so’roq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, ko’p nuqta. 
Ba’zi tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta 
oladi. Tinish belgilari tuzilish jihatdan ham 2ga bo’linadi: a) bir elementli tinish 
belgilari — vergul, tire, nuqta; b) ko’p elementli tinish belgilari bu guruh, o’z 
navbatida, 2 elementli (so’roq, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 
3 elementli (ko’p nuqta) va 4 elementli (qo’shtirnoq) ga ajraladi. Qo’llanish
o’rniga ko’ra, tinish belgilari 3 guruhga bo’linadi: gap oxirida qo’llanadigan
(nuqta, so’roq va undov belgilari), gap o’rtasida qo’lanadigan (vergul) va aralash, 
ya’ni gapning turli o’rinlarida qo’llaniladigan (tire, ikki nuqta, qo’shtirnoq, qavs, 
ko’p nuqta). 



Tinish belgilarining qo’llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiy 
grammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi. 
Ma'lum bir maqsad, fikr og'zaki nutqda ma'lum bir ohang bilan, yozuvda esa 
gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi. Tinish belgilari 
fikrni, maqsadni yozuvda ko'rsatishda qo'shimcha, ammo zaruriy vositadir. 
So'zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olamiz: 

Yüklə 157,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə