Tirik organizmlarning tuzilishi



Yüklə 1,96 Mb.
tarix08.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#109111
6-sinf. Sciens. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI

TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI

Hujayra – barcha tirik organizmlarning tuzilish birligi.

Tirik organizmlar tuzilishiga ko‘ra va ko‘p hujayrali bo‘ladi


Bir hujayrali
Bakteriyalar, oddiy amyoba, tufelka infuzoriyasi, xlorella, achitqi zamburug‘i
Ko`p hujayrali
O‘simlik va hayvonlar

epidermis o‘simlik organlarini himoya qiladi, o‘tkazuvchi nay hujayralari bo‘ylab suv transporti amalga oshadi. Skelet muskullari hayvonlarning harakatini ta’minlaydi, suyak hujayralari tayanch funksiyasini bajaradi.

Barg, poya, kurtak, asosiy ildiz, yon ildizlar o‘simlik organlaridir.

O‘simlikning barcha ildizlari ildiz sistemasini, barg, poya, kurtak kabi organlar esa birgalikda novda sistemasini hosil qiladi.

O‘pka, jabralar nafas olish, oshqozon, ichak, jigar ovqat hazm qilish organlaridir.

Hujayraviy tuzilish. Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan. Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional birligi hisoblanadi

Moddalar almashinuvi. Tirik organizmlar tashqi muhitdan o‘zi uchun zarur moddalarni qabul qiladi. Bu moddalar parchalanadi, hujayrada boshqa moddalarga aylantiriladi. Bu jarayonlarda hosil bo‘ladigan organizm uchun keraksiz qoldiq moddalar tashqi muhitga ajratiladi.

Oziqlanish. Har bir tirik organizm harakatlanish, oʻsish va rivojlanish uchun oziqlanishi kerak. Oziq tarkibidagi organik va mineral moddalar organizmni energiya va qurilish materiallari bilan ta’minlaydi

Nafas olish. Oziqlanish jarayonida oziq sifatida qabul qilingan moddalarning bir qismi hujayralarda parchalanadi, natijada energiya ajraladi. Ko‘pchilik organizmlar moddalarni parchalash uchun kisloroddan foydalanadilar

O‘sish. Ko‘p hujayrali organizmlarning hujayralari bo‘linib ko‘payish hisobiga o‘sadi. Masalan, urug‘dan unib chiqqan yosh nihol o‘sib katta daraxtga aylanadi. Odam va hayvonlar ham o‘sadi

Ta’sirlanish. Har bir tirik organizm turli ta’sirlarga nisbatan javob beradi. Masalan, o‘simlik gullari quyosh chiqqanda ochiladi va botganda yopiladi. Issiq jismga tegib ketsak, qo‘limizni tortib olamiz.

Ko‘payish. Tirik organizmlar jinssiz va jinsiy usulda ko‘payadi. Ko‘payish orqali tirik organizmlar o‘z belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazadilar.

Topshiriqlar

  • 1. mavzuni o`qish
  • 2. Muhim ma’lumotlar
  • 3. O`simlik hujayrasi va amyoba oziqlanishi chizib kelish
  • 4. To`qima jadvallarini chizib kelish
  • 5. O`simlik hujayrasining rasmini chizib kelish
  • 6. Kitobdagi Insonning nafas olishi jarayonini chizib kelish

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə