Tojiqulov islomjon ilhomjovichkning pedagogika nazariyasi tarixi fanidan mustaqil ish



Yüklə 277 Kb.
səhifə1/2
tarix17.05.2023
ölçüsü277 Kb.
#110742
  1   2
zamonaviy oʻqituvchi





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AL-BUXORIY UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI

SIRTQI TA’LIM SHAKLINING
PP (M) 1-7 GURUHI TALABASI
TOJIQULOV ISLOMJON ILHOMJOVICHKNING
PEDAGOGIKA NAZARIYASI TARIXI FANIDAN


MUSTAQIL ISH


Qabul qildi: M.Toshov
Toshkent- 2022
Reja:

1.O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish haqida.


2.Zamonaviy pedagogik texnologiyaning predmeti.
3. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning vazifalari.
4. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rganilishi muammolari.

Asosiy tushunchalar: texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiyaning rivojlanish bocqichlari, pedagogik tizim, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiya.


O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotining demokratik-huquqiy, fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan dadil bormoqda. Iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy, xalq ta’limi sohalarida islohotlar va yangilanish jarayonlari bosqichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik tufayli pedagogika fanining taraqqiyotida ham olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizning ma‘naviy salohiyatini oshirish, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni tayyorlash va amalga oshirish pedagogika fanining zimmasiga tushdi. Pedagogikaning predmeti shaxsni shakllantirish muammosi Kadrlar tayyorlash Milliy modelida o‘z aksini topdi.
Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi muammolar: xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedagogik merosini o‘rganish va ta’lim-tarbiya jarayonini milliylashtirish, jamiyat taraqqiyotida ma‘naviyatning ustivorligini ta‘minlash va ma‘naviy tarbiya nazariyasini, amaliyotini takomillashtirish; yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g‘oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish; jahon andozalariga mos ta’lim tizimini yaratish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagogik kadrlarni hozirgi davr talabi asosida ta’lim-tarbiya ishiga tayyorlash, pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar pedagogika fanining dolzarb vazifasi blib qoldi.
O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish; «Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualari yaratish va o‘quv –tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta‘minlash”ga bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Ma‘lumki, Milliy dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (1997-2001 y.) mavjud kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoitlar yaratish “... jumladan pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish”.
Ikkinchi bosqich: (2002-2005 y.) Milliy dasturini to‘la ryobga chiqarish8, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy-iqtisodiy sharotlarini hisobga olgan holda unga aniqlik kiritish, “Ta’lim muassasalarini moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o‘quv adabiyotlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlanadi”.
Uchichnchi bosqich: (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribalar tahlil etiladi. Ular umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish” ko‘zda tutiladi.
Ta’lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi o‘quv tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta‘minlanadi”. Bunda biz pedagogik texnologiya Milliy dasturni amalga oshirishning muhim vositasi ekanini ko‘ramiz.
Pedagogik texnologiyaning rivojlanishini 4 bosqichga bo‘lish mumkin:
1-bosqich – 40-50 yillar b Pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida audiovizual (tehnik vositalar) vositalardan foydalanish deb tushunilgan.
2-bosqich. 50-60 yillar. Ta’lim texnologiyasim programmalashtirilgan ta’lim sifatida qaralar edi.
3- bosqich. 60-70 yillar. Ta’lim jarayonini loyihalashtirib, aniq belgilangan maqsadning kafolatlangan natijasiga erishish sifatida qaralodi.
4- bosqich. Ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyasi va axborot texnologiyalarining kirib kelishi bilan bog‘liq.
Pedagogik texnologiya asrimizning 60-yillarida Amerika Qo‘shma Shtatlarida, 70-80 yillarda boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanila boshlandi.
YUNESKOning 1996 yildagi xalqaro konferentsiyasida mamlakatning ma‘naviy iqtisodiy salohiyatini oshirishda va ta’lim-tarbiyani intensivlashtirish-da pedagogik texnologiya muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslanadi.
“Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘rganish yaxlit jarayonida ta’lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir”, -degan xulosaga kelinadi.
Uzoq vaqt hukum surgan, kommunistik g‘oyaviylikka asoslangan byurokratik pedagogika ta’lim-tarbiya jarayoniga ilmiy yondoshish yo‘llarini berkitgan edi. Ayniqsa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish man etilgan edi.
O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi mustaqillik sharofati bo‘lsa, uni amalga oshirishning asosiy ilmiy-metodik omillaridan biri yangi pedagogik texnologiyadir. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning predmeti - ta’lim -tarbiya jarayonini optimal loyihalash, modellashtirish tizimi, mexanizmi. Ya‘ni pedagogik qonuniyatlarga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimini samarali, ommabop mexanizmidir. Pedagogik texnologiya ommabopligi ilmiy asoslanganligi bilan individual mahoratdan farq qiladi.Zamonaviy pedagogik texnologiya fanini o‘qitishning maqsadi: -bo‘lajak mutaxassislarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shart-sharoitga asosan ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash samarali metod va vositalarni tanlashga o‘rgatishdan iborat.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning vazifasi:-bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga pedagogik texnologiya, texnika rivojlangan mamlakatlar ilg‘or pedagogik texnologiyasi, O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturini amalga oshirish tajribalari haqida nazariy bilim berish:
-pedagogik jarayonni loyihalash;
-ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni va optimal metodlarini ko‘nikma va malakasini shakllantirish;
-pedagogik diagnostika qobiliyatini o‘stirishdan iborat.
Jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ham rivojlanib boradi.
Albatta, Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarigia, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi.Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va umuminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya printsiplariga ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi. Pedagogik texnologiya fani bo‘lajak o‘qituvchilarni ilmiy-metodik tayyorlashda alohida o‘rin tutadi.Peadgogika nazariyasi va tarixidan mukammal bilim va malakaga ega bo‘lgandan keyin pedagogik texnologiya yoki yangi pedagogik texnologiya fani o‘rganiladi.Demak, pedagogik texnologiya,pedagogika,pedagogik mahorat, psixologiya, matematik odellashtirish fanlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi,
Pedagogik texnologiya nima?
Bu haqida ko‘pgina mualliflar o‘z ta’riflarini berganlar. Bular:
BMT ning nufuzli idoralaridan biri bo‘lgan YUNESKO ta‘rificha:
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta‘sirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo‘llash tizimidir.
V.P.Bespalko: «har qanday faoliyat yoki texnologiya, yoki san‘at bo‘lishi mumkin. San‘at ichki sezgi (intuitsiya)ga, texnologiya esa fanga asoslanadi. hammasi san‘atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi va yana qaytadan boshlanadi» - degan edi.
M.Ochilov “Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir”, degan ta‘rifni beradi.
Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov: “Pedagogik texnologiya bu o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta‘sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni”-degan ta‘rifni beradi.
Ta’lim texnologiyasi – oldindan belgilangan o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan, ta’lim jarayonida inson va texnika resusrlaridan foydalanishning loyihalashtirilgan muayyan tizimi. HTV “Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish” markazi ta‘rifi.
Keltirilgan ta‘riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, uzoq horijda berilgan ta‘riflar bilan MDH mamlakatlari olimlari bergan ta‘riflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko‘ramiz. Jumladan, YUNESKO ta‘riflarida tizimli yondashuv tamoyillariga alohida urg‘u berilgan.
Pedagogik texnologiyani o‘rganishda tarixiy tajribalarga murojaan qilish ham katta ahamiyatga ega, Sharq xalqlari og‘zaki ijodidi sinchiklab o‘rganilsa bu masalaga doir materillarni topish mumkin.
“Yaqinda Moskvadagi “Prosveshenie” nashriyoti “O‘qituvchi mahorati” seriyasida chiqargan Yu.CHestnhning “Otkrit cheloveka” (1991) deb nomlangan kitobiga ko‘zim tushib qoldi. U shunday yozadi: “Adabiyotni qanday o‘qitish bo‘yicha eng to‘g‘ri va qiziqarli maslahatni men qariyb unutilayozgan o‘zbek xalq latifasidan topganman. Xo‘ja Nasriddin maydondagi olomon oldiga keladi va so‘raydi:
- Ey, odamlar! Bilasizlarmi, men sizlarga nima aytmoqchiman?
- Yo‘q, yo‘q, - deb javob berishdi ular.
- Eh, bilmaysizlarmi? Unda sizlar bilan gaplashib o‘tirishning hojati yo‘q, - jahllandi Nasriddin va jo‘nab ketdi. Boshqa kun kelib, yana xuddi shu savolni berdi.
- Bilamiz, bilamiz! – baqirishdi odamlar.
- Agar bilsangizlar, unda mening bu yerda nima keragim bor? – Xo‘ja Nasriddin hammani ajablantirib yana jo‘nab ketdi. Uchinchi kun odamlar xuddi shu savolga uzoq javob bermadilar va so‘ngra maslahatlashib sekin ovoza qildilar: “Yarmimiz bilamiz, yarmimiz bilmaymiz”, Ho‘ja Nasriddin miyig‘ida kulgancha eshagidan tushar ekan dedi: “Bilganlaringiz bilmaganringizga o‘rgatinglar, men esa dastavval sizlarni tinglayman”. (“Ma‘rifat” gazetasi 2009 yil 28 yanvar. Alisher Azimovning “Yangi pedagogik texnologiya yohud Nasriddin Afandining muallimlik qilganligi hususida” maqolasidan). Bu bir lanbfa. Lekin har qanday latifaning asosida katta bir haqiqat yashiringan bo‘ladi.
O‘zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odatlari va an‘analari, ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o‘tmishda ko‘plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo‘lgan. Hozirgi kunda bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.
Ajdodlarimiz bilim o‘rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat berganlar. Bu pedagogik faoliyatga bo‘lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o‘tkir fikrlaydigan kishilar to‘g‘risida shunday deydi: «Aqlli deb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ihtiro etishda zo‘r iste‘molga ega; yomon ishlardan o‘zini chetda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar». Uning fikricha, «Ta’lim so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o‘rganishdir, ya‘ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakatga, kasb-hunarga berilgan bo‘lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga berilgan bo‘lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig‘i bo‘ladilar».
O‘zbek xalqining ulug‘ allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy asarlarida yosh avlodga bilim berishning turli yo‘llari va vositalari haqida tushunchalar berib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida to‘xtalib o‘tgan. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Beruniy sxolastik metodlardan voz kechish, dars samaradorligini oshirish yo‘llarini izlash, bolalarning xotirasini rivojlantirish, fikrlashga o‘rgatishni ta‘kidlab o‘tgan. «Maqsad gapni cho‘zish emas, balki o‘quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. O‘quvchi fandan-fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘hshaydi. Birini ko‘rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o‘ziga yarasha lazzat bor deyilganidek ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi».
Buyuk sarkarda Amir Temur o‘zining o‘gitlarida har bir ishni boshlaganda butun diqqat, zehn va bor kuchni shu ishga qaratish lozimligini ta‘kidlagan: «Azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilishga qasd qilgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim» .
E’tibor qilinsa ajdodlarimiz merosida ta’limda qiziqib o‘rganishga katta e’tibor qaratiladi (motiv), shuningdek, ta’limni tashkil etish mahorati o‘rganishning asosiy sharti sifatida keltirilgan.
Xulosa qilib aytganda bizning tariximiz o‘quvchilarni haqiqiy bilimli qilish masalasida katta ilmiy merosga ega. O‘sha davrda o‘qitishning texnologiyasi individual, bolaning o‘sishi va rivojlanishini o‘z ichiga olgan, qo‘yilgan maqsadga aniq erishi asosiy talab bo‘lgan.


Yüklə 277 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə