To`plamning muallifi to`g`risida ma`lumot O‘qituvchi: Dj. Yunusov


korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi



Yüklə 5,04 Mb.
səhifə61/80
tarix28.09.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#124376
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
AUDIT OQUV AMALIYOT

korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi - tegishli xo’jalik muomalalarini yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir;

  • nazorat amallari - korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.

    Ushbu uchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda axborotlardagi muhim xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi.

    Nazorat muhiti deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rah-bariyatining xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi.

    Nazorat muhitining ahvoli rahbarlarning ish uslubi, ularning dunyoqarashi, nazorat va xodimlar ustidan nazorat maqsadini tushuntirish tizimining samaradorligiga bog’liq.

    Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat:



    • siyosat va boshqaruv uslublari;

    • korxonaning boshqaruv tuzulmasi;

    • direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik komiteti faoliyati;

    • boshqaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari;

    • nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit;

    • kadrlar siyosati va amaliyot;

    • tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati).

    Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng katta ta’sir ko’rsatadi. Boshqaruvning yuqori pog’onasi xizmatchilarning nazoratga munosabatini belgilaydi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, aktivlar, hujjatlar-ni olish imkoni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi. Nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki nazorat tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’liq muammolari ichki nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez-tez almashtirib turilsa, bu hisob va nazorat funktsiyalari etarli tajribaga ega bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadigan odamlar tomonidan bajarilishiga olib keladi. Yangi rahbarlar va mansabdor shaxslar korxonadagi hisob tizimi bilan etarli darajada tanish bo’lmasligi mumkin. Ayrim hollarda buxgalteriya xodimlari yuqori boshqaruv bo’g’ini tomonidan topshirilgan noqonuniy hisob amallarini bajarishni hohlamaganliklari uchun ham ishdan bo’shab ketadilar. Shuning uchun ham buxgalteriya xodimlarining tez-tez almashtirilib turishi noxush fakt deb baholanadi.




    Yüklə 5,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə