Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/46
tarix21.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#129526
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
jo'g'rofiy bashorat, jo'g'rofiy zonallik, jo'g'rofiy kenglik, jo'g'rofiy 
koordinatalar, jo'g'rofiy mintaqa, jo'g'rofiy muhit, jo'g'rofiy uzunlik, 
jo'g'rofiy xarita, jo'g'rofiy qobiq, jo'g'rofiya, zoojo'g'rofiya, iqtisodiy 
jo'g'rofiya 
kabi terminlar qo'llanilgan. “Jo'g'rofiya atamalari va 
tushunchalari izohli lug'ati” tarkibida xalq (mahalliy) geografik 
atamalarning serobligi, ular izohi ham berilganligi bilan ajralib turadi
ayrim hollarda terminlarning etimologiyasiga ham e'tibor berilgan.
Umuman olganda ushbu davrda o'zbek geografik terminshunosligiga 
oid H.Hasanov (1963, 1964), S.Qorayev (1979, 1986), P.G'ulomov 
(1979, 1993, 1994), R.U.Rahimbekov (1979), O.Mo'minov (1993), Q. 
Hurramov(1981)larning ilmiy ishlari va turli maqolalari nashr etildi.
1989
-
yil 21
-
oktabrda o'zbek tili Davlat tili deb e'lon qilingandan 
so'ng, darsliklar, qo'llanmalar, lug'atlarni o'zbekchalashtirishga kirishildi. 
Lekin ayrim eskirib, muomaladan chiqib ketgan terminlarni yana 
qaytadan fanga olib kirish holatlari ham kuzatildi.
Quyida ayrim terminlarni biz taklif etadigan variantlarini keltiramiz:


60
Absolyut balandlik - mutlaq balandlik
Agat - aqiq
Agrobiotsenoz - agrobiotsenoz
Agroklimatologiya - qishloq xo'jaligi iqlimshunosligi
Adaptatsiya - moslashuv
Aysberg - muztog', aysberg
Antisiklon - antisiklon
Arid iqlim - qurg'oqchil iqlim
Atmosfera - havo qobig'i, atmosfera
Barxan - barxan, qumtepa
Basseyn - havza, hovuz
Bedlend - buzuq yer, yaroqsiz yer, moxov yer
Val - marza, do'nglik
Valun - g'o'latosh
Vulkan - vulqon, yonartog'
Vulkanologiya - vulqonshunoslik
Gavan–bandar, bandargoh
Galo - gardish
Garmsel - garmsel, issiq shamol
Geografiya - geografiya
Geografik zona - geografik zona
Geografik sikl - geografik davriylik
Geografik karta - geografik xarita
Geografik kenglik - geografik kenglik
Geografik kompleks - geografik majmua, kompleks
Geografik qobiq - geografik qobiq
Gidrosfera - Yerning suv qobig'i, gidrosfera
Globus - globus
Glyatsiologiya - muzshunoslik, glyatsiologiya
Gorizont - ufq, gorizont
Gradus to'ri - daraja to'ri
Grunt suvi - sizot suv
Dalnomer - uzoqlik o'lchagich, dalnomer
Delta - delta, daryo mansabidagi tekislik
Denudatsiya - yuvilish, olib ketish, denudatsiya
Dominant - asosiy, hukmron
Drenaj - zovur, suvni qochirish
Dyuna - qumtepa, dyuna


61
Zakaznik - zakaznik, buyurtma maskan
Zapas - zahira
Zapovednik - qo'riqxona
Zenit - tik tepa, zenit
Irrigatsiya - sug'orish
Kanal - ariq, kanal
Kanyon - chuqur dara, tor vodiy
Kaolin - chinni gil
Karta - xarita
Kartografiya - xaritashunoslik, kartografiya
Klimatologiya - iqlimshunoslik
Komponent - tarkibiy qism, komponent
Kontur karta - yozuvsiz xarita
Kotlovina - qozonsoy, tovoqsoy, soylik
Krater - vulqon og'zi, chuqurlik, krater
Krik - tentaksoy, quruq o'zanli soy
Kriosfera - sovuq qobiq, muz qobig'i, kriosfera
Laguna - sayoz qo'ltiq, ko'rfaz, laguna
Landshaft - landshaft
Lyoss - soztuproq, lyoss
Limnologiya - ko'lshunoslik
Liman - ko'rfaz, qo'ltiqcha
Litosfera - toshqobiq, litosfera
Masshtab - masshtab
Meandra - ilonizli o'zan, meandra
Meditsina geografiyasi - tibbiyot geografiyasi
Meridian - meridian, tush chizig'i
Migratsiya - ko'chish
Milliy park - milliy bog'
Miraj - sarob
Navigatsiya - kemalar qatnovi, navigatsiya
Okean - okean
Okeanografiya - okeanshunoslik
Oriyentirlash - chamalash, mo'ljal olish
Orogenez - tog' paydo bo'lishi
Osadkometr - yog'ino'lchagich
Parallel - parallel
Plan - tarx, reja, plan


62
Planeta - sayyora
Plato - supaqir, yassi va to’lqinsimon baland tekislik
Poyma - qayir
Reg - qum, qumli cho'l
Region - hudud, o'lka, region
Relyef - relyef, yer yuzasi tuzilishi
Resurs - boylik
Savanna - savanna
Seysmologiya - seysmologiya, zilzila haqidagi fan
Sinekliza - sinekliza, yassi botiq
Sopka - yakka tepa (tog', do'ng)
Subtropik - tropikyoni, subtropik
Subtropik iqlim - subtropik iqlim, tropikyoni iqlimi
Subekvatoriyal - subekvatorial, ekvatoryoni
Sutka - sutka, kecha - kunduz
Temperatura - harorat
Terrasa - ko'hna qayir, terrasa
Territoriya - hudud, maydon
Topografiya - topografiya, joyni o'rganuvchi fan
Topnimika - toponimika, joy nomlarini o'rganuvchi fan
Toroslar - uyurma muzlar, qalashma muzlar
Tropik - tropik
Tuproqlar kartasi - tuproqlar xaritasi
Uvallar - yassi tepaliklar
Firn - qotgan qor, firn
Flyuger - flyuger, shamol yo'nalishini o'lchaydigan asbob
Siklon - siklon, quyun
Ekvator - ekvator
Ekologik krizis - ekologik buxron
Epitsentr - zilzila markazi
Ekosistema - ekologik tizim
Endogen protsesslar - endogen jarayonlar, ichki kuchlar ta'sirida 
bo'ladigan jarayonlar
Efemer - qisqa umrli (o'simlik), efemer
Qo'ltiq - ko'rfaz, qo’ltiq
Hamada - toshloq cho'l, hamada


63

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə