Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/46
tarix21.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#129526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
toponimlar 
deyiladi. Yunoncha 
topos
- joy va 
onoma
- ism, nom so'zlaridan 
tashkil topgan.
Toponimlarga, ularning kelib chiqishi, ya’ni etimologiyasi, ma'nosi, 
o'zgarishi, talaffuz qilinishiga kishilar juda qadim zamonlardan qiziqib 
kelishgan. Har bir geografik nom orqasida qanchadan - qancha voqea va 
hodisalar, tabiiy hodisalar, tabiiy xususiyatlar, xalq, qabila, urug', ayrim 
kishilar faoliyati haqidagi tarixiy ma'lumotlar yashirinib yotadi. Toshkent, 
Samarqand, Buxoro, Termiz, Tyanshan, Pomir, Amudaryo, Qizilqum 
nomlarida qancha voqea, hodisalar, tarix yashirinib yotibdi. Nega ular 
shunday nomlar bilan ataladi?
Har bir kishi, avvalo, o'z joyi - shahri, qishlog'i, mahallasi, ko'chasi 
nomini, ularning qanday hodisa, voqea, tabiiy xususiyat, qanday inson nomi 
bilan bog'liqligini bilishni istaydi. Nega Hindikush, Ajal vodiysi, 
Borsakelmas, Dashti Margoh, Dashti Lut, O'lik dengiz deyiladi? Chet 
ellardagi nomlarning ba'zilarini o'zbek tiliga tarjima qilinsa, g'alati, ba'zan 
bema'ni nomlarni ko'rasiz. Krivoy Rog - Egri shoh, Tbilisi - Qaynar buloq, 
Vladivostok - Sharqni egalla, Velikiye Luki - Katta yoylar, Los - Anjeles -
“Bizning janobi oliylari farishtalar qiroli” va h.k.
Joy nomlarini yozishda ham nozik tomonlari bor. Ba'zan bir harf 
o'zgarishi bilan tamomila boshqa joy tushuniladi. Masalan: Amu - Amur, 
Avstriya - Avstraliya, Riga - Risa, Jurjon - Juzjon, Mari - Mariy, Neva -
Niva va boshqalar.
Bularning hammasini 
toponimika 
fani o'rganadi. Toponimika ham 
yunoncha “topos” va “noma” so'zlaridan hosil bo'lgan. Bu fan geografik 
nomlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, o'zgarishini, ularning mazmuni
shakli va to'g'ri yozilishini o'rganadi. Toponimika geografiya, tarix va 
tilshunoslik (lingvistika) fanlari o'rtasidagi fan bo'lib, ular bilan juda 
bog'langan. Bu fanlarning tadqiqot uslublaridan foydalanib ish ko'radi. 


4
Geografik voqea, hodisa va obyektlarning umumiy nomini, turdosh 
otlarni, ya'ni termin (atama)larni geografik terminshunoslik o'rganadi.
Har 
bir 
fanning 
terminlarini 
o'rganuvchi 
terminshunoslik 
(atamashunoslik) fanlari mavjud. Geografik terminshunoslik geografik 
terminlarning ma'nosi, kelib chiqishi (etimologiyasi), o'zgarishi, to'g'ri 
yozilishi va manbalarini o'rganadi. Har bir fanni chuqur o'rganish uning 
terminlarini qanchalik to'g'ri va to'liq bilishga bog'liq.
Har bir fanning rivojlanishida mukammal o'rganilgan va ilmiy ishlab 
chiqilgan terminologiyaning ahamiyati kattadir. Terminlarning aniqligi, 
mukammallagi fanning rivojlanishini ma'lum jihatdan belgilab beradi. 
Termin yordamida ma'lum hodisa tasnifi ixcham beriladi va o'sha hodisani 
tez o'zlashtirib olish imkoniyati yaratiladi.
Joy nomlarini o'rganuvchi mutaxassislar 

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə