Toponimika va geografik terminshunoslik


Geografik nomlarning ma'nosi haqida



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/46
tarix21.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#129526
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Geografik nomlarning ma'nosi haqida
Geografik nomlarning juda ko'p ekanligi haqida yuqorida aytgan 
edik. Joy nomlari qancha bo'lsa, ularning kelib chiqishi tarixi, ma'nosi 
haqidagi taxminlar ham shuncha ko'p. Geografik nomlar qaysi xalq tilida
bo'lmasin, ba'zi birlarining ma'nosini osongina tushunsa bo'ladi, ba'zi nomlar 
murakkab bo'lib, tushunish qiyin yoki butunlay tushunarsizdir. Ba'zi bir 
nomlar ma'nosi tushunarli bo'lib ko'rinsa ham, lekin ancha murakkab bo'ladi.
O'zbek tilidagi rang ko'rsatkichlar -
qora, oq, ko'k, sariq 
so'zlari 
toponimlar tarkibida kamdan - kam hollarda shu rang ma'nosida qo'llaniladi. 
Masalan, 
qora 
so'zining 
yomon yer, sharpa, past, shimol, qorsiz 
ma'nolari 
mavjud. Joy nomi tarkibida kelganda ham u o'shanday ma'nolarda ishlatilishi 
mumkin. Masalan: Qora dengiz - shimoldagi dengiz, Qoratog' - past tog', 
Qorasuv - sizot suv, buloq suvi ma'nolarini anglatadi. Toponimlar 
tarkibidagi oq so'zi ham oqni anglatmaydi. Chunonchi Oqtog' - qorli 
tog', 
baland tog', yuksak tog'; 
Oqtepa -
boyonlar tepasi, oqsuyaklar tepasi, 
yorug' tepa 
ma'nolarini, Oqqum -
o'simlik bilan mustahkamlanmagan 
ko'chma qumni 
anglatadi. 
Shunga o'xshash toponimlar tarkibida uchraydigan 
taxta, xotin, 
oydin, ayron 
kabi so'zlar ham boshqa ma'nolarda qo'llaniladi. Masalan; 
Taxtabozor -
tekis yerdagi bozor
, Xotinko'prik -
tosh ko'prik
, Oydinko'l -
toza suvli, ochiq ko'l, 
Ayronko'l -
loyqa suvli ko'l 
va boshqalar.
Toponimist olimlar joy nomlarini o'rganib, turli mamlakatlardagi 
ko'plab nomlarning paydo bo'lishi, ma'nosi, qanday o'zgarganligini aniqlab 
yozgan bo'lsalar ham hali kelib chiqishi, ma'nosi, hatto qaysi tilda ekanligi 
noma'lum bo'lgan geografik nomlar juda ko'p. Shularni hisobga olib, 
H.H.Hasanov (1985) geografik nomlarni ayon nomlar, ya'ni qaysi tildaligi
ma'nosi uchun shunday atalganligi o'zidan anglashib turadigan nomlarga va 
noayon, ya'ni qaysi tildaligi, ma'nosi, nega shunday atalgani aniqlanmagan 
nomlarga ajratadi. Ayirtov, Bog'ishamol, Jarariq, Chuqursoy, Yakkasoroy, 
Amerika, Kolumbiya, Volgograd, Avstraliya, Kumushkon, Oltintopgan, 
Yangiobod, Tinch okean, Issiqqo'l kabi nomlar ma'nosi ayon nomlardir. 
Ayrim joy nomlarining geografik o'rni, ayrim xususiyatlari nomning o'zidan 
anglashib turadi; Kavkazorti, Janubiy Olamushuk, O'rta Chirchiq, Rostov -
Don, Janubiy Xitoy dengizi, Zadaryo, Unguzorti qirlari va boshqalar. Lekin 
Ladoga, Farg'ona, Romiton, G'ijduvon, Taymir, Kolima va boshqa nomlar 
ma'nosi uncha aniq emas. 
Toponimlar orasida ba'zan Uchquduq, Beshqo'rg'on, Qo'shtut, 
Yettiterak kabi aniq, tushunarli bo'lib ko'rinsa ham, aslida boshqa ma'no 
anglatadigan nomlar ham bor, chunonchi Beshariq, Oltiariq aslida Peshariq, 


16
Ortariq so'zlaridan kelib chiqib, keyin o'zgargan. Yong'oq, Ko'kterak, 
Toshkent, Toldiqo'rg'on, Olmaliq, Belgrad kabi toponimlarda ham noaniqlik 
mavjud. Yong'oq degan joyda yong'oqzor bo'lganmi yoki bir tup yong'oq 
o'sganmi, Toshkentda shahar paydo bo'lganda hamma binolar toshdan 
qurilganmi yoki bir qo’rg’on toshdan bo’lganmi yoki shaharni tosh devor 
bilan o'ralganmidi. Bular noaniq.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə