Toponimika va geografik terminshunoslik


Metafora atamalar(terminlar)



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/46
tarix21.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#129526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Metafora atamalar(terminlar): 
bo'g'iz, bo'yin, og'iz, etak, lab, 
tirsak, quloq va boshqalar. Ayrim adabiyotlarda 
anatomik terminlar
deyiladi.
Metafora
nomlar
-
ko'chma ma'noda ishlatiladigan ta'rixiy, 
o'xshatma nomlar: Odamtosh, Qo'ytosh, Qirqqiz, Temir darvoza, Jinko'cha. 
Metateza
bilan shakllangan toponimlar- (grekcha “metatesis” - joy 
almashtirish) so'zdagi tovushlarning o'rin almashinishi (Beshog'och -
Bechog'osh, Sayram - Saryom).


6
Mikrotoponimlar
- mayda geografik nomlar: mahalla, ko'cha, 
mavze, bekat, guzar nomlari.
Oronimlar
- Yer yuzasi relyefi shakllari (tog', tizma, vodiy, tekslik, 
qirlar) nomlari: Himolay, Tyanshan, Pomir, Chotqol, Farg'ona vodiysi.
Oykonimlar
- aholi yashaydigan joylar (shahar, qishloq, ovul)
nomlari: Toshkent, Parkent, So'qoq, Go’zalkent va boshqalar.
Polisonimlar
- (grekcha “polis” - shahar) - shaharlarning nomlari, 
shahar ichidagi obyektlarning nomlari 
urbonimlar 
deb ham ataladi.
Speleonim -
g'orlar, ungurlarning nomlari: Qirqtog', Qo'ng'ir, 
Odamtosh, Mamont g'orlari va boshqalar.
Toponim
- xususiy geografik nomlar, lotincha “topos” - joy, 
“onoma” - ism, nom so'zlaridan olingan.
Toponimiya
- ma'lum hududdagi joy nomlari yig'indisi. Masalan, 
Toshkent viloyatidagi barcha joy nomlari Toshkent viloyati toponimiyasi 
deyiladi.
Toponom
- xususiy geografik nomlardan paydo bo'lgan yangi so'zlar, 
turdosh otlar: doka, tyul, boston, bolonya, saplin, krepdeshin va boshqalar.
Topoformant
- geografik nomlar hosil bo'lishida ishtirok etadigan
lekin o'zi muayyan ma'noni anglatmaydigan qo'shimcha va suffikslar. 
Masalan, Chilonzor, Misrgarlik, Xizmatchi, Ohangaron, Biyxem, Satino va 
boshqalardagi - zor, - gar, - chi, - garon, - xem, - o.
Topotermin
- joy nomlarini hosil qiluvchi terminlar (atamalar). 
Masalan, daryo, soy, tepa, qo'rg'on, kent, obod, burg, grad, siti va boshqalar: 
Kattaqo'rg'on, Oqsoy, G'azalkent, Yangiobod.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə