Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/46
tarix21.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#129526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
toponimistlar 
deb, 
terminlarni o'rganuvchi mutaxassislar 
terminologlar 
deb ataladi.
Toponimika va terminshunoslikka oid ma'lumotlar kishilar bilimini 
juda kengaytiradi hamda madaniy saviyasini o'stiradi. Deyarli barcha buyuk 
kishilar, allomalar toponimika va terminshunoslikka oid ma'lumotlarga juda
qiziqqan va o'zlari ham fanning bu sohalari bilan shug'ullanganlar.
Geografiya darslarida toponimika va terminshunoslikka oid 
ma'lumotlardan foydalanish o'quvchilarning fanga qiziqishini kuchaytiradi 
va shu sohada chuqur bilim olishlariga yordam beradi.
I - BO'LIM. TOPONIMIKA
Toponimik atamalar va tushunchalar
Har bir fanni, shu jumladan toponimikani ham puxta o'rganish uchun 
uning atama va tushunchalarini bilish zarur. Toponimikaning o'ziga xos 
atama va tushunchalari mavjud. Bularning eng muhimlari quyidagilar:
Abbreviatsiya
- geografik nomlarning qisqartirilgan shakli: XXR, 
AQSH, MAR, BAM, Donbass, Kuzbass, RF va boshqalar.
Antonim nomlar
- bir - biriga teskari ma'noli geografik nomlar: 
Oqdaryo - Qoradaryo, Kungay Olatog'i - Terskay Olatog'i, Yuqori Chirchiq -
Quyi Chirchiq, Oqtog' - Qoratog' va boshqalar.
Antroponim nomlar
- kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi
laqamidan olingan nomlar: Navoiy shahri, Beruniy tumani, Iskandarko'l, 
Vashington shahri, Suxe - Bator, Pushkino shahri, Amir Temur ko'chasi.
Arealli nomlar
- bir xil qo'shimcha yoki topoterminlar ishtirokida 
yasalgan geografik nomlar joylashgan hududdagi toponimlar: kent, tepa, 
qo'rg'on va boshqa terminlar ishtirokida yasalgan nomlar tarqalgan hudud. 


5
Masalan: Toshkent viloyatida kent termini yordamida yasalgan nomlar ko'p: 
Alimkent, G'azalkent, Toshkent, Parkent, Zarkent va boshqalar.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə