Toponimika va geografik terminshunoslik


Toponimlarning paydo bo'lishi



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/46
tarix21.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#129526
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
Toponimlarning paydo bo'lishi 
Geografik joy nomlari juda turli - tuman, ba'zi nomlar g'aroyib, 
g'alati. Ularning kelib chiqishi ham juda xilma - xil. Ularni turlarga ajratish 
ham juda murakkabdir. Ko'pincha til qoidalari nuqtai nazaridan turlarga 
ajratiladi. Yana shakllanish bosqichlariga, bunyodga kelishiga, nimalar bilan 
bog'langanligiga ko'ra ham turlarga ajratiladi.
Quyidagi turlarga ajratish joy nomlarining kelib chiqishi, qanday 
hodisa va voqealarga bog'langanligiga qarab amalga oshirilgan. Geograflar 
uchun shunday yo'l bilan turlarga ajratish ma'qulroq ko'rindi.
1. Joyning geografik o'rniga bog'liq holda paydo bo'lgan nomlar. 
Masalan: Nordkap (Shimoliy burun), Severnaya Zemlya (Shimoliy Yer), 
Xokkaydo (Shimoliy orol), Janubi - sharqiy burun, Shimoliy dengiz,
Sharqiy Xitoy dengizi, Rio - Grande del - Norte (Shimoliy katta daryo), 
Orqa Oloy, G'arbiy Dvina va boshqalar.
2. Ayrim geografik nomlar o'sha joyning, geografik obyektning 
o'ziga xos xususiyatlaridan paydo bo'ladi. 
Bunday nomlar orasida relyef 
shakllariga bog'liq nomlar ancha ko'p uchraydi. Qrimdagi Ayiqtog', 
Turkiyadagi Tavr (grekcha buqa) tog'i, Shimoliy Muz okeanidagi 
Shpisbergen (Nayzatog'), Dunay vodiysidagi Temir darvoza (dara nomi) 
shular jumlasidandir. Bizning o'lkamiz - O'rta Osiyoda bunday nomlar ko'p: 
Qumtepa, Egartosh, Belisiniq tizmasi, Odamtosh, Supatog', Beshiktog', 
Yo'g'ontepa, O'radaryo, To'rg'ay supasimon o'lkasi, Chuqursoy, Qo'ytosh 
bularga misol bo'ladi.
Relyefdan boshqa xususiyatlarga ko'ra paydo bo'lgan nomlarga Qizil 
dengiz, Oq dengiz, O'lik dengiz, Sariq dengiz, Islandiya (Muz o'lkasi), 
Monblan (Oqtog'), Issiqko'l, Kungay Olatov, Terskay Olatov, Bog'ishamol, 
Qoraqum, Qoraqurum, Shamolli orollar, Shamolsiz orollar, Polineziya, 
Mikroneziya, Melaneziyani misol qilib ko'rsatish mumkin.
3. Suv bilan bog'liq nomlar 
(gidronimlar). Okean, dengiz, daryo, 
ko'l, muzlik, buloqlar nomlari gidronimlar deyiladi. Gidronimlar ham 
suvning xususiyatlariga ko'ra turlicha bo'ladi. Daryo, ko'l, buloq va quduqlar 


17
suvining rangi, sho'rligi, toza (tiniq)ligi, chuqurligi va boshqa 
xususiyatlariga qarab har xil.
Yer osti suvlaridan, sizot suvlardan hosil bo'lgan daryolar Qorasuv, 
Qoradaryo deb, tog'lardagi qor va muzlardan suv oluvchi daryolar ko'pincha 
Oqdaryo deb, suvi tiniq, toza bo'lsa Ko'ksuv deb, loyqa suvli daryolar 
Sarisuv, Xuanxe (Sariq daryo) deb nom olgan. Tiniq va toza suvli ko'llar 
Oynako'l, Ko'kko'l, loyqa suvli bo'lsa Ayronko'l, sho'r bo'lsa Sho'rko'l, 
Achchiqko'l, Achchiko'l deb nomlanadi.
Farg'onadagi Tentaksoy, Surxondaryodagi Jinnidaryo bahorgi toshqin 
vaqtida jo'shqin bo'lib, o'zanini o'zgartirib, qirg'oqlarini buzib oqqanligi 
uchun shunday nom olgan. Buloq hamda quduqlar nomi ko'pincha suvning 
xususiyatlari - harorati, tozaligi, tarkibida qanday minerallar, tuzlar 
mavjudligiga qarab, yer ostidan qanday tarzda chiqishiga qarab qo'yiladi. 
Masalan: Sho'rbuloq, Qo'tirbuloq (suvi tarkibida oltingugurt mavjud),
Obirahmat (shifobaxsh, suvi shirin buloq), Issiqsuv, Obigarm, Arashon, 
Qaynarbuloq, Jimbuloq. Quduqlar ham huddi shunday xususiyatiga qarab 
Shirinquduq, Sho'rquduq, Chuqurquduq kabi nomlarga ega. Yog'ingarchilik 
vaqtlarida suv oqib, ko'p vaqt qurib yotadigan kichik daryolar ko'pincha 
Quruqsoy deb ataladi.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə