Toponimika va geografik terminshunoslik


O'zbek geografik terminshunosligining rivojlanishida tarjima



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/46
tarix21.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#129526
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
O'zbek geografik terminshunosligining rivojlanishida tarjima 
(ruscha - o'zbekcha) adabiyotining ahamiyati
Geografik terminshunoslikning rivojlanishida tarjima adabiyoti 
muhim o'rin tutadi. Tarjima jarayonida tarjima terminlari paydo bo'ladi. 
Bunday terminlar o'z tilimiz zahirasidan olinadi. Hayot to'xtab qolmagani 
kabi geografik terminlar va tushunchalar ham to'xtovsiz boyib boradi. O'z 
tilimizda yo'q bo'lgan termin va tushunchalar boshqa xalqlar tillaridan 
bizning tilimizga kirib keladi. Lekin boshqa xalqlar tilidan kirib kelgan 
terminlar ko'pincha qabul qiluvchi xalqlarning talaffuziga, til qoidalariga 
(xususiyatlariga) moslab, biroz o'zgartirilib olinishi mumkin.
O'zbek geografik terminshunosligida tarjima terminlari (ruschadan) 
o’tgan asrning 30 - yillaridan paydo bo'la boshlagan edi. O'sha davrda 
mamlakatimizda 
geografiya 
ta'limining 
rivojlanishi, 
geografik 
bilimlarning ommalashuvida, rus tilidagi geografiya darsliklari va 
qo'llanmalar tarjimoni A.Obizovning hizmatlari katta bo'ldi. A.Obizov rus 
tilidagi bir qator o'rta va oliy maktab darsliklari tarjimonidir. Olimning 
1933 - 1939 yillar davomida rus tilidan tarjima qilgan “O'lkani o'rganish 
darsligi. Tabiat” (T., O'zdavnashr 1933), A.S.Barkov va Polovinkinlarning 
“Tabiiy geografiya” (T., O'zdavnashr, 1936) va “Fizik geografiya” 
(Toshkent, Samarqand, 1939) darsliklaridagi ayrim terminlar haqida 
to'xtalib o'tish lozim. Dastlabki ikki darslik tarjimalaridagi terminlar 
o'rtasida deyarli farqlar yo'q. 1933 yilgi tarjimada 
jo'g'rofiya, xarita, yer 
usti shakllari, do'ng 
(tepalik), 
ma'dan chashmalari, mag'ora 
(g'or), 
egrilik, daryo tindirmalari 
(cho'kmalari), 
darajalik to'r, bo'ylik 
(uzunlik), 
tabaqalik tog' 
(palaxsali tog'), 
taqim orollari, muztog' 
kabi oldindan 
qo'llanib kelingan terminlar ishlatilgan. 1936 yilgi tarjimada bo'lsa, 
jo'g'rofiya, xarita, plan olish, masshtab, taxminlash, vizir chiziq, do'ng, 
gorizont, qumtosh, granit, ma'dan chashmalari, artezian, karstlik 
hodisalar, magora, stalaktit va stalakmit, manba, suvayirg'ich, asl 
qirg'oq, egriliklar 
(meandra), 
temperatura, lab, buxta, gorizont, darajalik 
to'r, ekvator, meridian, parallel, kenglik va bo’ylik, orbita, litosfera, 
gidrosfera, atmosfera, episentr tabaqali tog', troposfera, stratosfera
izoterma, barometr, flyuger, briz, musson, tropik poyas, muztog' 
va 
boshqa terminlar qo'llanilgan. Ushbu tarjimada ilmiy geografik adabiyotga 
rus tili orqali kirib kelayotgan yangi atamalar bilan birga, 
taxminlash, 
do'ng, ma'dan chashmalari, mag'ora, asl qirg'oq, egrilik, poyas
kabi 
ko'pgina terminlar avvalgi shakllarida ishlatilgan.


64
1939 yilgi tarjimada esa rus tili orqali kirib kelgan yangi terminlar 
ko'proq qo'llanilgan: 
geografiya, karta, kompas, fizik geografiya, terrasa, 
sutka, gradus (to'ri), arxipelag, poyas 
va boshqalar.
Ruscha 
землетрясение–
zilzila,
пещера -
g'or, 
умeренный пояс -
o'rtacha poyas, 
oползень
- o'pirilish deb tarjima qilindi, xolbuki ungacha 
bu terminlarining o'zbek tilidagi tarjimalari, yani 
yer qimirlashi, ungur, 
mo'tadil mintaqa, surilma 
kabi terminlar bo'lgan.
Aynan mana shu yillari geografik terminlarda o'zgarishlar sodir 
bo'ldi. Buni quydagi jadvaldan ko'rish mumkin:
1 - jadval

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə