Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi o'tkir revmatik isitma



Yüklə 254,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix29.11.2023
ölçüsü254,11 Kb.
#142570
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
O‘tkir revmatik isitma

PATOGENEZ 
O‘RI rivojlanishi zamonaviy nazariyasiga ko‘ra RI toksik-immunologik 
kasallikdir. Streptokokk kardiotoksik fagotsitozni to‘xtatish, membranalar va 
biriktiruvchi to‘qimani zararlash xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar ishlab 
chiqaradi. Bular M-protein, peptidoglikan, streptolizin–O va S, gialuronidaza, 
streptokinaza, dezoksiribonukleaza va boshq. Streptokokk va miokard to‘qimalari 
o‘rtasida o‘zaro immunologik bog‘liqlik mavjud. Streptokokk toksinlari yurak-qon 
tomir tizimi va biriktiruvchi to‘qimada yallig‘lanish chaqiradi. Streptokokk va yurak 
o‘rtasidagi antigen o‘xshashlik autoimmun mexanizm rivojlanishiga – miokard va 
biriktiruvchi to‘qimaga nisbatan autoantitanalar ishlab chiqarilishiga olib keladi. 
Gumoral va hujayraviy immunitet buzilishi ASL-O, ASG, ASK, 
disimmuniglobulinemiya, V-limfotsitlar miqdori oshishi va T- limfotsitlar miqdori 
kamayishi bilan ifodalanadi, bazofillar faoliyati buziladi, gistamin, serotonin
bradikinin kabi yallig‘lanish mediatorlari ishlab chiqariladi. Immun yallig‘lanish 
jarayoni biriktiruvchi to‘qimani zararlaydi. 
O‘RI rivojlanishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi: 
Miokardning A guruhdagi β-gemolitik streptokokkning «kardiotrop» 
fermentlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri toksik zararlanishi (O va S streptolizinlar, 
streptokinaza va gialuronidaza, dezoksiribonukleaza V va boshq.); Streptokokklarga 
qarshi antitanalar (antistreptolizin-O (ASL-O), antistreptogialuronidaza (ASG), 
antistreptokinaza (ASK), antidezoksiribonukleaza B (anti-DNKaza B) yuqori 
titrlarda) ishlab chiqarilishiga olib keluvchi A guruhdagi β-gemolitik 
streptokokkning makroorganizm to‘qimalari antigenlari bilan kesishib 


10 
ta’sirlanuvchi antigenlariga qarshi immun javob («molekulyar mimikriya 
fenomeni») rivojlanadi. M-protein molekulalarida makroorganizmning miozin, 
sinoviy, bosh miya kabi turli to‘qimalari bilan o‘zaro ta’sirlanuvchi antigen 
determinantlari (epitoplar) mavjud. Bular miokard, bosh miya, sinovial qobiqlar 
komponentlari bilan o‘xshashlikka ega. M-protein autoimmunitet effektini 
indutsirlovchi superantigen xususiyatiga ega. Orttirilgan autoimmun javob o‘z 
navbatida A guruhdagi β-gemolitik streptokokk revmatogen shtammalari bilan qayta 
infitsirlanish natijasida kuchayishi mumkin.
Xavf omillari 
Nasliy moyillik 
Ijtimoiy omillar 
Iqlim omillari 
Aholi zich joylashganligi 
Tibbiy yordam darajasining pastligi 
Ovqatlanish 
Disgormonal o‘zgarishlar 
Otasi yoki onasi O‘RI bilan xasatlangan bemorning aka-ukalari yoki opa-
singillaridan birida O‘RI ko‘p uchrashi hamda geterogen zigotali egizaklarga 
qaraganda monozigotali egizaklarda yuqori darajada tarqalganligi O‘RIga genetik 
moyillikni tasdiqlaydi. 
Genetik markerlarni tadqiq qilish natijalari O‘RI A(ІІ), V(ІІІ) qon guruhili 
bemorlarda ko‘p uchrashini ko‘rsatdi. 

Yüklə 254,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə