Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi o'tkir revmatik isitma



Yüklə 254,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix29.11.2023
ölçüsü254,11 Kb.
#142570
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
O‘tkir revmatik isitma

 
Revmatik kardit 
– O‘RI asosiy belgisi (90-95% hollarda), kasallikning og‘irlik darajasi va 
oqibatini belgilaydi. 
Revmokardit belgilari: 
- endokardit, valvulit; 
- miokardit; 
- perikardit. 
Revmokardit doimo auskultasiyada patologik jarayonga klapanlar 
qo‘shilganligini bildiruvchi shovqinlar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
Sistolik shovqin, mitral regurgitatsiyada eshitiladi – revmatik valvulitning 
asosiy belgisi: 
- xarakteri bo‘yicha – uzun, puflovchi; 
- turli intensivlikda, tana holati va nafas olish fazasi bilan bog‘liq emas; 
- І ton bilan bog‘liq; 
- sistolaning ko‘p qismini egallaydi; 
- yurak cho‘qqisida yaxshi eshitiladi
- odatda chap qo‘ltiq ostiga o‘tkaziladi. 
Aortal regurgitatsiyaga xos bazal protodiastolik shovqin, o‘tkir revmokardit 
belgilaridan biri bo‘lishi mumkin: 
- ІІ tondan keyin boshlanadi; 
- xarakteri bo‘yicha yuqori chastotali, puflovchi, pasayib boruvchi; 
- to‘sh suyagi chap qirrasi bo‘ylab chuqur nafas olgandan keyin, oldinga egilgan 
holda yaxshi eshitiladi. 
Miokardit o‘choqli yoki diffuz bo‘lishi mumkin. 
Miokarditning sub’ektiv belgilari: 
- tez charchash


15 
- yurak sohasida og‘riq, yurak tez urishi; 
- hansirash. 
Ob’ektiv belgilari: 
- II ton susayishi (mushak komponenti yo‘qolishi); 
- yurak cho‘qqisida funktsional xarakterga ega sistolik shovqin (so‘rg‘ich mushaklar 
tonusi pasaygan); 
- ritm va o‘tkazuvchanlik buzilishi (EKGda – taxikardiya, bradikardiya yoki nafas 
aritmiyasi ko‘rinishida sinus-bo‘lmacha tuguni disfunktsiyasi); 

YUrak 
chegaralari 
siljishi 
(asosan 
chapga); 
- yurak etishmovchiligi belgilari). 
Perikardit quruq yoki ekssudativ bo‘lishi mumkin (suyuqlik miqdori kam). Perikard 
ishqalanish shovqini eshitilishi mumkin. 
YUrak revmatik nuqsoni (YURN) revmokardit oqibati sifatida rivojlanadi. 
- mitral etishmovchilik (eng ko‘p hollarda); 
- aortal klapan etishmovchiligi; 
- mitral stenoz; 
- mitral-aortal nuqson. 
YURN maksimal qismi (75%) kasallik boshlangandan keyin 3 yil ichida rivojlanadi.
O‘RI qayta xujumlari odatda yurak klapan patologiyasini og‘irlashtiradi. 
Hozirgi vaqtda YURN rivojlanishi xususiyatlari: 
- sekin sur’atlarda rivojlanadi; 
- o‘rtacha darajada ifodalanganligi
- ko‘p yillar davomida turg‘un kompensatsiya. 
Kichik xoreya
30% hollarda O‘RI tipik belgisi. Odatda xoreya O‘RI boshqa belgilari bilan 
birgalikda keladi (kardit, poliartrit), lekin u 5-7% bemorlarda kasallikning yagona 
belgisi bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha 6-15 yoshdagi qizlarda kuzatiladi. Kasallik asta-
sekin nomuqim kayfiyat, astenizatsiya, yig‘loqilik, jizzakilikdan boshlanadi. 
Keyinroq tana, qo‘l-oyoqlar mushaklari, yuz mimik mushaklari giperkinezlari, 
harakatlar diskoordinatsiyasi, mushak tonusi pasayishi qo‘shiladi. 
Xoreyaning ifodalangan turida – “Bo‘shashgan elkalar” simptomi musbat 
(bemorni qo‘ltig‘idan ko‘targanda boshi elkasiga chuqur tushib ketadi); nafas 
olganda epigastral sohaning chuqur kirib ketishi, mushak gipotoniyasi kuzatilishi 
mumkin. 
Kichik xoreya ko‘pincha vegetativ distoniyaning ko‘p terlash, turg‘un qizil 
dermografizm kabi belgilari bilan birgalikda kuzatilishi mumkin. 


16 
Kichik хoreya (revmatik хoreya) 
Adekvat davo fonida xoreya belgilari 1-2 oydan keyin yo‘qoladi. 

Yüklə 254,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə