Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Ko‘p qavatli sanoat binosining konstruktiv yechimi



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.3-rasm. Ko‘p qavatli sanoat binosining konstruktiv yechimi: 
1-ustunlar oralig‘idagi vertikal peshtoq shakldagi metall bog‘lanish; 2- to‘sin 
(to‘sin, rigel); 3-ustun; 4-devor panelini tayanishi uchun moslashtirilgan tayanch; 5- 
qavatlararo yopma plitasi; 6-kranosti to‘sini; 7-tom to‘sini; 8-tom temir beton yopma 
plitasi; 9-devor paneli; 10-deraza konstruksiyasi; 11-otmostka; 12-temirbeton 
poydevor to‘sini; 13-temir beton quyma poydevor; 14-qum shag‘al asos. 
Bu seriyada ustunlarning qadami 3x6: 4.5x6 m oraliq yopma birlik fazaga 
tushayotgan yuklar 4-12.5KN/m2 ni tashkil etadi. 1981-1984-yillarda sohalararo 
qo‘llanilishga mo‘ljallangan konstruksiyalarning yagona unifikatsiyalangan tizimi 
ishlab chiqildi.Oddiy sharoitlar uchun 1.020.1-1, zilzilali hududlar uchun 1.020.1-2S 
seriyali bo‘lib,ularning yaratishda II-04, IIS-04 seriyalarning ishi chizmalari asos 
qilib olindi. Sanoat binolari karkazlari ko‘ndalang ramalardan, jumladan ustunlar
tomlarning yuk ko‘taruvchi konstuksiyalari balqonlar, jumladan poydevor, 
bog‘lovchi, kranosti to‘sinlari, tomyopma, orayopma, to‘sin osti konstruksiyalaridan 
iborat bo‘ladi. 


74 
2.4-rasm. Ko‘p qavatli sanoat binolari sinchlari 
a) –to‘sinli, to‘sinlar ustunlar tokchalariga ilingan hol (1-variant qavatlar aro 
yopma qovurg‘ali plitalari to‘sin tokchasiga ilingan:) 2-variantda esa bunday plitalar 
to‘sin ustiga (o‘tkazilgan, ilingan): 
Agar yuk ko‘taruvchi tom konstruksiyalari fazoviy bo‘lsa, yani gumbazli, arkali, 
obolochkali (qobiqli) ular bir vaqtning o‘zida ham ko‘ndalang ham bo‘ylama karkaz 
elementlarini tashkil etadi. 
Sanoat 
binolari 
karkazlari 
asosan 
yig‘ma temir beton va po‘lat 
konstruksiyalardan, qisman quyma temir beton, yog‘och va plastmassa 
konstruksiyalaridan tashkil topadi. 
Sanoat binolari karkazlari materiallari ular qabul qiladigan har xil kuchlarning 
tasirini, oraliq va qadam o‘lchamlarini, bino va qavat balandligini, qurilish joyini, 
ishlab chiqarish muhiti parametrlarini, har xil agressiv faktorlarni,chidamlik va 
yong‘in talablarini texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda tanlanadi. 
Ko‘p hollarda yuk ko‘taruvchi karkazlari to‘liq temir betondan yoki po‘latdan, 
kam hollarda aralash materiallardan bo‘lishi mumkin. 


75 
Karkazlarni temir betondan bunyod etganda po‘lat karkazlarga nisbatan 60 foiz 
po‘lat iqtisod qilinadi. 
Karkaz elementlari har xil kuchli va kuchsiz tasirlarga uchraydi. Kuchli tasirlar 
doimiy va vaqtinchalik yuklardan paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham karkaz 
elementlari mustaxkamlik va ustuvorlik talablariga javob berishi shart. 
Ko‘p qavatli sanoat binolarining yuk ko‘taruvchi orayopmalari to‘sinli va 
to‘sinsiz bo‘lishi mumkin. To‘sinli bo‘lganda ustunlarning yelkalariga (konsollariga) 
rigellar mindiriladi va montaj qilinadi. Rigellarning yuqori qismidagi tokchasining 
balandligi standart, orayopma qovurg‘ali plitaning balandligiga mos qilib 400 mm 
qilib chiqariladi. Yuk ko‘taruvchi tom yopma plitalarning balandligi esa, ustun 
qadami 6 m bo‘lganda 300 mm ustun qadami 12 m bo‘lganda esa 450 mm qilib 
olinadi.Tom yopma plitalarning eni esa 1500,3000 metr qilib qabul qilinadi. 
To‘sinsiz orayopmalarda ustunlarning bosh qismi kengroq qilib olinadi 
(kapitel)va ustun usti plitalari o‘rnatiladi. Bu plitalarning maxsus tokchalariga oraliq 
plitalar mindiriladi. 


76 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə