130
2.50- rasm. Arkaning tayanch tugunlari
: a - tugun shayba bilan; b - tugun
baldoq bilan: 1 - arka; 2 - tortqich; 3 - tirgak; 4 - shayba; 5 - ko‘tarish uchun metall
moslama; 6 – sirtmoq.
Yog‘och
fermalar.
Yog‘och
fermalar-to‘sin
turidagi
panjarasimon
konstruksiyalar bo‘lib, ular qurilishda keng qo‘llaniladi.
Fermalar turli bino va
inshootlar uchun asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiya bo‘lib xizmat qiladi. Fermalar
to‘shama va sarrovlar uchun asosiy yuk ko‘taruvchi asos bo‘lib
xizmat qilish bilan
birga, to‘suvchi konstruksiyalar vazifasini ham bajaradi. Osma shiftlarni va yengil
ishlab - chiqarish jihozlarini ularga osish mumkin. Fermalarda metall va yog‘och
materiallaridan samarali foydalaniladi. Fermani siqiluvchi elementlari yog‘ochdan,
cho‘ziluvchi sterjenlari esa metaldan tayyorlanadi.Fermalarning
eng asosiy
kamchiligi, ulardagi tugunlarning ko‘pligidir. Shuning uchun ularni tayyorlash va
yig‘ish murakkabdir. Ferma sterjenli sistema bo‘lgani
uchun uning umumiy
balandligi kattadir. Bu o‘z navbatida inshootning umumiy balandligiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Yog‘och fermalar ikki asosiy - yelimlangan yog‘och va butun yog‘ochli
sinflarga bo‘linadi.
Yelimlangan yog‘och fermalarning oralig‘i 12
30 metrgacha bo‘lishi mumkin.
Fermalar
geometrik
sxemalari
bo‘yicha
segmentli,
ko‘pburchakli,
trapesiyasimon-beshburchakli va uchburchakli turlarga bo‘linadi (2.51-rasm).
Fermalar tayyorlanishi bo‘yicha ham ikki turga bo‘linadi: 1)zavod sharoitida
tayyorlanadigan fermalar (yelimlangan yog‘ochli fermalar); 2)
qurilish maydonini
131
o‘zida tayyorlanadigan fermalar (butun yog‘ochli fermalar).
Amaliyotda yaxlit yoki sterjenli-ferma to‘sin konstruksiyalarini tanlash - asosan
inshootning vazifasiga qarab aniqlanadi. Masalan, kimyoviy agressiv muhit
sharoitida sterjenli to‘sinlarni (fermalarni) qo‘llashga
tavsiya etilmaydi, chunki bu
holda
har xil tuz, kislota ishqorlar uchun ta’sir etish yuzalari kattadir.
Dostları ilə paylaş: