Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 Sanoat binolarining shamollatish va yoritish fonarlarining konstruktiv



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

2.9. Sanoat binolarining shamollatish va yoritish fonarlarining konstruktiv 
yechimlari. 
Ko‘p oraliqli sanoat binolarida deraza o‘rnida ma’lum bir uzoqlikdagi 
maydonlarni yoritish shamollatish uchun bino tom qismida oynalangan derazalar – 
fonarlar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra fonarlar yorug‘lik, aeratsiya va 
aralash turlariga bo‘linadi (2.53-rasm). Ko‘ndalang kesimi ko‘rinishiga qarab fonarlar 
to‘g‘ri uchburchak (2.54-rasm) ,to‘rtburchak(2.55-rasm), trapesiya shaklidagi va “M” 
ko‘rinishidagi, zenit (tikkaga qaratilgan 2.56-rasm) va shedovik (arrasimon) 
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 
2.53-rasm. Yorug‘lik va aeratsiya fonarlarining asosiy profillari

a – to‘g‘ri to‘rtburchakli; b,v – trapesiyasimon; g – uchburchaksimon; d – “M” 
simon; ye – arrasimon (shedoviy); j,k – zenit fonarlari. 


136 
2
.54-rasm.Uchburchakli shamollatish fonarining umumiy ko‘rinishi
 
2.55-rasm.To‘rtburchakli, bir yarusli yorug‘lik -shamollatish fonari 
1-yuk ko‘taruvchi element; 2-ochish mexanizimi; 3-ramali stvol elementi; 4-
yorug‘lik o‘tkazuvchi to‘ldiruvchi; 5-tom qoplamasi; 6-ximoya setkasi. 


137 
2.56-rasm.Zenit fonarlarining tashqi ko‘rinishi 
Ko‘pgina hollarda bino bo‘ylamasi bo‘yicha joylashgan fonarlar ishlatiladi va 
ular bino to‘risiga ikki tomondan 6,0 yoki 12m yetmaydi. Fonarlarning turlarini va 
o‘lchamlarini yorug‘lik faolligi, qurilish joyi iqlimi sharoiti, bino ichki harorat-
namlik rejimi, bino inter’eri va tejamkorlik ko‘rsatkichlariga qarab tanlanadi. 
Unifikatsiya qilingan fonarlar kengligi 6,0 va 12, hamda 18m bo‘lib tavaqasi 
nominal balandligi 1,25: 1,5 va 1,75m qilib qabul qilingan. Yorug‘lik fonarlari 
ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi. Fonar ko‘taruvchi 
konstruksiyalarini po‘lat, temirbeton va yog‘och ramalardan loyihalanadi. Fonarlarni 
ko‘proq po‘lat tavaqali turlari ishlatiladi (2.57-rasm). 


138 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə