Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi


 HISOBOT YOZUVINI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə12/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

9. HISOBOT YOZUVINI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Hisobot yozuvini rasmiylashtirishda foydalanilayotgan uslublar soniga e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi – uslublar ro‘yhati faqat eng zarurlari bo‘lishi shart (qolganlarini berkitish yoki chiqarib tashlash mumkin), bu esa xujjat qismlarini bir tahlilga olib kelishda yordam beradi.


1. Quyidagi o‘lchamlarda xoshiyalar qoldiriladi: chapdan – 30 mm; o‘ngdan10 mm tepadan-20 mm; pastdan – 20 mm.
2. Varaqlarni raqamlash – mufassak, raqam pastki o‘ng burchakka qo‘yiladi. Muqova varog‘iga raqam qo‘yilmaydi.
3. Bo‘lim va bo‘limchalar sarlavhalari qisqa shakllangan bo‘lishi shart.
4. Barcha sarlavhalar ierarhik tarzda raqamlanadi. Sarlavhada nuqta qo‘yilmaydi. “MUNDARIJA”, “KIRISH”, “XULOSA”, “ADABIYOTLAR RO‘YHATI” va “ILOVA” bo‘limlari raqamlanmaydi.
5. Har bir bo‘limni (1-darajali sarlavha) yangi varaqdan boshlash lozim. 1-darajali sarlavhani satr o‘rtasida joylashtirish va yozma harflar bilan terish lozim. 2-darajali sarlavhalar va undan pastlarini abzasi xat boshisidan boshlash va yozma harfda keltirish lozim.
6. Sarlavhalarni atrofidagi matndan oraliq o‘lchamlari pastdan kamida 15 mm, tepadan kamida 30 mm masofada ajiratib qo‘yish kerak. Har qanday sarlavhadan keyin rasm, formula, yoki jadval emas, matn kelishi shart.
7. Barcha rasm va formulalar raqamlanadi. Raqamlash butun matn bo‘yicha yoki mufassal bo‘lishi mumkin, masalan “7 jadval” yoki barcha bo‘limlar bo‘yicha, masalan “2.5-rasm”, bu 2 bo‘limdagi 5 rasmni anglatadi. Rasmga asoslanishda “2.5rasm” deb jadvalga asoslanishda – “7 jadval” deb ko‘rsatiladi. Formula raqami uning o‘ng tomonida aylana qavslar ichida bo‘ladi. Faqat matnda havolalar keltirilgan formulalargina raqamlanadi.
8. Har bir rasm nomga ega bo‘lishi shart. Jadvallar uchun nomlar uncha zarur emas. Rasm yoki jadval nomidan so‘ng nuqta qo‘yilmaydi.
9. Rasm nomi rasmning ostidagi markaz joyiga joylashtiriladi. Jadval nomi jadval ustining o‘ng tomonida joylashadi.
10. Hisobot yozuvining asosiy qismi matnida har bir rasm, jadval va ilovaga havolalar keltirilishi shart.
11. Har bir turdagi matn uchun matn muharririda tegishli uslub (odatiy, har xil darajadigi sarlavhalar, rasmlar va jadvallarga imzolar) yaratib olish va undan foydalanish tavsiya etiladi.
12. “ADABIYOTLAR RO‘YHATI” bo‘limiga, faqat matnni yozishda foydalanilgan manbalargina joylashtiriladi.
13. Adabiy manbalarga havola matnda kvadrat qavslar ichida keltiriladi, masalan: [1,2] yoki [1,3-7].
14. Ilovalar raqamlar yoki harflar bilan indentifikatsiyalanadi, masalan: “ILOVA 1” yoki “ILOVA A”. Keyingi satrda zarur hollarda ilovaning nomi joylashtiriladi, masalan: 1 darajali sarlavha sifatida rasmiylashtiriladigan “DASTUR LISTINGI”.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə