Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi


 FOYDALANUVCHI QO‘LLANMASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə13/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

10. FOYDALANUVCHI QO‘LLANMASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Har qanday tugallangan dasturni eng muhim tuzuvchilaridan biri bu foydalanuvchi qo‘llanmasidir. Dasturning muvaffaqiyati, keng tarqalishi va ommabopligi qo‘llanmaning qay darajada tushunarli va yo‘llamli yozilganligiga bog‘liq bo‘ladi.


Qo‘llanmalarning uchta asosiy turlari mavjud:
1. Qadamma-qadam yo‘riqnoma bilan tavsiflash. Bu kengroq tarqalgan turi bo‘lib, unda foydalanuvchi maqsadlari nuqtai nazaridan dastur turli harakatlarni bajarish bo‘yicha qo‘llanma beriladi: har bir harakat bir nechta oddiy operatsiyalarga bo‘linadi va foydalanuvchiga u qanday tarzda va qaysi ketma-ketlikda harakatlarni bajara olishi mumkinligi haqida ma’lumot taqdim etiladi (o‘rnatilganidek, tavsif tugmalar, panellar, shakllar va x.xk. tasvirlaring katta miqdori bilan birlikda boradi)
2. Boshqa turi, dasturda yo‘l qo‘yiladigan operatsiyalarning nomlarini keltirish va tavsiflab berishga qaratilgan tavsifdir. Bu holatda qo‘llanmaning tuzilishi dasturiy operatsiyalar ierarxiyasi bilan mos tushadi. Ushbu qo‘llanmada, biron bir yetarli darajadagi masalani qay tarzda yechish tavsiflab berilmaydi, masalan ustida foydalanuvchining o‘zi fikr yuritishga qo‘yib beriladi.
3. Va nihoyat, ohirgi tur bu- yangi o‘rganayotganlarga dasturiy maxsulot bilan tanishishda, dastur qanday ishlaydi va interfeys qanday boshqarilishi haqida bilib olishlari uchun yordam beradi.
Foydalanuvchiga qo‘llanma yozishga yondashishda yetarli darajada farqlar bo‘lishiga qaramay, quyidagi majburiy bo‘limlarni tavsiya etish mumkin:
4. “Dastur haqida” – dastur tavsifi, maqsadlari va asosiy imkoniyatlari.
5. “Tizim talablari” – dasturning ishga tushirilishi va o‘z vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur bo‘lgan apparat va dasturiy vositalar va ularning tavsifnomalari ro‘yhati.
6. “Interfeys” – dastur interfeysini tavsiflash, boshqaruvning asosiy elementlari tavsifi. Grafikli interfreys mavjudligida, foydalanuvchi interfreysini illyustrasiyalovchi skrinshotlarni keltirish zarur.
7. “Mahsulotni ishga tushirish” dasturni ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan harakatlar tavsiloti.
8. “Mahsulot bilan ishlash” – dasturdgi asosiy harakatlar (qollanmani yozish uchun tanlangan yondashuvga binoan) tushuntirishlar va skrinshot-misollari bilan qadamma-qadam tavsiflash.
9. “Ilova”. Majburiy bo‘lmagan bo‘lim, zarur bo‘lgan xollarda qo‘shiladi va yuqoridagi bo‘limlarga kiritilmagan har qanday ma’lumotni o‘z ichiga olishi mumkin, masalan: glossariy.
Shuni hisobga olish zarurki, foydalanuvchi uchun qo‘llanma, kompyuterda ishlashni yaxshi bilmaydigan va axborot texnologiyalari tushunchalarining bilan tanish bo‘lmagan odamlar uchun bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun ham foydalanuchi uchun qo‘llanmani tushunarli tilda va imkoni boricha spesifik atamalari va qisqartirishlarni (abreviatura) kamroq ishlatilgan ravishda yozish lozim bo‘ladi. Huddi shu kabi noadabiy (jargon) leksikadan foydalanishga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Gaplarning tuzilishi iloji boricha sodda va murakkab nutq aylanmalari bilan to‘ldirib yuborilmagan bo‘lishi shart.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə