Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə8/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

Dastur, noto‘g‘ri ma’lumotlarni to‘g‘ri ma’lumotlar sifatida qabul qilib, noto‘g‘ri lekin haqiqatnamo natijalarni bergan vaqtda eng yomon vaziyat yuzaga keladi. Dastur to‘g‘ri ishlov bera olmaydigan har qanday ma’lumotlarni o‘zi rad etishi shart.
Foydalanuvchi sizning dasturingiz bilan ishlayotgan vaqtida yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan va uning uchun nohush bo‘lgan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar turlarini tassavur qilib ko‘rish lozim. Shuni unutmaslik kerakki, foydalanuvchining fikr yuritish usuli dasturchining fikr yuritish usulidan farq qiladi. Agar shu yodda tutilsa, unda quyidagi xatoliklarni nazarda tutish lozim: zarur faylning mavjud emasligi, ma’lumotlarning noto‘g‘ri shakli va x.kz. yetarli darajada uzun va u xuddi shu paytning o‘zida ilova nima qilayotganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu bosqichning asosiy ma’nosi, dastur maxsuloti hosil bo‘lgan shu ko‘rinishda, spesifikatsiyalashni kelishib olish jarayonida o‘rnatilgan talablarga qay darajada javob bera olishini tekshirib ko‘rishdan iborat bo‘ladi. Har bir vazifa (funksiya) yoki sinf uslubi spesifikatsiyalash bosqichida ular uchun aniqlangan talablarga mos bo‘lishi shart.
Testdan o‘tkazish rejasini ishlab chiqish – quyida keltirilgan qadamlardan iboratdir:
1. Alohida uslublar ishi va ularning jamlangan ishini tekshirish imkonini beruvchi harakatlar ketma-ketligini aniqlash;
2. Ular uchun test natijalari ma’lum bo‘lgan kirish ma’lumotlarini tayyorlash;
3. Test ma’lumotlarining joylashgan joyini aniqlash.
Testdan o‘tkazish ishlarini bajarish algoritmini ishlab chiqish yuqorida tuzilgan test o‘tkazish rejasiga binoan bajariladi.
Xulosa: nazariy xulosa va amaliy bob ma’lumotlari asosida tadqiqot mavzusi bo‘yicha umumiy xulosalar qilinadi, olib borilgan ishlarga yakun yasaladi.
Vazifalar qanday yechim topganligi, ishning asosiy natijalarini keltirish, tadqiqotlar natijalaridan amalda foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi haqida o‘zining aqliy xulosalarini keltirib ko‘rsatish zarur. Xulosalar ish mazmuniga mos kelishi, qisqacha, tushunarli, aniq va mantiqli shakllangan bo‘lishi shart. Xulosalarda, shuningdek tadqiqotning kelgusidagi yollari va istiqboli, olib borilgan o‘quv-tadqiqot ishining natijalaridan foydalanish imkoniyatlari ham belgilab o‘tiladi.
Bibliografiya: kurs ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar, maqolalar, hujjatlar va elektron resurslar nomlari ro‘yhatidan tashkil topadi va matnda asos qilib olingan va izohlab berilgan adabiyotlarni o‘z ichiga oladi.
Ilovalar: o‘tkazilgan tadqiqotni to‘laligicha tavsiflab berish uchun bayon etilishi zarur bo‘lgan, lekin kurs ishining asosiy matnining qilinishini qiyinlashtirishi, qiyin o‘qiladigan qilinishi mumkin bo‘lgan yordamchi yoki qo‘shimcha materiallar joylashtiriladi. Ilovaga me’yoriy faktlar, dasturiy vositalarga bo‘lgan talablarga, ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari kodlari, rasmlar, fotosuratlar, namoyish etiladigan materiallar va x.kz. olib chiqilishi lozim bo‘ladi.

5. KURS ISHI MAVZULARINING NAMUNAVIY RO‘YHATI


Ushbu mavzular ro‘yhati tavsiya harakterga ega.


Talaba o‘zining shaxsiy mavzusini taklif etishi mumkin, lekin uni albatta o‘qituvchi bilan maslahatlashgan holda tanlashi mumkin.
1. Biznes g‘oyalarini taqdim etish ilovasi.
2. Tasvir qiyofasini va simvollarni tanish dastirini ishlab chiqish.
3. Harbiy samalyotlarning 3D o‘yinlari.
4. Video tasvirlarni uzatish tizimi.
5. E-mail intellektual marketing tizimini ishlab chiqish.
6. O‘quv mul’timedia qayta ishlovini yaratish.
7. Axborot boshqaruv tizimini yaratish.
8. Yuz qiyofasini tanish dasturini yaratish
9. Electron mul’timedia kitoblarini yaratish.
10. Beysbol 3D onlayn o‘yinlarini yaratish.
11. MP3 musiqasini va ovozli chatni ulash dasturini ishlab ish jarayoniga tadbiq etish.
12. Loyihalar boshqaruvi tizimini ishlab chiqish.
13. 3D onlayn o‘yinlarini yaratish.
14. Universitetning darslar jadvalini avtomatlashtiruvchi tizim ishlab chiqish.
15. “O‘qituvchi” axborot tizimini ishlab chiqish.
16. Korhona resurslarini rejalashtirishning integrallashtirilgan tizimi.
17. Marketingni qo‘ldan-qo‘lga oshiruvchi avtomatlashtirilgan tizimi.
18. Islom Karimov noimidagi muzey 3D modelini yaratish.
19. Maktab idoralarining boshqaruv tizimi web saytini yaratish.
20. Sinf shablonidan foydalangan holda, chegaralangan o‘lchamning universal navbati bilan ishlashni amalga oshiruvchi, C++ tilida konsol ilovalarni ishlab chiqish.
21. Dekanat avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
22. Universitetning tizimi.
23. Kafedra avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
24. Kadrlar bo‘limi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
25. Pochta avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
26. Avia chiptalar sotuvi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
27. Apteka avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
28. Kasalxona qabulxonasi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
29. Tibbiy tashxis avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
30. Ma’naviyat asoslari avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
31. Toshkent shahrining istirohat bog‘lari avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
32. Kinoteatr avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
33. Toshkent shahar metrosi stansiyalari 3D modeli
34. O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari veb sayti
35. Toshkent shahar supermarketlari avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
36. O‘rta maktablar veb sayti.
37. Toshkent shahar kartasi veb sayti
38. Toshkent shahar muzeylari haqida viderolok.
39. Toshken shahar bozorlari to‘g‘risida videorolik.
40. O‘zbekistonning atoqli olimlari haqida WEB sayt.
41. Dasturiy muhitning internet ta’minoti.
42. “Dasturlash asoslari” fani elektron o‘quv qo‘llanmasi
43. Avtomobil raqamlarini avtomatik ajratib olish dasturini yaratish.
44. Vagon nomerlarini avtomatik ajratib olish dasturini yaratish..
45. Videoda xarakatdagi ob’ektlarni aniqlash dasturini yaratish.
46. OpenCV vositasi yordamida tasvirdagi matnlarni tanib olish.
47. OpenCV vositasi yordamida avtomobil nomerlarini tanib olish.
48. OpenCVda video tasvirlar bilan ishlash.
49. 3D tasvirlar bilan ishlash dasturini yaratish.
50. Raqamli tasvirlar uchun Fur’e almashtirishini qo‘llash.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə