Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi


Texnikaviy va dasturiy vositalar tahlili



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə7/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

Texnikaviy va dasturiy vositalar tahlili. ShK-texnikaviy vosita. Nima uchun Excel yoki boshqa (…OYD va vizual … imkoniyatlari) emas, C++Builder, 3D MAX, Adobe Primiere Pro, Adobe After Effects tanlab olinganligini tushuntirib bering.
Matematik modelni ishlab chiqish. Matematik model so‘zi ostida ob’yektning jiddiy xususiyatlarini aks ettiruvchi matematik nisbiylik tizimi – formulalar, tenglamalar, tengsizliklar va x.kz tushuniladi. Matematik modellash uslubi ob’yektni olib borish tadqiqot yoki uning xususiyatlarini matematik vazifalarga olib keladi. Formulalarni yozib chiqarish lozim bo‘ladi, masalan, yig‘indilarni chiqarish …belgilardan foydalangan ravishda.
Bunda quydagi harakatlar sxemasidan foydalanish ham mumkin.
1. Matematik model asoslanadigan takliflarni ajiratish masalan, tanlangan mavzu haqidagi ma’lumot tuzilishi (struktura) ma’lumotlarida jamlangan bo‘linishini (yoki faylda, yoki jadval ichida, yoki …) taklif etish;
2. Birlamchi ma’lumotlar va natijalarni belgilash;

  1. . Birlamchi ma’lumotlar va natijalarni bog‘lovchi nisbiyliklarni yozish. Vazifaning yechimi uchun ma’lumotlarga ishlov berishning (yechimiga yondashish tavsifi bilan) qaysi uslubi talab etiladi?

Chiqarilgan bog‘liq va formulalar umumiy holatda tenglamalarda, chiziqli, integral, matritsali, tabaqalashtirilgan (differensiyalashtirilgan) va x.kz. boshqaruv tizimlarida taqdim etilishi mumkin. Ushbu pog‘onada yechimni topish uchun noformal algoritm ham tuziladi (uzunligidan olingan yasama hosila va tenglama yechimi: yasama hosila 0ga teng).
Matematik modellarni qurishda, ma’lumotlar orqali matlub bo‘lgan o‘lchamlarni yaqqol ko‘rsatadigan formulalarni topishga har doim ham erishib bo‘lavyermaydi. Bunday vaziyatlarda u yoki bu darajadagi aniq javoblarni berishga imkon yaratuvchi matematik usullardan foydaliniladi.
Ilovaga bo‘lgan talablarni ishlab chiqish. Masalan, foydalanuvchi dastlabki qiymatlarni qo‘l bilan kiritish imkoniyatlarga ega bo‘lishi, ma’lumotlarni faylda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishi, takroran foydalanish uchun ma’lumotlar faylini shakillantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi, fayldan kerakli ma’lumotlarni ajratish; taklif etilayotgan xizmat turlaridan tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidlash lozim (masalan: mavzular majmuasi, topshiriqlar majmuasi, masala yechish va talablarga ko‘ra x.kz); tanlangan turga binoan zarur bo‘lgan ma’lumotni aks ettirish …; va shuningdek foydalanuvchilik mantiqiga binoan bu ma’lumotlarni birlashtirish (bularning barchasi qo‘yilgan vazifadan kelib chiqqan holda).
Odatda nazariy bo‘ladigan – Birinchi bobda ilmiy va uslubiy adabiyot tahlili beriladi. Bu yerda kurs ishi nazariy qismini batafsil tadqiqotini o‘tkazish taklif etiladi.
O‘rganilayotgan masala va tushunchalarning asosiy mazmuni va asl mohiyatini navbatma-navbat va mantiqan ko‘rib chiqish, turli mualliflar fikrlari va aqliy xulosalarini bayon etish zarur. Ishni yozilishida foydalaniladigan materiallarni, adabiyot manbalarini dalil qilib ko‘rsatish zarurligi haqida unutish mumkin emas.
Birinchi bob, talaba tayyorgarligini umumiy ilmiy-uslubiy darajasini, uning adabiyotlarni tanlab va uni o‘rganishga qodirligini, bilimlarini tizimlashtira olishini, umumlashtirish va muammo yechimining mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini aniqlay olishini namoyish etadi. Bo‘limni mazmuni tadqiqotining alohida aspektlariga bag‘ishlangan bo‘lishi shart.
Odatda amaliy bo‘ladigan - Ikkinchi bobda - qo‘yilgan muammo yechimini tavsiflash va aniq yondashishini asoslab berish lozimdir. Kurs ishi uchun berilgan vazifadagi muammo sifatida talabaga amaliy vazifani bajarish - dastur tuzish taklif etiladi.
Ikkinchi bobning “Foydalanuvchiga qo‘llanma” (Ishni bajarish bosqichlari) bo‘limida tegishli skrinshotlar bilan foydalanilgan maxsulot(dastur) ishining to‘liq tavsifi keltiriladi.
Ikkinchi bobning “Dasturchiga qo‘llanma” bo‘limining tavsifi modul va ma’lumot bazasini tavsiflashni o‘z ichiga oladi.
Dasturni testdan o‘tkazish
Yaratilgan dasturiy mahsulotni testdan o‘tkazish ishini avvalo test rejasini ishlab chiqishdan boshlash lozim. Bunda, butun testdan o‘tkazish jarayonini uch bosqichga bo‘lish mumkinligini unutmaslik kerak.

  • Oddiy sharoitlarda tekshirish. Maxsulot (dastur)ning real sharoitlarda o‘z ishini bajarib turishi uchun o‘ziga xos bo‘lgan ma’lumotlar asosida testdan o‘tkazishni ko‘zlaydi.

  • Ekstremal sharoitlarda tekshirish. Test ma’lumotlari o‘z ichiga dastur tomonidan tog‘ri ma’lumotlar sifatida qabul qilinadigan, sohaning chegaraviy qiymati.

  • Istisno holatlarida tekshirish. Yo‘l qo‘yiladigan o‘zgarishlar chegarasidan tashqarida yotuvchi ma’lumotlardan foydalanilgan ravishda o‘tkaziladi.

Ma’lumki, barcha dasturlar biron bir chegaralangan ma’lumotlar to‘plamiga ishlov berishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Shuning uchun quyidagi savollarga javob olish juda muhimdir.

  • O‘zgaruvchi qiymati manfiy va nol bo‘lishi hisobiga olinmagan holda nima sodir bo‘ladi?

  • Agar, elementlari soni e’londa ko‘rsatilgan kattalikdan ziyod bo‘lsa, massivlar bilan ishlaydigan dastur o‘zini qanday tutadi?

  • Agar, raqamlar juda kichik va juda katta bo‘lsa, nima sodir bo‘ladi?


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə