Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi


Kurs ishining maqsadi va topshiriqlari (vazifalari)



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə5/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

Kurs ishining maqsadi va topshiriqlari (vazifalari)
Ushbu bo‘lim quyidagilardan tashkil topishi mumkin:

  •  Topshiriq shartlarini shakillantirish;

  • Topshiriq haqida ma’lumot to‘plash va jismoniy ob’yektni ajratish;

  • Topshiriqni hal etishning pirovard maqsadlarini aniqlash;

  • Ma’lumotlar tavsifi (ularning turlari, diapazonlari, tarkibi va x.kz)

Topshiriq shartlarini shakillantirish. Ishning kechishini ta’minlash va ishning bajarishning elementlariga mantiqiy asosiga misol sifatida ko‘rib chiqish uchun quyidagi vaziyatlardan biri tanlanishi mumkin:
Elektron o‘quv qo‘llanma- an’anaviy qog‘oz ko‘rinishidagi darslik o‘rnini bosuvchi, o‘quv jarayonida qo‘llanuvchi dasturiy ta’minot yoki maxsus qurilma. Mazkur vaqtda elektron o‘quv qo‘llanma sifatida o‘quvchilarga matndan tashqari, multimedia materialni taqdim etib, o‘z ichiga bilimlarni tekshiruvchi interaktiv bloklarni oluvchi,markazlashgan manbadan yangilanuvchi electron qurilmadagi murakkab dasturlar kompleksi tushuniladi.Elektron o‘quv qo‘llanmada, ma’ruza matnlari, laboratoriya ishi tavsifi, laboratoriya ishi topshiriqlari, testlar mavjud. Foydalanuvchi talablari bo‘yicha fanda ko‘zda tutilgan mavzularni o‘rganish imkoniyatini yaratadigan ilova ishlab chiqish (axborot tizimini) kiritish, tuzatish va axborot bazasidagi yozuvlarni monitorda aks etishini nazarda tutish zarur.
3D-modellashtirish o‘zida maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minotdan foydalanib, 3D-modelni (yoki uch o‘lchovli obyekt ko‘rinishidagi karkas model) ishlab chiqish tartibini ifodalaydi. Uch o‘lchovli model chiziqlar va egri sirtlar bilan o‘zaro bog‘langan ko‘pgina nuqtalar yordamida yaratiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish qo‘llaniladigan sohalar doimo kengayib bormoqda. U quyidagi: o‘yinlar, ya’ni realistik personajlarning modellashtirilishi amalga oshirilishi; tibbiyot — inson tanasi organlarining alohida modellarining yaratilishi; muhandislik — transport vositalari, yangi qurilma va inshootlar modeli ishlab chiqilishi; kinomatografiya — turlicha maxsus effektlar va xayoliy personajlar yaratilishi kabi sohalarni qamrab olmoqda. Shuningdek, reklama sohasida ham 3D-modellashtirishdan yetarlicha foydalanib kelinmoqda.
Videoroliklarni tashkil etish bosqichlarini shartli ravishda uch guruhga ajratiladi: pre-prodakshn, prodakshn va post-prodakshn. Videorolikning ko‘rinishi, maqsadi va murakkabligiga ko‘ra ba’zi bosqichlar bajarilmasligi yoki soddalashtirilishi mumkin. Prodakshn bosqichida bevosita s’yomka(suratga olish) bajarilsa, post-prodakshnda montaj, ovozlashtirish, maxsus effektlar bilan ta’milash kabi harakatlar bajariladi.
Topshiriq b’yicha ma’lumot to‘plash. Ishlab chiquvchi qanday ma’lumotlar bilan ishlashni aniqlashtirib olish lozim. Chunki, topshiriqda gap tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotlar majmuasi haqida bormoqda, qanday ma’lumot tayorlash lozimligini aniqlab olish, foydalanuvchini ajiratib olish va uning o‘ziga xos tomonlarini aniqlab olishi kerak.
Topshiriqni hal etishning pirovard maqsadlarini aniqlash. Topshiriq shartlariga ko‘ra, ishlab chiqarilayotgan maxsulot(dastur) foydalanuvchi uchun (electron o‘quv qo‘llanma yaratilayotgan bo‘lsa) fan mavzulari haqidagi ma’lumotni saqlashni va undan o‘zining talabi bo‘yicha kerak bo‘lgan ma’lumotni shakillantirib olishini taqdim eta olishi shart. Bu talablar quydagicha bo‘lishi mumkin: shu nom ostidagi mavzular tavsifnomalari bilan ro‘yhatga ega bo‘lishi (qanaqa?), topshiriqlar ro‘yhati…..

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə