Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə20/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

Ishning tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
I bob. Ta’lim jarayonida elektron AXBOROT TA’LIM RESURSlardan foydalanishning nazariy asoslari

Pedagogika fani tarixida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va o‘zgarishi ijtimoiy - iqtisodiy shart - sharoitlarning o‘zgarishlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u asosan o‘qitishdagi individuallik, plyuralizm (variativlikda), ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining erkinligi, ta’lim berishning - o‘qitishning shakli, uslubi va usullarida namoyon bo‘ladi. Daslabki ta’lim tizimining shakllanishi ajdodlarimizning munozara yuritish va isbotlash imkoniyati bilan uzviy bog‘liqdir. Biroq vaqt o‘tishi bilan tarixiy rivojlanish jarayonida buyuk ensiklopedist - olimlarning mutaxassislar tayyorlashni individuallashtirish haqidagi g‘oyalari va qarashlarining yetarlicha qat’iy tizimini o‘zida aks ettiruvchi ilmiy meroslari e’tibordan chetda qoldirildi. O‘quv - tarbiya amaliyoti ommaviy tus kasb etib, ta’limga individual yondoshuvlar, uning variativligiga e’tibor berilmay qo‘yildi, o‘quvchilarning ijodiy tashabbuslari va shaxsiy qiziqishlari, ularning o‘ziga xos (individual) qobiliyati e’tiborga olinmay kelindi va «kitob - frontal» pedagogik modeli o‘z tasdig‘ini topishi natijasida ko‘p yillar davomida o‘qitish tizimida individual-variativ yondoshuvga e’tibor susaydi. Bu esa pedagogika fanida barqaror (sereotip) turg‘un qarashlar shakllanishiga olib keldi.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga tatbiq etishning hozirgi mazmun bosqichida ta’lim muasassalari kurschilarining shaxsiy, kasbiy xususiyatlarida sifat(iy) va miqdoriy yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymasdan turib, o‘qitish-ta’lim berish jarayonini qanday qilib eng maqbul tarzda tashkil etish mumkin degan masala keskin qo‘yilmoqda.
Fikrimizcha bular:
− o‘qitishning uslub va usullarini individuallashtirish va intellektuallashtirish;
− ijodiy qabul qilish va o‘quv - uslubiy materialning reproduksiyasi;
− qo‘llaniladigan didaktik vositalarning muloqotbopligi, kommunikativligi va faolligi;

  • ta’lim oluvchilarning bilish qobiliyatini yuksak darajada shakllantirish;

innovatsion (ta’lim berishning yangi uslublarini) texnologiyalarni ta’lim - tarbiya jarayoniga tatbiq etishdir.
Ta’lim jarayonida variativ asosda o‘qitishning individual shaklini rivojlantirishga keng imkon beruvchi axborot - kommunikatsion texnologiyalardan foydalanilganda ushbu talablarni bajarish mumkin bo‘ladi.
Hozirgi zamon axborot va telekommunikasiya vositalar ta’lim oluvchilarga o‘rganiladigan har bir o‘quv predmetini murakkablik darajasiga ko‘ra tanlashga, shuningdek, ularni o‘zlarining qiziqishi va o‘quv rejalariga muvofiq holda ijodiy o‘rganishga imkon beradi. Individual o‘qishni rejalashtirish, attestatsiya, akademik safarbarlik tizimini ushbu jarayonning asosi sifatida talqin etish mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlashning shaxsiy-faoliyat konsepsiyasi ta’lim muassasalari ta’lim jarayonini noyob, individual-ijodiy shaxsni shakllantirish jarayoni sifatida qarashga, shuningdek, o‘qitishni nafaqat o‘qitiladigan fan mantiqiga, balki shaxsning rivojlanishi mantiqiga muvofiq holda tashkil etishga imkon beradi.
Bayon etilganlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, ta’lim islohotining hozirgi bosqichida ta’lim - tarbiya jarayonida olinadigan nazariy bilimlarni mustahkamlash, uni hayot va ishlab chiqarish bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi didaktik vosita - ya’ni elektron o‘quv manbalarni ta’lim jaryoniga olib kirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ulardan foydalanish ta’limni intensivlashtirish va individuallashtirish borasida qo‘yilgan eng muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur sharoitda o‘qituvchi bilimlarni tushuntirib beruvchi sifatida emas, balki bilish jarayonini muvofiqlashtiruvchi sifatida ob’ektiv faoliyat ko‘rsatadi. Bunda uning vazifasi doirasiga o‘rganiladigan kursni - fanni ta’lim oluvchilar yoki zamon talablariga asosan o‘zgartirib borish, ta’limning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilarga maslahatlar berish va boshqalar kiradi. Milliy axborot resurslari sifatida kundalik ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan darslikdan tortib so‘rovnoma, me’yoriy huquqiy qonun hujjatlari to‘plamlari, internet resurslari va barcha axborot manbalarini qarab chiqish mumkin. Lekin yangi ta’lim paradigmasiga asoslanadigan bo‘lsak ta’lim muassasalari tizimida bu resursning asosiy tashkil etuvchisi ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan elektron manbalar sifatida qarash mumkin.




    1. Yüklə 2,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə