Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalar fakulteti «audiovizual texnologiyalar» kafedrasi


Elektron axborot ta’lim resursi tashkiliy elementlarining tavsifi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə22/33
tarix29.06.2022
ölçüsü2,04 Mb.
#90218
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnolo (1)

Elektron axborot ta’lim resursi tashkiliy elementlarining tavsifi

Ijodkorlik (kreativ - mualliflik) muhit. Taklif etilayotgan elektron axborot ta’lim resursi ta’lim oluvchilarga o‘rganilayotgan ob’ekt ustida ijodiy izlanish olib borishga, uni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi o‘zaro bog‘liqliklarni tizimli o‘rganishga yordam beradi. Mazkur muhit ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga individual tarzda zarur holatlarda va jamoa bo‘lib ishlash imkoniyatini yaratadi.


Elektron axborot ta’lim resursi o‘quv jarayoniga moslashuvchan bo‘ladi. Passiv holatda bu qo‘shimcha o‘quv materiali hajmining ko‘pligida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga resurs taklif etayotgan materialni ko‘chirish, uni qayta ishlash, olingan material bazasida yangi o‘quv materialini tayyorlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Elektron axborot ta’lim resursining asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar:
1. Fan bo‘yicha ma’ruza matni yoki nazariy materiallar to‘plami. Joriy etilgan yoki amaldagi darslikning elektron nusxasi. 
2. Mashq va masalalar to‘plami. Ta’lim berishda qo‘yilgan birlamchi talablarni bajarish uchun mashq va masalalar to‘plami. Masalalar to‘plami elektron variantda faqat sidirg‘a matn ko‘rinishida emas, balki uni yechish uchun tuzilgan maxsus amaliy dasturlar ko‘rinishida bo‘lishi zarur. Asosiy mezon sifatida nazariy jihatdan yoritilgan o‘quv materiallar bilan bevosita bog‘liq masala yechimi yoki tahlili qaraladi.
3. Didaktik materiallar, fan bo‘yicha taklif etilayotgan resurs mazmunini namoyish etuvchi plakatlar, ko‘rgazma qurollari va fanni o‘rganish uchun yaratilgan chiziqli animatsion roliklar.
4. Dars mavzusini to‘ldiruvchi qo‘shimcha materiallar. Mazkur menyuda darslik mazmunini to‘ldiruvchi interaktiv animatsion dasturlar, rasmlar kompozitsiyasi, matn ko‘rinishdagi qo‘shimcha materiallar joylashtiriladi.
5. Media fayllar. Audio, video materiallar. Mazkur blok dars mavzusini yorituvchi .mp3 formatidagi audiorolik, .swf yoki .avi formatidagi videoroliklar.
6. So‘rovnoma. Mazkur blokda fanni o‘rganish uchun terminologik lug‘at joylashtiriladi.
Shuningdek, fanni to‘ldiruvchi, o‘rganiladigan kurs doirasidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni aks ettiruvchi ensiklopedik materiallar joylashtiriladi. Resursning asosiy tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich holatda ensiklopediya ta’lim standartlari tomonidan talab etilgan axborot hajmidan ko‘proq axborot berish imkoniyatini beradi.
7. Fotogalereya, dars mavzusini to‘ldiruvchi foto yoki fotokompozitsiyalar.
8. Test. Darslikda berilgan mavzular kesimida test WEB formatda yaratiladi. Mavzuni o‘rganish tugashi bilan bilimlarni sinab ko‘rish imkoniyati mavjud. Tashqi ko‘rinishidan elektron nazorat dasturining eng sodda va birlamchi varianti. Bundan tashqari o‘rganilgan kurs materialini o‘zlashtirish darajasini tahlil etish uchun savollar ombori bilan ishlash, to‘g‘ri - noto‘g‘ri javoblar tahlilini qila oladigan, ya’ni mavzuni o‘zlashtirishdagi muammolarni aniqlash imkoniyati realizatsiya qilingan test dasturi ham resurs bazasiga kiritiladi.
Resurs bazasida realizatsiya qilingan barcha bloklardagi axborotlarni tahrirlash, ya’ni almashtirish yoki ustida qayta ishlash imkoniyatini beruvchi “redaktor - muharrrir” dastur ishlatiladi.
Elektron axborot ta’lim resurslari yoki elektron o‘quv qo‘llanma o‘ziga xos ko‘rinishdagi «tashqi ko‘rinishga - interfeysga» ega bo‘ladi. O‘z navbatida interfeysga qo‘yiladigan asosiy talab uning intuitivligi hisoblanadi. Interfeysning boshqaruv elementlari foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishi, uni matn yoki zarur mazmun bilan ishlashdan chalg‘itmasligi, kitobni sahifalash uchun qo‘llaniladigan boshqaruv elementlari esa uning har bir sahifasida bo‘lishi zarur.
Haqiqatda elektron axborot ta’lim resurslarlarning turi ko‘p bo‘lishiga qaramasdan uning asosini gipermatnlar tashkil etadi. Hozirda eng ko‘p qo‘llaniladigan elektron axborot ta’lim resurslarlar gipermatn ko‘rinishidagi resurslar hisoblanadi. Amaliyotda qo‘llanilayotgan Elektron axborot ta’lim resurslarning aksariyati WEB resurslaridir. WEB shaklidagi elektron axborot ta’lim resurslardan lokal, global tarmoqlarda va kompakt disk ko‘rinishidagi tashuvchilarda ham foydalanish mumkin.
Elektron axborot - ta’lim resurslariga qo‘yiladigan talablar:
Multimediali elektron (raqamli) axborot - ta’lim resursi – o‘quv darslik materialini to‘ldiruvchi elektron axborot - ta’lim resursidir va uning o‘quv materiali ma’lumot berishning turli vositalari – matn, grafika, tovush, videolavhalarni o‘z ichiga oladi. Multimedia elektron axborot - ta’lim resursiga ma’lum o‘quv fani mavzusi (masalan, kirish, fizika, kimyodan laboratoriya ishi namoyishi, o‘simliklarning o‘sish jarayoni va h.k.)ga doir videolavhalar misol bo‘lishi mumkin.
Elektron axborot - ta’lim resurslariga qo‘yilgan talablar quyidagi tarkibiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi:
1. Pedagogik talablar.
1.1. Didaktik talablar;
1.2. Uslubiy talablar.
2. Funksional talablar.
3. Psixofiziologik talablar.
4. Ergonomik talablar.
5. Dizayn talablari.
6. Texnik talablar.
7. Tuzilishga qo‘yilgan talablar:
7.1. Elektron darslik tuzilishi;
7.2. Multimedia elektron axborot - ta’lim resursi tuzilishi;
8. Elektron axborot - ta’lim resurslari mazmuni (tarkibi)ga qo‘yiladigan minimal talablar.
1. Pedagogik talablar:
1.1. Didaktik talablar:
Yaratilayotgan elektron axborot - ta’lim resursi (EATR):
− amaldagi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga to‘la muvofiq bo‘lishi kerak;
– ta’lim oluvchiga qiziqarli va ilmning jamiyatdagi rivojlanish darajasiga mos ilmiylikka ega bo‘lishi;
– ta’lim berish jarayonida bilimni o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun, fan - texnika va texnologiyalar erishgan yutuqlardan maksimal foydalanish;
– berilishi zarur bo‘lgan o‘quv materialining hajmi o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasida bo‘lishi;
– tavsiya etiladigan sinfdagi o‘quvchilar uchun, taqdim etiladigan o‘quv materialini berish intensivligini o‘zgartirish imkoniyatini ta’minlash;
– iqtidorli ta’lim oluvchilar uchun EATR fani doirasida maxsus qo‘shimcha bloklar taqdim etish (olimpiada masalalari, nobel mukofotlariga taqdim etilgan tematikalar va h.k.)
foydalanuvchi uchun qulay, sodda, aniq, intuitiv va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi;
− o‘rganiladigan o‘quv materialini ta’lim oluvchi (o‘quvchi) osonroq o‘zlashtirilishi uchun imkoniyat doirasida ovoz, animatsiya, rasm va shu kabi media fayllar bilan boyitilgan bo‘lishi;
− ta’lim oluvchining bilim darajasiga moslashuvchan, uning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq holda ishlaydigan, uning hissiy va jismoniy imkoniyatlarini ham hisobga olishi;
– murakkab hisob - kitoblarni amalga oshirish, olinadigan natijalarni tahlil qilish, natijalarni grafik interpretatsiya orqali namoyish etish, o‘rganiladigan fan mazmuniga ko‘proq e’tibor berish, masala va misollar yechish uchun sharoit yaratilishi;
− o‘rganuvchining e’tiborini chalg‘ituvchi ortiqcha elementlar bo‘lmasligi kerak;
− o‘rganuvchining bilim, qobiliyat va psixologik xususiyatlari darajasini o‘quv jarayoniga muvofiqligini ta’minlanishi;
− o‘rganiladigan fan bo‘yicha istalgan bosqichda o‘z-o‘zini nazorat qilishga imkoniyat yaratish;
− o‘rganiladigan fan bo‘yicha tayyorlanadigan materiallarni istalgan tashuvchiga o‘tkazish va disk yordamida taqdim etish imkoniyatini yaratish;
− fanni o‘rganishda imkoniyat doirasida kalit so‘zlar, qo‘shimcha adabiyotlar, giperko‘rsatmalar va yordamchi funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining bo‘lishi;
− tavsiya etiladigan sinfdagi o‘quvchilarning barcha psixofiziologik va etnogenetik xususiyatlarni hisobga olinishi shart.
1.2. Uslubiy talablar:
Katta hajmdagi o‘quv materialini o‘zlashtirish va qayta ishlash imkoniyatini berish, olingan natijalarni tahlil qilish uchun grafik interpretatsiyalardan foydalanish;
− ta’lim beruvchiga darsni mustaqil dars ko‘rinishda o‘tkazishga sharoit yaratish, bu holatda ta’lim beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etishini ta’minlash;
− ta’lim oluvchiga mustaqil o‘rganish, zarur holatlarda misol, masala, laboratoriya ishlari va topshiriqlarni mustaqil bajarishga sharoit yaratish;
− darslarga tayyorgarlikni o‘qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat yaratishi (slayd, matn, videomaterial va h.k. tayyorlash imkoniyatini berish);
− o‘rganiladigan o‘quv materialini sistemali, mantiqiy ketma - ketligini, modulliligini va ular orasida uzviy bog‘liklikni ta’minlashi;
− o‘qituvchiga ta’lim oluvchilar o‘zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan) nazorat dasturlari yordamida nazorat tashkil qilish imkoniyatini berish zarur.
Test sinovi yoki ta’lim jarayoni sifatini aniqlash
Yaratilayotgan EATRda ta’lim oluvchi bilishi shart bo‘lgan, ya’ni o‘tiladigan dars mazmunidan kelib chiqqan holda, har bir mavzuga bittadan to beshtagacha javob berish imkoniyatini beradigan testlarni yoki nazorat turlari kiritilgan bo‘lishi kerak.
Testlar yoki nazorat turlariga qo‘yiladigan talablar:
– savollar bazasini aralashtirish orqali ularning qaytarilmasligini ta’minlash;
– savollarni mavzular kesimida guruhlashtirish;
– nazorat o‘tkaziladigan mavzular kesimida savollar sonini cheklamaslik;
– savollar va javoblarga o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradigan redaktorlar bilan ta’minlash;
− sinov natijalarini qayta ishlash imkoniyatini yaratish;
– OLE - ob’ektlardan foydalanish orqali bevosita savollarda rasm, grafik ob’ekt va animatsiyalardan foydalanish;
– savol va javoblarni bazalardan import va zarur formatlarga eksport qilish imkoniyatlarini berishi zarur.




    1. Yüklə 2,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə