Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti talabasi Nabiyev muhammadalining “dunyo sanoati” mavzusidagi mustaqil ish taqdimoti


Maxsulot tan narxida energiya sarf-harajatlari katta bo`lgan ishlab chiqarish ko`p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Masalan, alyuminiy ishlab chiqarish, qotishmalar ishlab chiqar



Yüklə 6,75 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü6,75 Kb.
#168840
1   2   3
Dunyo sanoat geografiyasi Reja-fayllar.org

Maxsulot tan narxida energiya sarf-harajatlari katta bo`lgan ishlab chiqarish ko`p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Masalan, alyuminiy ishlab chiqarish, qotishmalar ishlab chiqarish va h.k.

Sanoatning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: energetika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, o`rmon, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil va maxalliy sanoat. Hozirgi paytda sanoatning elektronika va mikrobiologiya sanoati kabi eng yangi tarmoqlari ham shakllangan.

Sanoat ishlab chiqarishning joylashishiga qarab sanoat rayonlari, tugunlari va markazlariga ajratiladi.

Bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari to`plangan shahar yoki shaharcha sanoat markazi deb ataladi. Ko`p xollarda sanoat markazi ishlab chiqarishni yirikligi bilan ajralib turadi. Sanoat markazi ba`zi xollarda faqat industrial emas, balki transport vazifasini ham o`taydi.

Bir-biri bilan o`zaro bog`langan ishlab chiqarish korxonalari to`plangan xudud sanoat tuguni (o`zeli) deb ataladi.

Sanoat tuguni bitta shahar doirasida ham bo`lishi mumkin, ko`p xollarda u bir necha shaharlardan yoki ishchi shaharchalari bilan o`ralgan shaharlar tizimidan iborat bo`ladi. Sanoat tuguniga kirgan korxonalar yagona transport tarmog`idan, energiya va suv ta`minotining umumiy manbalaridan birgalikda foydalanadi (ba`zan xom ashyo resurslari ham umumiy bo`ladi), mehnat resurslarini ishlab chiqarishga to`laroq jalb qiladi. Bularning hammasi mehnat unumdorligini oshirishga, mablag`larni tejashga, korxonalar eg`allaydigan maydonlarni qisqartirishga olib keladi. Sanoat tugunlari — sanoat korxonalarini joylashtirishning ilg`or usulidir.

Sanoat tugunlari va markazlari to`plangan xududlar sanoat rayonlari deb ataladi. Maxsulot ishlab chiqarishda u yoki bu sanoatning salmog`iga qarab, undiruvchi sanoat yoki ishlov beruvchi sanoat rayonlari ajratiladi. Ularning katta-kichikligi har xil bo`ladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!



http://fayllar.org
Yüklə 6,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə