Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti talabasi Nabiyev muhammadalining “dunyo sanoati” mavzusidagi mustaqil ish taqdimoti



Yüklə 6,75 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü6,75 Kb.
#168840
1   2   3
Dunyo sanoat geografiyasi Reja-fayllar.org

Dastlab industrlashtirish Buyuk Britaniyada amalga oshirildi. Bu yerda industrlashtirish to`qimachilik sanoatda qo`l mehnatini mashinalashtirishdan boshlandi, keyin og`ir sanoatni industrlashtirish amalga oshirildi. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlar Buyuk Britaniya tajribasidan foydalanib to`qimachilik sanoatini industrlashtirishdan tezlik bilan og`ir sanoatni mashinalashtirib, markazlashgan ishlab chiqarishni tashkil qildilar.

Sanoatni (ishlab chiqarishni) tashkil qilishning asosiy shakllari (markazlashuv, kombinatlashuv, ixtisoslashuv, hamkorlashuv) 4.3. bo`limda ko`rib chiqildi. Endi sanoatning tarkibiy qismlari va to`zilishini ko`rib chiqamiz.

Sanoat og`ir va yengil sanoatga bo`linadi. Og`ir sanoat asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqdardan iboratdir, ya`ni unda mehnat qurollari (mashinalar, jixozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg`i va h.k.) ishlab chiqariladi.

Og`ir sanoat mehnat predmetlarini (foydali qazilmalar, yog`och, gidroenergiya resurslari) tabiatdan oladi. Shuning uchun uning katta qismini undiruvchi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Uning qolgan katta qismini esa ishlov berish sanoati tarmoqlari (qora va rangdor metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, elektronika va h.k.) tashkil qiladi.

Og`ir sanoatda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish («A» guruh) bilan birga iste`mol mollari ham ishlab chiqariladi («B» guruh). Shuning uchun og`ir sanoat maxsulotlari faqat sanoatda emas, balki aholining kundalik turmushida ham ishlatiladi.

Yengil sanoat ijtimoiy ishlab chiqarishning ikkinchi bo`limiga («B» guruhi) kiruvchi keng xalq iste`mol mollari ishlab chiqaradigan tarmoqlar guruhidan iborat. Asosiy tarmoqlari: ip-gazlama, zig`ir, jun, trikotaj, teri, poyafzal, mo`ynachilik, mebel, galanteriya va boshqalar.

Yuqorida eslatib o`tganimizdek, sanoat yana undiruvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga ham bo`linadi.

Maxsulot tan narxida energiya sarf-harajatlari katta bo`lgan ishlab chiqarish ko`p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Masalan, alyuminiy ishlab chiqarish, qotishmalar ishlab chiqarish va h.k.


Yüklə 6,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə