Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali farmakognoziya


Alkaloidlarga umumiy cho’ktirish reaktivlari va reaktsiya natijalari



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix21.02.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#83987
1   2   3
Alkaloidlarga umumiy cho’ktirish reaktivlari va reaktsiya natijalari 

№ 

Reaktivlar nomi 

Reaktivlar tarkibi 

SHaroit 

Reaktsiya 

natijasi – 

cho’kma rangi 

Vagner reaktivi 



I



+ KI

 

kislotali 

qo’ng’ir 

Bushard reaktivi 



I



+ KI 

kislotali 

qo’ng’ir 

Meyera reaktivi 



HgI

2

 + KI (K

2

Hg

2

I

4

kislotali 

qo’ng’ir yoki 

sariq 


Marme reaktivi 



CdI

2

 + KI (K

2

Cd

2

I

4

kislotali 

qo’ng’ir yoki 

sariq 


Dragendorf reaktivi 



BiI



 + KI(KBiI

4

kislotali 

to’q-sariq gisht 

rang-qizil 

Zonnenshteyn reaktivi 



Fosformolibden 

kislotasi 



H

2

BO

4

 ∙12MoO

3

 2H

2

kislotali 

sariq yoki yashil- 

sariq 


II 

SHeybler reaktivi 



Fosfovolьfram 

kislotasi 



H

3

PO

4

 ∙ 12WO



 2H

2

kislotali 

oq 



Bertran reaktivi 



Kremnevolьfram 

kislotasi 



SiO

2

 12WO



∙4H

2

kislotali 

oq 



10% tanin 



kislotali 

sarg’ish 

10 

1% pikrin kislota 



kislotali 

sariq 



II

11 


5% platina xloridi 

H

2

PtCl

kislotali 

oq 

12 


5% sulema 

HgCl

kislotali 

oq 

13 


5% oltin xloridi 

HAuCl

4

 

 

∙ 4H

2

kislotali 

oq 

 

Ish  uchun  kerakli  asbob-uskuna  va  reaktivlar: 

150-200  ml  xajmli  konus  kolbalar,  2%  sirka 

kislotasi,  buyum  oynasi,  probirkalar,  pipetkalar,  tomizg’ich,  10%  tanin  eritmasi,  1%  pikrin  kislotasi, 

Vagner reaktivi, bangidevona, katta qoncho’p o’tlari, kuchala urug’i. 



Ishning  borish  tartibi:  a)  Umumiy  yoki  cho’ktirish  reaktsiyalari

.

  Alkaloidlarga  sifat 

reaktsiyalar qilish uchun tekshirilayotgan mahsulotdan sirka kislotasini suyultirilgan eritmasi yordamida 

ajratma tayyorlanadi 



(Yurashevkiy usuli bo’yicha).

 Buning uchun yirik maydalangan mahsulotni ma’lum 

miqdorini 150 ml hajmli kolbaga solib, ustiga 2% sirka kislotasidan solinadi va aralashma qaynaguncha 

qizdiriladi. Aralashma sovitilib, filьtrlanadi. Soat oynachasi yoki buyum oynachasiga 1-2 tomchi filьtratdan 

tomizilib,  so’ngra  uni  yoniga  bir  tomchi  alkaloidlarga  xos  reaktiv  tomiziladi  va  asta-sekin  chayqatiladi. 

Bunda har xil rangli loyqa yoki cho’kma hosil bo’ladi.  

Agar reaktsiya natijasida qisman loyqa hosil bo’lsa, reaktsiya natijasini bitta (

+)

 bilan, agar quyuq 

loyqa bo’lsa ikkita (

++)

 bilan, agarda cho’kma hosil bo’lsa uchta (



+++) 

bilan belgilanadi.  

Bu  cho’ktirish  reaktsiyalari  alkaloid  saqlovchi  turli  o’simlik  maxsulotlari  bilan  olib  boriladi  va 

jadval to’ldiriladi. 



№ 

O’simliklar 

CHo’kish darajasi 

qisman loyqa, + 

quyuq loyqa, ++ 

cho’kma, +++ 

1. 

Bangidevona 

 

 

 

2. 

Katta qoncho’p 

 

 

 

3. 

Kuchala 

 

 

 

Olingan natijalar bo’yicha xulosa yoziladi. 

 

b) Alkaloidlar uchun maxsus reaktsiyalar. 

Mahsulotda qanday alkaloid borligi har bir alkaloidga 

xos  rangli  reaktsiyalar,  ya’ni  maxsus  reaktsiyalar  bilan  aniqlanadi.  Bu  reaktsiyalar  natijasida  alkaloid 

molekulasidan suv molekulasi ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar, alьdegidlar 

bilan  kondensatsiyaga  kirishi  mumkin.  Natijada  har  bir  alkaloidga  xos  turli  rangdagi  mahsulotlar  hosil 

bo’ladi. 

Alkaloidlarni  aniqlashdagi  rangli  reaktsiyalarda  kontsentrlagan  sulьfat,  nitrat,  xlorid  va  boshqa 

kislotalar,  formalin,  turli  oksidlovchilar  (K

2

Cr

2



O

7

,  KCIO



4

,  H


2

O

2



),  ishqorlar  va  ularning  aralashmalari 

hamda boshqa birikmalar reaktiv sifatida ishlatiladi.  

Maxsus  reaktsiyaga  misol  sifatida  quyida  kuchala  urug’i  tarkibidagi  strixnin  va  brutsinlarga 

reaktsiyani ko’rsatish mumkin. 



 

Kuchala urug’i 

(MAXSULOT NIHOYaTDA ZAXARLI!)



 

O’simliknnng nomi.

 Kuchala – (chilibuxa) – 



Strychnos nux Vomica



 



Oilasi.

 Loganiyadoshlar –  Loganiaceae. 

Kuchala  bo’yi  15  m  yetadigan  daraxt.  Bargi  oddiy,  tuxumsimon,  qalin,  yaltirok,  tuksiz  bo’lib, 

poyada  bandi  bilan  qarama  qarshi  o’rnashgan.  Gullari  ko’rimsiz,  yarim  soyabonga  to’plangan. 

Gulkosachasi 5 tishli (ba’zan 4 tishli), gultojisi yashil-oqish. Besh bo’lakli (ba’zan 4 bo’lakli), otaligi 5 ta 

(ba’zan 4 ta), onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – sharsimon, kizil-sariq rangli (shakli 

va rangli apelsinni eslatadi), 2-8 urug’li xo’l meva. 

Mahsulotning  tashqi  ko’rinishi.

  Tayyor  maxsulot  yassi,  yumaloq  (tugmachaga  o’xshash), 

sarg’ish-kulrang, bir tomoni botiq ikkinchi tomoni do’ng yeki tekis urug’dan iborat. 

Kimyoviy  tarkibi.

  Kuchala  urug’i  2-3%  alkaloidlar  yig’indisidan  iborat  bo’lib,  u  strixnin  va 

brutsinning teng qismlarini tashkil qiladi. 

 

strixnin 



Ishlatilishi.

  Kuchala  nastoykasi  va  strixnin  nitrat  markaziy  nerv  sistemasini  ko’zg’atish  uchun 




ishlatiladn. Strixnin ichak yarasida, moddalar almashinuvini yaxshilashda, ishtaxa ochishda qo’llanilada. 

Strixnin nitrat poroshok va ampulada chiqariladi. 



Strixninga reaktsiya.

 Kuchala urug’idan spirt yordamida olingan ajratmani chinni idishchaga 1-2 

ml  solib,  quruq  qoldiq  qolguncha  parlatiladi  va  qoldiqqa  1-2  tomchi  kontsentrlangan  sulьfat  kislotasi 

tomiziladi va ustiga bixromat kaliyni (K

2

Cr

2



O

7

) kristalli bilan chiziladi. Natijada qizil-binafsha rangli yo’l 



hosil bo’ladi. 

Brutsinga reaktsiya.

 CHilibuxa urug’idan spirt yordamida olingan ajratmadan chinni idishchaga 1-

2  ml  solib,  quruq  qoldiq  qolguncha  parlatiladi  va  qoldiqqa  1-2  tomchi  kontsentrlangan  azot  kislotasi 

tomiziladi. Natijada olov-qizil rang hosil bo’ladi. 



Olingan natijalar bo’yicha xulosa yoziladi. 

 

7.2.  Oddiy  bangidevona  va  Meksika  bangidevonasi  dorivor  xom  ashyolarini  mikroskopik 

tekshirish. Katta qoncho’p dorivor xom ashyosini makroskopik va mikroskopik tekshirish (ilovaga 

qarang). 

Topshiriq: 

Keltirilgan xar bir o’simlik uchun №1-shakl to’ldiriladi. 



 

Oddiy bangidevona o’simligining bargi 

 

(O’SIMLIK NIHOYaTDA ZAXARLI!)



 

O’simlikning nomi

: Oddiy bangidevona – 



Datura stramonium

 L. 


Oilasi:

 Ituzumdoshlar – Solanaceae. 

Bir  yillik,  yoqimsiz  hidli,  bo’yi  100  sm,  ba’zan  120  sm  ga  yetadigan  o’t  o’simlik.  Poyasi  tik 

o’suvchi,  tuksiz  ayrisimon  shoxlangan.  Bargi  oddiy,  bandli,  to’q  yashil,  tuksiz  (poyaning  yuqori 

qismidagilari tukli) bo’lib, poyada ketma - ket joylashgan. Gullari yirik, poyada yakka-yakka o’rnashgan. 

Gulkosachasi  naychasimon,  besh  qirrali,  besh  tishli,  asos  qismi  xalqa  shaklida meva  bilan  birga  qoladi. 

Gultojisi  oq,  voronkasimon,  uzun  va  tor  naychali,  burchaksimon  o’yilgan,  besh  tishli,  qayrilgan, 

gulkosachasidan ikki marta katta, otaligi 5 ta onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan  



 

Mevasi  –  tuxumsimon,  qattiq  va  yo’g’on  tikonlar 

bilan  qoplangan,  tik  o’suvchi,  to’rtta  chanog’i  bilan 

ochiladigan  ko’sakcha.  Urug’i  qora,  xira  yumaloq 

buyraksimon,  yassi  ustki  tomonida  mayda  chuqurchalari 

bo’ladi.


 

Mahsulotning tashqi ko’rinishi.

 Tayyor mahsulot 

bargdan  iborat.  Bargi  uzun  bandli,  tuksiz,  tuxumsimon, 

o’tkir  uchli,  notekis  o’yilgan  (chuqur)  bo’lakli  (yirik 

barglari tishsimon qirrali), ustki tomoni to’q yashil, pastki 

tomoni  esa  och  yashil,  uzunligi  6-25  sm,  eni  (asos  qismi 

bo’yicha) 5-20 sm. O’rta va birinchi tartibdagi yon tomirlari 

oqish  va  plastinkasining  past  tomonidan  ancha  bo’rtib 

chiqqan.  Mahsulotning  kuchsiz  va  achchiq-sho’r  mazasi 

bor.


 

Mahsulotning  mikroskopik  tuzilishi

.  Ishqor  eritmasi  bilan  yoritilgan  bargning  tashqi  tuzilishi 

Urug’  diametri  1,5  sm,  qalinligi  3-6  mm 

bo’lib, ustida markazdan chetga qarab (radiusi bo’ylab) 

yo’nalgan juda ko’p yopishgan tuklar bor, shu sababli 

ipaksimon yaltiroq. Urug’ning dung tomoni markazida 

kindigi  bo’lib,  u  kichkina  burtma  shaklida  ko’rinadi. 

Kuchala  juda  xam  qattiq  bo’lib,  suvda  yarim  soat 

kaynatilgandan  so’ng  yumshaydi.  Keyin  uni  pentset 

yordamida  o’rtasidan  bo’lish  mumkin.  Urug’  po’sti 

ostida  shoxsimon,  qattiq  oqish  kulrang  endosperma 

hamda  uzunligi  7  mm  ga  yetadigan  embrion 

joylashgan.  Urug’  palpasi  ustma-  ust  o’rnashgan. 

Mahsulot xidsiz, achchiq mazasi bor. 

 



mikroskop ostida ko’riladi. Barg epidermisining devori egri-bugri bo’ladi. Bargning har ikkala tomonida 

ust’itsalar bor. Tuklar siyrak bo’lib, barg tomiri bo’ylab joylashgan. Tuklar ikki xil tuzilgan: oddiy – juda 

yirik (2-5 hujayrali), segalli va oyoqchasi bir hujayrali, boshchasi esa ko’p hujayrali mayda tuklar. Bargda 

kristallar  juda  ko’p  bo’lib,  ular  burchaklari  aniq  bo’lmagan  druz  shakliga  ega.  Ba’zan  bargda  yakka 

kristallar birlashgan holda uchrashi mumkin. 

Kimyoviy  tarkibi

.  Alkaloidlar  0,4%  gacha  bo’lib,  asosiy  giostsiamin  va  skopolaminni  tashkil 

etadi. O’simlik tarkibidan ko’proq giostsiamin tarqalgan. 

N

CH



3

O

C



O

CH

C



6

H

5



CH

2

OH



  

giostsiamin



 

Ishlatilishi

.  Bangidevona  bargi  “astmatol”  va  “astmatin”  larni  tarkibiga  kirib,  bronxial  astma 

kasalligida qo’llaniladi.  

 

Bangidevona bargining tashqi 



ko’rinishi 

A-bargning yuqori epidermisi;  

B-bargning pastki epidermisi;  

V-tomir ustidagi epidermis.  

1-oddiy tuklar;  

2-bolg’achali tuklar;  

3-druzlar va nina kristallar. 

 

 



Meksika bangidevonasi o’simligining mevalari va urug’i  

(O’SIMLIK NIHOYaTDA ZAXARLI!)



 

O’simlikning nomi

: Meksika bangidevonasi –



 

Daturae innoxia

 Mill. 


Oilasi

: Ituzumdoshlar – Solanaceae. 

Ko’p  yillik  (o’stiriladigani  bir  yillik),  bo’yi  60-150  sm  ga  yetadigan  o’t  o’simlik.  Poyasi  tik 

o’suvchi, yashilroq yoki qizg’ish-binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli ko’k-

yashil, tuxumsimon yoki cho’ziq-tuxumsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o’yilgan va poyada 

ketma-ket  joylashgan  bo’lib,  boshni  aylantiruvchi  yoqimsiz  hidi  bor.  Gullari  yirik,  oq,  faqat  bir  kecha 

gullaydi. Gulkosachasi sertuk, besh tishli, shishgan va uzun naysimon, asos qismi meva bilan birga qoladi, 

gultojisi naycha shaklidagi voronkasimon, besh tishli bo’lib, uchlari qayrilgan, otaligi 5 ta, onalik tuguni 

yuqoriga  joylashgan.  Mevasi  –  ko’p  urug’li,  sharsimon,  kulrang-yashil  yoki  qo’ng’ir  rangli  va  tikanli 

ko’sakcha. 



 

Mahsulotning  tashqi  ko’rinishi

.  Tayyor 

mahsulot maydalab qirqilgan meva va urug’dan iborat. 

Urug’  qiyshiq,  buyraksimon,  qirrasida  egri-bugri 

o’simtalari bo’lib, ustki tomoni mayda chuqurchali, xira-

qo’ng’ir sariq yoki och sariq, uzunligi 4-5 mm, eni 3,5-4 

mm, qalinligi 1-1,5 mm.

 

  



Urug’i hidsiz, sho’rtang mazasi bor. 

Maydalab  qirqilgan  meva  shakli  va  ko’rinishi 

har  xil  qo’ng’ir-yashil  bo’lakchalardan  iborat.  Urug’ 

o’rni oqish-sariq, ustki tomoni g’ovak so’rg’ichlar bilan 

qoplangan.  Meva  po’stida  o’tkir  uchli,  ingichka,  juda 

ko’p  tikanlar  bo’ladi.  Kosachabargning  asos  qismi 

hamda mevani bandi sertuk. Mevasining o’tkir, narkotik 

hidi bor.



 

Kimyoviy  tarkibi

.  Mevalarida  0,76-0,41%,  urug’ida  esa  0,83%  alkaloidlar  bo’ladi.  Asosiy 

alkaloid skopolamin mevalari tarkibida 0,38-0,41%, urug’ida esa 0,77% bo’ladi. 

 



N

CH

3



O

C

O



CH

C

6



H

5

CH



2

OH

O



 

skopolamin 



 

Ishlatilishi.

  Skopolamin  gidrobromid  markaziy  nerv  tizimini  tinchlantirish  uchun  qo’llaniladi. 

Skopolamin qusishga qarshi ishlatilib, “aeron” tabletkasi tarkibiga kiradi. 

Katta qoncho’p o’simligining yer ustki qismi 

(O’SIMLIK ZAXARLI!)



 

O’simlikning nomi

. Katta qoncho’p – (chistotelь bolьshoy) – 



Chelidonium majus. 

Oilasi:

 Ko’knoridoshlar – (makovыe) – Raravegaseae. 

Ko’p yillik, bo’yi 30-100 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi ko’p boshli va kalta. Poyasi tik 

o’suvchi,  yuqori  qismi  shoxlangan.  Bargi  oddiy,  ildizoldi  va  poyaning  pastki  qismdagilari  esa  bandsiz, 

poyada  ketma-ket  o’rnashgan.  Gullari  poya  va  shoxlari 

uchida 4-8 tagacha bo’lib, oddiy soyabonni tashkil etada. 

Mevasi – ko’p urug’li, pishganda ikki xonali ko’sakcha. 

Urug’i  tuxumsimon,  qora  rangli  va  eshkaksimon 

dumchali  bo’ladi.  O’simlikning  hamma  qismida  to’q 

sariq sut-shira bor. 



 Mahsulotning  tashki  ko’rinishi.

  Tayyor 

mahsulot poya, barg, gul, ba’zan meva aralashmalaridan 

iborat  bo’ladi.  Poyasi  bir  oz  qirrali,  uzun  va  yumshoq 

tuklar  bilan  qoplangan.  Bargi  yupqa,  mo’rt,  chuqur  3-5 

bo’laka  patsimon  qirqilgan  bo’lib,  eng  yuqorigi 

bo’laklari  pastdagilariga  nisbatan  yirikroq,  bargning 

ustki  tomoni  yashil,  pastki  tomoni  esa  zangori,  asosiy 

tomirlari  bo’ylab  yumshoq  tuklar  o’rnashgan.  Gullari  

to’g’ri, och sariq, kosachabargi ikkita, gullaganida tushib 

ketadi. Tojbargi 4 ga, otaligi ko’p sonli, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi ko’p urug’li, 

ikki xonali, cho’ziq (uzunligi 5 sm ga ) ko’sakcha. 



Mahsulotning  mikroskopik  tuzilishi

.  Ishqor  eritmasi  bilan  yoritilgan  barg  mikroskop  ostida 

ko’riladi.  Bargning  har  ikkala  tomonidagi  epidermis  hujayrali  (pastki  tomonidagi  epidermis  hujayralari 

yuqori tomonidagi epidermis hujayralariga nisbatan maydarok va ko’proq) egri-bugri devorlidir, ustьitsalar 

bargining  faqat  pastki  tomonidagi  epidermisida  bo’lib,  4-7  tagacha  (ayniqsa,  pastki  tomonidagi) 

epidermisida  tomirlar  bo’ylab  7-20  hujayrali  oddiy  tuklar  siyrak  holda  joylashgan.  Tuklarning  hujayra 

devori juda yupqa bo’lganligi uchun ayrim hujayrali buralgan, yopishgan yoki ezilgan. Bargning xarakterli 

belgilaridan biri unda bug’imli va sarg’ish-qo’ng’ir rangli sut-shira naylarining bo’lishidir. Ular ayniqsa 

o’tkazuvchi  to’qima  boylamlari  atrofida  ko’p.  Bargning  har  bir  tishchasi  ustida  o’ziga  xos  chiqaruvchi 

apparat gilatod joylashgan. Bargning o’tkazuvchi to’qima boylamlari tamom bo’lgan yeridagi chetki qismi 

qalinlashgan bo’lib, u yerdagi barcha epidermis hujayralari cho’zilib, surguchlarga aylangan. Ular orasida 

yirik suv ustьitsalar uchraydi. 

XI DF buyicha: namligi 14%, kuli 15%, organik aralashmalar 1% dan oshmasligi kerak 

Kimyoviy tarkibi

. Alkaloidlar 2% gacha bo’ladi. Alkaloidlari protopin va xelidonin unumlariga 

bo’linadi.  Qoncho’p  o’simligining  yer  ustki  qismida  alkaloidlardan  tashqari  saloninlar,  flavanoidlar, 

askorbin kislotasi, vitamin A va organik kislotalar, mevasida moyi 40% gacha bo’ladi. 

 

Qoncho’p bargining tashqi ko’rinishi 

A-bargning yuqori epidermisi;  

B-bargning pastki epidermisi;  

V-tomir ustidagi epidermis.  

1-oddiy tuklar; 2-sut naylari;  

3-bulutsimon to’qima xujayralari. 

 



O

O

N



O

O

CH



3

             

O

O

N



O

O

CH



3

O

 



                     xelidonin                                                       protopin 

Ishlatilishi

.  Qoncho’pning  mahsulotidan  tayyorlangan  damlama  jigar  va  o’t  pufagi  kasalligida, 

pasta dorisi esa teri silini davolashda ko’llaniladi. Xo’l o’simlikdan olingan shira xalq meditsinasida so’gal 

va qadoqni yo’q qilishda ishlatiladi. 

Xelidonin  alkaloidini  og’riq  qoldiruvchi  xususiyati  ko’knori  tarkibidagi  morfin  alkaloididan  10 

barobar kuchsizdir. 



Dorivor preparatlari

. Damlama – Infusum, pasta, xo’l o’simlik shirasi. Mahsulot o’t haydovchi 

choylar-yig’malar tarkibiga kiradi. 

 

Mavjud vaziyat (topshiriqli keys) 

Topshiriq. 

«Tarkibida  tropan  unumiga  kiruvchi  va  tarkibida  izoxinilin  unumiga  kiruvchi 

alkaloidlar bo’lgan dorivor o’simliklarni ajratib bering ».

 

Ko’rsatma :

 

Tarkibida tropan unumiga kiruvchi va tarkibida izoxinilin unumiga kiruvchi alkaloidli 

dorivor o’simlik turlari yozib qo’yiladi.

  

1.SHo’rak (CHerkez) mevalari 



2.Qoraqovuq bargi 

3.Meksika bangidevonasi bargi va urug’i 

4.Zirk bargi va ildizi 

5.Bangidevona bargi 

6. Mingdevona bargi 

7.Beladonna bargi, yer ustki qismi va ildizi 

Talabalar  bir  nechta  guruhlarga  bo’linadi.Rasmda  tarkibida  tropan  unumiga  kiruvsi  va  tarkibida 

izoxinilin  unumiga  kiruvchi  alkaloidli  dorivor  o’simliklar  to’plami  beriladi  ikki  minutda  ularni  ajratib 

berish talab etiladi va baholanadi. 

Baholosh  tartibi  : 

Eng  ko’p  va  to’g’ri  topilgan  tropan  unumiga  kiruvsi  va  tarkibida  izoxinilin 



unumiga kiruvchi alkaloidli dorivor o’simliklar  soni hisobga olinadi. 

 

 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə