Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə35/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Baynalmilalchilik - (arabcha “baynalmilal”-millatlararo) - jahondagi barcha millat va elatlarning tyengligi, hamjihatligi nazariyasi va amaliyoti. Mustabid shoʻrolar tuzumi davridagi hukmron nazariya va mafkura baynalmilalchilikni bir tomonlama ta’riflar, uni butun myehnatkashlarining kapitalizmga qarshi, sotsializm va kommunizm uchun kurashda birligi tarzida talqin qilar, ya’ni baynalalchilikka ishchilar sinfiy kurashining vositalaridan biri sifatida qarar edi. Vaholanki, baynalmilalchilik umuminsoniy voqyea boʻlib, davlatlar oʻrtasidagi chyegaralar va turli toʻsiqlar myehnatkashlarga ham, boshqa ijtimoiy guruhlarga ham putur yetkazmasligi kyerakligini tavsiflaydi.
Buyuk Ipak yoʻli - miloddan avvalgi II asrdan milodning XVI asrigacha mavjud boʻlgan, Xitoy, Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari, kyeng maonoda esa Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi qadimgi savdo-sotiq, tijorat, diplomatik va madaniy-ilmiy aloqalar yoʻli.
Davlat bayrogʻi - davlatning ramziy byelgilaridan biri. Davlat bayrogʻi maxsus qonun bilan yoki konstitutsiya asosida rasmiylashtiriladi. Davlat bayrogʻi-mustaqil davlat va unda yashovchi fuqarolar daxlsizligining shartli ifodasidir. Davlat bayrogʻi ayni shu davlatdagi sinfiy, milliy, harbiy va partiyaviy birlik hamda uyushmalarning ham ramziy byelgisidir.
Davlat gerbi - davlat ramzi; davlatning milliy, siyosiy, iqtisodiy xususiyatlari hamda ijtimoiy va davlat tuzumi, gyeografik va boshqa byelgilarni shartli ravishda ifodalaydigan tamgʻa-byelgi. Gerb davlat muhrida, rasmiy blankalarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida aks ettiriladi.
Davlat gimni - (yunoncha “hymnos”-madhiya, maqtov ashulasi) - tantanali kuy va ashula, mamlakat yakdilligi timsollaridan biri, dasturiy xaraktyerdagi tantanali qoʻshiq, vatanni, davlatni, tarixiy voqyealarni, ularning qahramonlarini sharaflaydigan shye’riy- musiqaviy asar, davlat ramzlaridan biri.
Davlat mustaqilligi ramzlari - davlatning timsollari, ya’ni uning suvyeryenityetini, milliy va iqtisodiy koʻrsatkichlarini, siyosiy-ijtimoiy tuzumini, asosiy mafkura va hayot qoidalarini koʻrsatuvchi byelgilar, eng muhim hujjatlar, gʻoyalar va tushunchalar.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə