Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə37/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

EKO – Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 1992 yildan Oʻzbekiston ushbu xalqaro tashkilotning a’zosi.
Ekologik nazorat –tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qoʻmitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini oʻrganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qoʻllash bilan bogʻlik siyosiy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar yigʻindisini oʻz ichiga oladi.
Ekstrimizm - (fr.extremisme, lot. extremus-oʻta)-asosan siyosatda oʻta qarashlarga va chora-tadbirlarga moyillik. Ekstryemist-keskin choralar va harakatlar tarafdori.
UNESKO – Birlashgan millatlar tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkiloti. Oʻzbekiston Respublikasi 1993 yil 29-oktyabrda ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilingan.
Filosofiya - (yunon. rhilosorhia, rhileo-syevaman va sorhia-donolik) tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonunlari toʻgʻrisidagi fan.
Fuqarolar yigʻini – shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yigʻinlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridir. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan oʻz vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.
Fuqarolik jamiyati – har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari soʻzsiz ta’minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin, demokratik huquqiy jamiyat.
Fuqarolik jamiyati Institutlari – fuqarolik jamiyatini shakllantirish uzoq davom etadigan murakkab jarayon boʻlib, bu bevosita jamiyatda fuqarolik jamiyati institutlarining nechogʻlik rivojlanganiga bogʻliq boʻladi. Fuqarolik jamiyati institutlari orqali fuqarolar davlat va jamiyat siyosiy hayotida bevosita ishtirok etadi. Fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlari sirasiga nodavlat-notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, OAVlari, mahalla, oila kabilar kiradi.
Hadis - (arabcha «hadis»-rivoyat, naql, hikoya, axborat yetkazish) islom dinida Qur’ondan kyeyingi muqaddas manba, Muhammad paygʻambarning fa’liyati va koʻrsatmalari haqida rivoyatlar majmui.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə