Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə38/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Huquqiy davlat – davlat konstitusiyaviy-huquqiy maqomining tavsifi sifatida amal qiladi va davlatning quyidagi tamoyillarga soʻzsiz boʻysunishini nazarda tutadi: xalq suvereniteti, inson huquqlari va erkinliklarining davlat tomonidan buzilmasligi, davlatning konstitusiyaviy tuzum bilan bogʻliqligi, konstitusiyaning boshqa barcha qonunlar va qonunosti hujjatlaridan ustunligi, hokimiyatlarning boʻlinishi, huquqiy davlatning tashkiliy negizi boʻlgan hokimiyatning organlari va davlat xizmatchilarining javobgarligi instituti, milliy huquq normalaridan xalqaro huquq normalarining ustunligi.
Innovatsiya – (ingl.— kiritilgan yangilik, ixtiro) Ilgʻor texnologiya, boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarda qoʻllanishi.
Integratsiya – (lot. — tiklash, toʻldirish) Ayrim qismlarning, ele- mentlarni qoʻshib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. Fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro bogʻlanish jarayoni.
Insonparvarlik-(«inson»-arabcha; «parvar»-fors-tojikcha; «lik»- oʻzbyekcha-kishiga gʻamxoʻrlik, gumanizm)-odamzotning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon boʻlishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, tyeng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi.
Islom dini - (arabcha «aslama»-xudoga oʻzini topshirish, itoat, boʻysunish; shundan «muslim»-boʻysinuvchi, itoatkor) dunyoda kyeng tarqalgan uch dinning, ya’ni jahon dinlarining (buddaviylik, xristianlik va islom) biri. Yer yuzidagi 5,7 milliardga yaqin aholidan dyeyarli bir milliarddan ortiqrogʻi unga eotiqod qiladi.
Islom fundamentalizmi - hozirgi islomdagi uch oqimdan (traditsionalizm va modyernizm) biri. Islom fundamyentalizmining asosiy gʻoyasi-«sof islom» printsiplariga qaytish, maqsadi-«islomiy taraqqiyot» yoʻlini joriy etishdir.
Islom ekstrimizmi - musulmon mamlakatlarida jamiyat hayotida va hukumat siyosatida Gʻarbdagi kuchli davlatlar ta’siriga va mustaqillikni yoʻqotish xavfiga qarshi, qadimgi islom gʻoyalari va idyeallarini qayta tiklash uchun harakat qilayotgan diniy-siyosiy guruhlardir.
Istiqlol - (arabcha «istiqlol»-koʻtarilish, qaddini rostlash, oʻsish, yuqori joyga erishish)-har bir inson, jamoa, davlat, millatning rivojlanishi uchun zarur erkinlik sharoiti.
Irqchilik - bir irqning ikkinchi bir irqdan ustun qoʻyilishi. Irqchilar turli irqlar oʻzaro tyeng emas, ularning vakillari esa oʻz istyeododlari boʻyicha bir xilda emas, «toʻlaqonli» va «toʻlaqonli boʻlmagan» irqlar va millatlar mavjud dyeb da’vo qiladilar.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə