Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə39/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Jamiyatni idora etish - jamiyatni tartibga solish, takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida unga ta’sir etish.
Konsepsiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki qarashlar majmui.
Konvertatsiya – (lot. convertatio – oʻzgartirish, aylantirish) Milliy valyutaning amaldagi kurs boʻyicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi.
Konstitutsiya - (lotincha «sonstituio»-tuzilish, tartib)-davlatning asosiy Qonuni boʻlib, ijtimoiy va davlat tuzumining asoslarini, davlat organlari sistyemasini, ularning tuzilish va fa’liyat tartibini, fuqarolarning huquq va burchlarini byelgilab byeradi.
Koʻppartiyaviylik – hozirgi demokratik davlatlarda siyosiy hayotni tashkil etishning asosiy konstitusiyaviy prinsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy plyuralizmni ancha umumiyroq boʻlgan prinsipining ifodasi hisoblanadi. K. P. prinsipi yuridik jihatdan davlat fuqarolarning oʻz dunyoqarashlariga muvofiq tarzda siyosiy partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldida tengligini, ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi.
Lizing - moliyaviy ijaraning alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish – mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan masalalarni aholining manfaatlari, uning tarixiy, ijtimoiy-etnik va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, shu davlat konstitusiyasi va qonunlari asosida mustaqil (mas’uliyatni zimmasiga olib) hal qilish uchun fuqarolar faoliyatini tashkil etish tizimi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni aholi hokimiyat vakillik organlari (munisipal majlis, kengashlar, qoʻmitalar va boshqalar), muvofiq keluvchi boshqaruv organlari, mahalliy referendumlar, fuqarolar kengashlari, bevosita demokratiyaning boshqa hududiy shakllari, shuningdek, aholining hududiy ijtimoiy oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali amalga oshiradi.
Ma’rifat - (arabcha «arafa»-«bilmoq»soʻzidan)-ta’lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy gʻoyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oʻstirishga qaratilgan fa’liyat.
Metropoliya - (yunon.metrorolis, mefer-ona va rolis-shahar)-mustamlakalarga ega va shu mustamlakalar ustidan hukmronlik, tobyelik, ekspulatatsiya siyosatini amalga oshiruvchi davlat.
Millat - (arabcha «millat»-xalq)-kishilarning yagona tilda soʻzlashishi, yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kyechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega boʻlishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.
Milliylik - tarixan tashkil topgan barqaror ijtimoiy-etnik birliklarni, ya’ni millatlar va elatlarni boshqa ijtimoiy birliklardan, masalan, ijtimoiy sinflardan farqlovchi tomonlar, xususiyatlar, ma’naviy, ruhiy va madaniy qirralar hamda tafovutlar majmui.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə