Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

Xususiy mulk
ayrim shaxslarga qarashli bo‗lgan, daromad olishga qaratilgan 
mulkdir. Bu tushuncha O‗zbekiston Respublikasining mulkchilik to‗g‗risidagi 
Qonunining 7-moddasida mustahkamlab qo‗yilgan bo‗lib, xususiy mulk o‗z mol-
mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan 
iboratdir deb ko‗rsatilgan. Xususiy mulkning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
xususiy jismoniy va yuridik shaxslar, fuqarolar, xo‗jalik shirkatlari va jamiyatlari, 
kooperativlar, jamiyat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va boshqa nodavlat yuridik 
shaxslar. Ularning barchasi xususiy mulkning subyektlaridir.
Xususiy mulkning asosiy obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: uylar, 
kvartiralar, dala hovlilar, bino-inshootlar, qurilishlar, uskunalar, ishlab chiqarish 
vositalari, transport vositalari, uy hayvonlari, pul va qimmatbaho qog‗ozlar, alohida 
huquqlarning turli-tuman tafakkur obyektlari kiradi. Davlat mustaqilligi tufayli 
bozorga o‗tishning o‗z modelimiz ishlab chiqilgach, asosiy e‘tibor xususiy mulkni 
amalda mustahkamlash va rivojlantirishga qaratildi. Xususiy mulkning huquqiy 
mavqelari quyidagilardan iborat: xususiy mulk tushunchasi, uning boshqa shakllari 
tizimidagi o‗rni, obyektlari doirasi, mulkdorning qonuniy huquqlari xususiyatlari, bu 
huquqlarning himoyasi va uni amalda ro‗yobga chiqarish.


34
Xususiy mulk bo‗lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. 
Xususiy mulk sohibi mulkka nisbatan o‗z huquqlarini xususiy tarzda amalga oshiradi, 
ya‘ni u boshqa shaxslarning roziligi yoki ruxsatini so‗rab o‗tirmay, o‗z xohishiga 
ko‗ra ish olib boradi. Ma‘lumki, davlat mulki shaklida davlatning o‗zi subyekt 
(mulkdor) hisoblanib, inson mulkdan ajratiladi, begonalashtiriladi. Xususiy mulkda 
esa boshqa kishi emas, balki uning o‗zi subyekt bo‗ladi. Xususiy mulkning asosiy 
fazilati shundan iboratki, barcha shakllar orasida yolg‗iz u mulkdorga yaqin turadi.
Bu holda esa u o‗z xohishi bilan va o‗z irodasiga muvofiq, molmulkka 
tezkorlik bilan ta‘sir ko‗rsatib, uning saqlanishi va ko‗payishi mas‘uliyatini 
zimmasiga oladi. O‗zbekistonda xususiy mulkning vujudga kelishining muhim 
manbai sohibi o‗z mol-mulkiga nisbatan qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan har qanday 
harakatlarni amalga oshirishga haqli, ishlab chiqarish, tijorat va yuridik mustaqillika 
ega bo‗lib, o‗z korxonasini boshqarishda mustaqil shaxs hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə