Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


2-bob. MULKIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 


27
2-bob. MULKIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH 
 
2.1.
 
Mulk tushunchasi. Moddiy ne‘matlar. Mol-mulkning turlari. 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining maxsuli hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va manaviy ne‘matlarni ishlab chiqarish hamda 
jamiyat boyliklarini o‗zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, 
mulkchilik munosabatlari-bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va 
o‗zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka 
egalik qilish mulkning egasi qo‗lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy 
boyliklarni o‗zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka 
egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amaliy foydalanish esa 
boshqalar qo‗lida bo‗ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish 
mumkin. 
Mulkdan foydalanish-bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki 
ijtimoiy hayotda qo‗llanishidir. Mol-mulkni o‗zlashtirish yuz berganda u daromad 
olish uchun yoki shaxsiy extiyojni qondirish uchun ishlatilishi bildiriladi. Mulkni 
tasarruf etish-bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, 
meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati 
orqali namoyon bo‗ladi. 
Xususiy mulk azaldan odamlarda qiziqish, rag‗bat uyg‗otib kelgan. Negaki, 
mulkning egasi bo‗lsa, mehnat unumdorligi bir necha marotaba ortadi. Mulkdorning 
kayfiyati, intilishi, ish yuritishi, o‗z faoliyatiga, umuman, hayotga munosabati 
boshqacha bo‗ladi. Mulk egasi o‗z ishini yaxshilashga, mulkiga mulk qo‗shishga 
harakat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo 
etishda mulkdorlarning o‗rni nihoyatda katta. Zero, ular jamiyatdagi o‗zgarishlarga 
bevosita daxldor bo‗lgan qatlamdir. 


28
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, mustaqillik yillarida xususiy mulkni himoya 
qilish, uning huquqiy asoslarini yaratish bo‗yicha keng - miqyosli chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. Mulkiy munosabatlar amaldagi bir qancha qonun hujjatlarida
xususan, O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Uy-joy 
kodeksi, Yer kodeksi, ―O‗zbekiston Respublikasida mulkchilik to‗g‗risida‖gi, 
―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‗g‗risida‖gi, ―Davlat uy-joy 
fondini xususiylashtirish to‗g‗risida‖gi, ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to‗g‗risida‖gi, ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi, ―Mas‘uliyati cheklangan 
hamda qo‗shimcha mas‘uliyatli jamiyatlar to‗g‗risida‖gi, ―Xo‗jalik shirkatlari 
to‗g‗risida‖gi qonunlar va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida 
tartibga solinadi. Mazkur qonun hujjatlarida xususiy mulk va mulkdorlarning 
huquqlari, ya‘ni o‗z mulkiga egalik qilishlari, undan erkin foydalanishlari, uni 
tasarruf etishlari, o‗z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi hamda 
shu kabi bir qator huquq va erkinliklari belgilangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə