Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


avlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy vazifalariga quyidagilar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

avlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy vazifalariga quyidagilar 
kiradi:

davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‗yicha yagona davlat siyosatini 
yuritish; 

o‗ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat 
aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‗yicha aksiyador (ta‘sischi va ishtirokchi) 
huquqlarini amalga oshirish; 

ilg‗or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy 
korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv 
kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish; 

davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari 
tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha 
oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‗maklashish; 

davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini 
ta‘minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va 
kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini 
chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va 
tasdiqlashni muvofiqlashtirish; 

davlat manfaatlarini ta‘minlagan holda, shu jumladan davlat aksiya 
paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini 
amalga oshirish; 

davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va 
realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO 


26
bo‗yicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga, shu jumladan to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish; 

davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish) va ijaraga berishning 
ochiq va shaffof mexanizmini ta‘minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan 
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish
shuningdek davlat xususiy sheriklik bo‗yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish; 

tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va 
zarar ko‗rib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‗lomlashtirish 
hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirishda ishtirok etish; 

bankrotlik to‗g‗risidagi ishlar bo‗yicha davlat siyosatini amalga oshirish; 

O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat 
ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini olib borish; 

baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta‘minlash, 
mol-mulkni 
baholash 
standartlarini 
tasdiqlash, 
shuningdek 
rieltorlarni 
sertifikatlashtirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə