Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

Ikkinchi bosqich
1994-1995 yillarga to‗g‗ri keldi. Ushbu bosqich o‗sha 
davrda yosh davlatimizning iqtisodiy tizimini mustahkamlashga, iqtisodiy 
mustaqillikka erishishga hamda milliy valyutaning muomalasi va ichki almashinuvi 
barqarorligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan. Ushbu bosqichning asosiy vazifalari 
quyidagilar hisoblanadi. Davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan 
ishlarni oxiriga etkazish; Ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, korxonalar hamda tarmoqlarning va 
umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish; Miliy valyuta 
so‗mni yanada mustahkamlash, milliy valyuta kuchli bo‗lsa, iqtisodiyot o‗shandagina 
mustahkam bo‗ladi.
Iqtisodiyotni strukturasini tubdan o‗zgartirish, hom ashyo yetkazib berishdan 
tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‗tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini 
jahon bozori talablari darajasiga etkazishdan iborat. Bu bosqichda ko‗plab o‗rta va 
yirik korxonalar akyiyadorlar jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari 
respublika qimmatli qog‗ozlar bozorining asosini tashkil etdi.
Davlat mulki aksiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy 
biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi. Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlik 
jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi 
savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‗chmas mulk va qimmatli qog‗ozlar 
bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u 
aholining bo‗sh turgan mablag‗larini o‗ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini 
pasaytirida. Ikkinchi tomondan, yangi mablag‗larni ishlab chiqarishga jalb etish va 
tovar ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit 
yaratadi.
Bu erda shuni ta‘kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga 
qarashli bo‗lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‗li emas. Tashabbuskorlik 


38
asosida yakka tarkibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil 
kooperativlar, shirkatlar, ma‘suliyati cheklangan jamiyatlar ko‗rinishidagi kichik va 
o‗rta korxonalarni tashkil qilish-ikkinchidan qudratli jarayon hisoblanadi. Respublika 
iqtisodiyoti
1996-yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə