Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

1.5. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖
2017- yil 7- fevraldagi PF-4947-sonli Farmonida monopol
faoliyatni tartibga solishning asoslanishi. 
Harakatlar strategiyaning «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 
ustuvor yo‗nalishlari» bobida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini himoya qilish, 
xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga to‗liq erkinlik berish, ular faoliyatiga davlat 
idoralarining 
noqonuniy 
aralashuviga 
yo‗l 
qo‗ymaslik, 
davlat 
mulkini 
xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ustav 
jamg‗armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan 
obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning 
ishtirokini kamaytirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. 
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‗tish va bozor munosabatlarini 
chuqurlashtirish jarayonida liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotning 
barcha jabhalarini demokratlashtirish, milliy xo‗jalikda tarkibiy o‗zgarishlarni 
jadallashtirish makroiqtisodiy mutanosiblikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi 
bo‗lib kelayotir. Liberallashtirish tamoyillari tufayli qator yillar mobaynida 
mamlakatimizda iqtisodiy o‗sish barqaror turibdi. Jumladan, o‗tgan yili yalpi ichki 
mahsulotning o‗sish sur‘atlari 5,3 foizni tashkil etdi. 
O‗zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish korxonalarni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish, 
milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng 


20
ko‗lamda rivojlantirish orqali amalga oshirilmoqda. Liberallashtirish uzluksiz, doimiy 
jarayon sifatida bundan keyin takomillashib boraveradi. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik, oila tadbirkorligini rivojlantirish, «Har bir oila - tadbirkor» Dasturini 
izchil amalga oshirish uning kafolati bo‗la oladi. Ayrim davrlarda davlat 
―charchagan‖ xususiy va jamoa mulki obyektlarini ―jonlantirib‖, keyin ularni xususiy 
qo‗llarga sotishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasining ma‘lumotlariga ko‗ra, 
yalpi ichki mahsulotning 81 foizi nodavlat, 19 foizi esa davlat sektorida ishlab 
chiqarilmoqda. YAlpi qishloq xo‗jalik mahsulotlari, chakana savdo va umumiy 
ovqatlanish sohasida nodavlat sektor ulushi 100 foizga yaqinlashib qoldi. Ish bilan 
band aholining 80 foizdan ziyodi mazkur tizimda mehnat qilayotir. 
O‗zbekistonda bozor munosabatlariga o‗tishning ilk bosqichida chakana savdo 
va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, uy-joy va maishiy xizmat obyektlari xususiy 
qo‗llarga sotildi, imtiyozli va tekin berildi. Maqsad aholida bozor ko‗nikmalarini 
hosil qilish va mustahkamlash edi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda o‗rta va yirik 
korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlari, davlat 
ulushi bo‗lgan kompaniyalar, uyushmalar yuzaga keldi. 
Bosqichma-bosqich erkinlashtirib borish o‗tish davrining o‗zidayoq o‗zining 
ijobiy natijalarini bera boshladi. 90-yillar o‗rtalariga kelib yalpi sanoat mahsuloti, 
keyin esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bozor islohotlaridan oldingi darajada 
tiklandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yillarida ham iqtisodiyotda o‗sish davom 
etdi. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy qayta qurishlar, ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, kichik biznesni rivojlantirish, xususiy 
mulkning ustuvor rolini ta‘minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosqichma-
bosqich kamaytirib borish hisobiga iqtisodiy samaradorlik ta‘minlandi. 
Mamlakatimizda har yili 30 mingdan ziyod kichik biznes subyektlari barpo 
etilmoqda. Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi 56,9 foizga, sanoat 


21
ishlab chiqarishida esa 45 foizga etkazildi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan 
daromadlar ulushi 52 foizni tashkil etdi. 
Keyingi ikki yilda 378 aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi savdoga 
qo‗yildi. Qayd etish lozimki, nisbatan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan 
«Navoiyazot», «Farg‗onaazot», «Urganchekskavator», «Qizilqumtsement», «Jizzax 
akkumulyator zavodi», «Qo‗qon yog‗-moy zavodi» kabi aksiyadorlik jamiyatlari, 
«Aloqabank», «Turonbank» kabi banklar, «O‗zagrosug‗urta» kompaniyasidagi 
davlatga tegishli aksiyalar savdoga qo‗yildi. Bu nima beradi? 
Birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari davlatga tegishli qismining sotilishi 
davlat g‗aznasiga mo‗may mablag‗ keltiradi. Ikkinchidan, davlatning qo‗li xo‗jalik 
yumushlaridan birmuncha bo‗shaydi. Uchinchidan, mamlakatda tadbirkorlik muhiti 
kengayadi. Bundan ham davlat, ham mulkdorlar va oddiy kishilar yutadi. Asosiysi, 
bozor islohotlarini chuqurlashtirish shuni talab qiladi. 
Davlatning monopol mavqei uglevodorod xomashyosi, rangli metallar, uran 
qazib olish, temir va avtomobil yo‗llari, aviatashuvlar, elektr energiyasi ishlab 
chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarda saqlanib qolishi lozim. Boshqa 
sohalardagi davlat aktivlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
davom etadi. Xususiylashtirilgan davlat mulki obyektlari chet ellik investorlarga 
sotilmoqda. Jumladan, yuzlab mulk majmualari tanlov asosida investitsiya kiritish 
sharti bilan «0» qiymatda yangi mulkdorlarga sotildi. Ular esa investitsiya kiritish, 
minglab ishchi o‗rinlarini yaratish majburiyatini oldi. 
Iqtisodiyotni liberallashtirish jarayoni pirovard maqsad bo‗lmasligi kerak. Agar 
erkinlashtirish sur‘atlari, iqtisodiyotning o‗sish sifat ko‗rsatkichlari, aholi turmush 
darajasi barobarida kechsa yanada yaxshi bo‗ladi. O‗zbekiston iqtisodiy o‗sish 
prognozlariga ko‗ra, dunyodagi tez rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. 
Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‘minlash borasida ham oldingi o‗rinlarga chiqdi. Ushbu ko‗rsatkichlar hozirgi 
sharoitda ancha yuqori hisoblanadi. CHunki jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hali 


22
to‗la barham topgani yo‗q, davlatlarning bir-biriga sanksiya va embargolar qo‗llashi 
avj olmoqda. Qolaversa, muhim tovarlarga tashqi talab kamayib, narxlar pasayib 
bormoqda, talabga nisbatan taklif ustunroq. Bu kabi tashqi iqtisodiy va siyosiy 
beqarorlik milliy iqtisodiyotga o‗zining salbiy ta‘sirini o‗tkazmasdan qolmaydi, 
albatta. 
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish uchun davlat mulkini 
xususiylashtirish bo‗yicha Dasturida to‗la quvvat bilan ishlamayotgan davlat 
korxonalarini tugatish va ochiq savdolar orqali yangi xususiy mulkdorlar ixtiyoriga 
o‗tkazish, strategik ahamiyatga ega bo‗lmagan va foydalanilmayotgan davlat ulushini 
to‗la sotish, qator korxonalardagi davlat ulushi aksiyalarini fond bozorida sotish 
orqali 51 foizgacha tushirish va boshqa chora-tadbirlar ko‗zda tutilgan. SHu bilan 
birga, bu tadbirlarni o‗tkazish mexanizmlari ham takomillashtirildi. Jumladan, davlat 
aktivlarini sotish muddatlari qisqartirildi, savdolardagi davlat aktivlariga ikki oy 
muddatda talab tushmagan taqdirda, ularning bahosini 50 foizgacha, har 15 kunda esa 
10 foizga pasaytirish, shunda ham sotilmasa investitsiya kiritish va yangi ish 
o‗rinlarini yaratish sharti bilan «0» qiymatda sotish, Markaziy bankning qayta 
moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berish, davlat obyektlarini qismlarga 
bo‗lib sotish, xarid to‗lovlariga imtiyozlarga erish, davlat obyektlarini ijarachilarga 
sotilishga ustunlik berish, xo‗jalik organlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlarini 
sotishdan tushgan mablag‗lar korxonalarni modernizatsiya qilishga yo‗naltirilishi 
mumkinligi va boshqalar belgilab qo‗yildi. 
Valyuta 
va 
tashqi 
savdo 
bozorini 
erkinlashtirish 
iqtisodiyotni 
liberallashtirishning muhim bo‗g‗inlaridan biri bo‗lib, davlat pul-kredit siyosatiga 
jiddiy o‗zgarishlar kiritishni talab qiladi.
Monetar siyosat davlat yoki uning Markaziy banki tomonidan makroiqtisodiy 
vaziyatga ta‘sir ko‗rsatish maqsadida muomaladagi pul massasini oshirish yoki 
pasaytirish orqali amalga oshiriladigan vositadir. Bu siyosat foiz stavkasi va 
ayirboshlash kursi, to‗lov balansi, ustidan nazorat, inflyasiyani jilovlash, umumiy 


23
bandlikni oshirish, baholar darajasini me‘yorlash va boshqa tadbirlarni ham o‗z 
ichiga oladi. Monetar siyosat bir amerikalik tili bilan aytganda, ―bir tanga ustida 
umbaloq oshish‖dir. 
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 2017 yil 2 sentyabrda O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Valyuta siyosatini erkinlashtirish to‗g‗risidagi farmonni 
imzoladi. Undan asosiy maqsad, barcha bozor ishtirokchilari uchun bir xil sharoit 
yaratish bo‗lib, bozordagi turli-tuman valyuta kurslari o‗rniga yagona rasmiy kurs bir 
dollarga 8100 so‗m miqdorida belgilandi. Korxona va aholida chet el valyutasini 
erkin sotib olish imkoni paydo bo‗ldi. Bu qadar radikal yondashuv hatto ancha 
bilimdon bo‗lgan iqtisodchilarni ham xavotirga solib: endi nima bo‗ladi, milliy 
valyuta kursining roppa-rosa ikki baravarga pasaytirilishi inflyasiyaning yangi 
xalqasini keltirib chiqarmaydimi, degan mulohazalarni tug‗dirgan edi. Lekin 2019 
yilning avgust oyining o‗rtalariga kelib bir dollar 9108,33 so‗mga ko‗tarila boshladi. 
Bu esa milliy valyutani qadrini biroz pasayyotganligini ko‗rish mumkin. Natijada, 
aholida milliy valyutani «dollarlashtirish» tendensiyasi kuzatilmoqda. 
Iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini, jumladan, valyuta bozorini 
liberallashtirish, davlatning xalqaro imiji bilan bog‗liq katta voqea. Lekin ular 
ustidan, shuningdek, emissiya, chet eldan pul ko‗chirmalari ustidan qat‘iy nazorat 
o‗rnatilmasa, iqtisodiyotning real o‗sishi va muomaladagi pul miqdori o‗sish 
sur‘atlari o‗rtasidagi farq sifatida doimo paydo bo‗ladigan inflyasiyani keltirib 
chiqarishi hech gap emas. Monetar siyosat bilan fiskal siyosatni qo‗shib olib borish 
bunday holatlarning oldini olish imkonini beradi. 
Umuman olganda, barcha xavflarni bartaraf etadigan yagona yo‗l iqtisodiy 
o‗sish sur‘atlarini tezlashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirishdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə