13
o‗z ichiga oladi. Monopoliyaga qarshi tartibga solish
ishlari monopoliyaga qarshi
qonunchilik, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobatli bozorni
rivojlantirish bo‗yicha maxsus dasturlar hamda ayrim boshqa me‘yoriy
hujjatlar
asosida amalga oshiriladi.
8
YUqoridagi ta‘riflarni tahlil qilgan holda, biz tomondan ―monopoliyaga qarshi
boshqaruv‖ tushunchasiga quyidagicha iqtisodiy interpretatsiya, ya‘ni ta‘rif
shakllantirildi, ya‘ni monopoliyaga qarshi boshqaruv –
bu iqtisodiyotda
monopoliyalar paydo bo‗lishi, narx hokimligi, raqobatga
qarshi qilinayotgan
harakatlarni cheklash va oldini olishga yo‗naltirilgan hamda raqobatni rivojlantirish,
iste‘molchilar huquqlarini himoyalash, insofsiz raqobatga yo‗l qo‗ymaslik,
ishlab-
chiqaruvchilarni rag‗batlantirish va qo‗llab-quvvatlash orqali raqobatchilik muhitini
yaratishga qaratilgan davlat tomonidan
amalga oshiriladigan iqtisodiy, ma‘muriy va
qonunchilik chora-tadbirlari tizimidir.
Dostları ilə paylaş: