Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


-BOB. MONOPOLIYALARNI TARTIBGA SOLISHNING XORIJ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

9-BOB. MONOPOLIYALARNI TARTIBGA SOLISHNING XORIJ 
TAJRIBASIDAN FOYDALANISH………………………………………….. 
 
152 
9.1. Sanoat va savdoni himoya qilish bo‗yicha dastlabki yondoshuvlar............. 
152 
9.2. Napoleonning Fuqarolik kodeksi. Kanada yondoshuvi (1889 yil)................. 
156 
9.3. Antitrest qonunlar. SHerman va Kleyton qonunlari. 
157 
9.4. Tadbirkorlar va iste‘molchilarni himoya qilish bo‗yicha Magnusson-Moss 
qonuni..................................................................................................................... 
160 
9.5. Davlat monopoliyasiga keynschilikdagi munosabat....................................... 
162 
9.6. Meyoriy va pozitiv nazariyalarning shakllanishi............................................ 
166 
9.7. Ijtimoiy farovonlikni maksimizatsiyalashning ahloqiy jihatlari…………… 
168 
9.8. Robinson va CHemberlin nazariyalari............................................................ 
170 
Testlar.................................................................................................................... 
173 
Glossariy................................................................................................................ 
194 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati.................................................................... 
198 
 
 
 


6
KIRISH 
 
Bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mamlakat 
makroiqtisodiy barqarorligiga hamda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga erishish, 
avvalambor, monopoliyaga qarshi boshqaruvni samarali tartibotlarni amalga oshirish 
va real raqobatchilik muhitini shakllantirish, bunda raqobat muhitini rivojlantirish 
uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va zarur shart-sharoitlarni 
yaratishni taqozo etmoqda. Chunki zamonaviy iqtisodiy ta‘limotda va ko‗pgina 
dunyo mamlakatlarining davlatni rivojlantirishdagi siyosiy konsepsiyalarida samarali 
raqobat iqtisodiyotni muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosi sifatida e‘tirof etiladi. 
Mustaqillikka erishish va bozor munosabatlariga o‗tish davridan boshlab 
O‗zbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi va raqobat sohasidagi siyosati 
davlat tomonidan tartibga solish tizimini isloh qilishda asosiy rolni o‗ynadi, chunki 
davlat boshqaruvi tizimi iqtisodiy va ijtimoiy me‘yorlar sifatini qat‘iy belgilaydi va 
raqobatni himoyalovchi qonunlarni qo‗llashni shart qilib qo‗yadi.
Mamlakatimizda davlat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga 
solish va takomillashtirish nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy, balki institutsional hamda 
funksional rivojlanish xususiyatlariga ham ega. Institutsional va funksional 
rivojlanish esa, bozor iqtisodiyotiga o‗tish va unga mos keluvchi bozor 
iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan hisoblangan raqobatni rivojlantirish
raqobat munosabatlarni muvaffaqiyatli shakllantirishning asosiy omillaridan biridir.
Monopoliyalarni tartibga solish va unda davlatning rolini kuchaytirish, 
monopoliyaga qarshi boshqaruvning mohiyati, uning mazmun-mundarijasi haqida 
fikr yuritishdan avval, monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi, uning turlari, 
vujudga kelish asoslarini bayon etish maqsadga muvofiq, deb o‗ylaymiz.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning barqarorligini ta‘minlash ko‗p 
jihatdan turli sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijasiga bog‗liq. Bugungi kunda 
iqtisodiyotda yuqori samarali raqobat strategiyani shakllantirish va amalga oshirish 


7
davlatning korxonalarning tashqi va ichki bozorlardagi barqaror mavqeini ta‘minlash 
shartlarini belgilab beruvchi uzoq muddatli iqtisodiy siyosatining asosiy 
yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining jamiki tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik-
texnologik yangilash va isloh etish jarayoni hamda raqobatchilikka asoslangan biznes 
muhiti sharoitida sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni samarali amalga 
oshirishning ahamiyati ortib bormoqda. Islohotlarni yanada chuqurlashtirish zamirida 
―...nafaqat iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini, balki, eng avvalo, hududlarni 
kompleks rivojlantirish va mamlakatimiz barcha fuqarolarining hayotiy manfaatlarini 
ta‘minlashga va ularning daromadlarini ko‗paytirishga doir istiqboldagi muhim 
vazifalar turishi kerak‖. 
Sanoat 
korxonalarini 
rivojlantirish 
va 
samarali 
boshqarishda 
esa
2017 – 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‗z navbatida, monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish tizimini, raqobat 
muhitini izchil rivojlantirishning huquqiy bazasini takomillashtirilishi, iqtisodiyotni 
modernizatsiya qilish va liberallashtirish talablari, davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlarining nazorat vazifalarini qisqartilishi, shuningdek izchil rivojlanib 
borayotgan tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyotdagi munosabatlari monopoliyaga 
qarshi boshqaruv faoliyatining institutsional va fuksional asoslarini takomillashtirish 
zaruriyatini belgilab berdi. Zero, so‗nggi yillarda iqtisodiyotimizning jahon 
iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi, bozorda turli moliyaviy, iqtisodiy 
hamda mulkiy munosabatlarning yangi shakllarining rivojlanishi natijasida bozor 
qo‗ygan talablarni, ya‘ni shakllangan munosabatlarni tartib solish zaruriyati yuzaga 
kelmoqda. Boshqacha aytganda, hozirda monopolistik faoliyatni nafaqat tovar 
bozorlarida, balki moliya bozorlarida, qimmatli qog‗ozlar bozorida, birja savdolarida 
ham cheklash choralarini ko‗rishni davlatimizning iqtisodiy rivojlanish darajasi ham 
talab etmoqda.


8

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə