Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


-bob. ―MONOPOLIYAGA QARSHI BOSHQARUV NAZARIYASI‖ FANINING



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

1-bob. ―MONOPOLIYAGA QARSHI BOSHQARUV NAZARIYASI‖ FANINING 
MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI 
1.1. Monopoliyalarni tartibga solishda davlat rolining nazariy asoslari. 
Monopoliyalarni tartibga solish va unda davlatning rolini kuchaytirish, 
monopoliyaga qarshi boshqaruvning mohiyati, uning mazmun-mundarijasi haqida 
fikr yuritishdan avval, monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi, uning turlari, 
vujudga kelish asoslarini bayon etish maqsadga muvofiq, deb o‗ylaymiz.
―Monopoliya‖ (inglizcha monopoly) yunoncha ―monos‖ – bitta (yagona), 
tanho va ―poleo‖ – sotaman, degan ma‘noni anglatib, bozor sharoitida biron-bir 
faoliyat sohasidagi yagona sotuvchi, tanho xizmat ko‗rsatuvchi demakdir.
1
Bu 
ta‘rifga ko‗ra monopoliya – bu o‗xshashi bo‗lmagan qandaydir mahsulotning tanho 
ishlab chiqaruvchisi bo‗lgan yagona firma, kompaniya, degan ma‘noni anglatadi. 
Aytish mumkinki, iqtisodiyotda mazkur tushuncha mohiyatini turli xil 
yondashuv, farqli talqin va ta‘riflarda izohlanganini kuzatamiz. Masalan, 
L.M.Kulikov monopoliya tushunchasining tor va keng ma‘nosini o‗zaro farqlaydi: 
―Monopoliya (grekcha monos – bitta, yagona + poleo – sotaman) – tor ma‘noda bitta 
sotuvchining bozordagi hukmronligini anglatadi. Biroq keng ma‘noda monopoliya 
deganda, bir yoki bir necha shaxslar guruhi faoliyatining qandaydir sohada 
hukmronlik holati tushuniladi. Xususan, iqtisodiyotda kompaniyalarning monopol 
(hukmronlik) holatining to‗rtta varianti ajratiladi: monopoliyaning o‗zi, oligopoliya 
(grekcha oligos – ozchilik + poleo), monopsoniya (grekcha monos + opsonia – oziq-
ovqat xaridi) va oligopsoniya (grekcha oligos + opsonia)‖.
Bugungi kunga qadar monopoliya atamasining mazmunini ifodalashda 
mohiyatan farqlanuvchi ikki yondashuvni ko‗rish mumkin. Birinchi yondashuv – 
monopoliyalarni turli yirik xo‗jalik yurituvchi subyektlarning sun‘iy birlashmasi 
sifatida ifodalash.
1
Станковская И.К., Стрелец И.А. ―Экономическая теория‖.Дарслик. –М.: ЭКСМО. 2008 й. 140 б. 


9
Jumladan, bunday yondashuvga A.F.Shishkin tomonidan monopoliyaga 
berilgan ta‘rifni keltirish o‗rinlidir: ―Monopoliyalar – bu xususiy mulkchilikka (yakka 
tartibdagi, guruhiy yoki aksiyadorlik shaklidagi) asoslangan hamda monopol yuqori 
narxni o‗rnatish va monopol foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit 
makroiqtisodiyot 
ustidan 
hukmronlikni 
amalga 
oshiruvchi 
yirik 
xo‗jalik 
birlashmalari‖. 
Monopoliya atamasining mazmunini ifodalashda ikkinchi yondashuv – bu 
monopoliyalarga bozordagi ishtirokchilar (sotuvchi yoki xaridorlar) sonining 
cheklanganligi tufayli vujudga kelgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi va narxiga 
ta‘sir o‗tkazish imkoniyatini namoyon etuvchi bozor holati sifatida qarash orqali 
tavsiflanadi.
Monopoliyalarning iqtisodiy mazmuni ularning namoyon bo‗lish shakli va 
turlarini tadqiq etish orqali yanada kengroq ochib berilish mumkin. Tahlillar shuni 
ko‗rsatadiki, iqtisodiy adabiyotlarda monopoliyaning turlari har xil belgilari bo‗yicha 
turkumlanadi. Biroq, muallif tomonidan turkumlangan har bir monopoliya turlari 
to‗liq bo‗lmay, ba‘zi bir monopoliya turlarining ajratib ko‗rsatilishi munozarali 
hisoblanadi. Shuningdek, turli mualliflar tomonidan amalga oshirilgan turkumlash 
ba‘zida bir-biriga zid holatlarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan, E.F.Borisov 
monopoliyalarni quyidagi belgilar bo‗yicha turkumlaydi:
a) savdo bitimlaridagi o‗rniga ko‗ra: 1) ko‗plab xaridorlarga ma‘lum tovarlarni 
sotuvchi kompaniyalarning birlashmasi – monopoliya; 2) barcha sotuvchilarning 
qandaydir mahsulotlarni sotib oluvchi xo‗jalik birlashmasi – monopsoniya; 
b) bozorni qamrab olish darajasiga ko‗ra: 1) bozor faoliyatining bitta tarmog‗i 
miqyosidagi mutlaq monopoliya; 2) bozor faoliyatining bitta tarmog‗i miqyosidagi 
mutlaq monopsoniya; 3) milliy xo‗jalik miqyosidagi mutlaq monopoliya; 4) milliy 
xo‗jalik miqyosidagi mutlaq monopsoniya; 
v) paydo bo‗lish tavsifi va sababiga ko‗ra: 1) tabiiy monopoliya; 2) legal 
(qonuniy) monopoliyalar; 3) sun‘iy monopoliyalar. 


10
V.Ya.Ioxin esa monopoliyalarni yana bir belgi – bozorga kirish imkoniyati 
cheklanganligining turli darajasi tamoyilidan kelib chiqqan holda 3 turga ajratadi: 
1) yopiq monopoliyalar; 2) tabiiy monopoliyalar; 3) ochiq monopoliyalar.
Muallifning asoslashicha, yopiq monopoliya boshqa kompaniyalarning u yoki 
bu xo‗jalik faoliyati sohasiga kirib kelishiga to‗sqinlik qiluvchi yoki boshqalarga 
tegishli aqliy mulkdan foydalanishga yo‗l qo‗ymaydigan mavjud me‘yoriy 
qonunchilik hujjatlari natijasida vujudga kelsa, ochiq monopoliya kompaniya 
tomonidan taklif etilayotgan tovar yoki xizmatning yangiligi jihatidan qandaydir vaqt 
davomida u yoki bu mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisiga aylanishi orqali 
tavsiflanadi. Ko‗pincha bozorga birinchi marta yangi mahsulot bilan chiqqan 
kopmaniyalar ochiq monopoliya holatida bo‗ladi. 
A.A.Kostusev
2
monopoliyalarning kelib chiqish manbaiga ko‗ra institutsional 
monopoliya va tadbirkorlik asosidagi monopoliyalarni farqlash lozim deb hisoblaydi. 
Institutsional monopoliyalar turli institutlar tomonidan vujudga kelib, bozor 
ishtirokchilari uchun raqobatning teng bo‗lmagan sharoitlarini sun‘iy tarzda hosil 
qilinishi orqali namoyon bo‗ladi. Tadbirkorlikka asoslangan monopoliya esa bozor 
hukmronligiga, ya‘ni mahsulot taklifi va talabini tartibga solish orqali uning narxini 
nazorat qilish imkoniga ega bo‗lgan tuzilmalarning rivojlanishi natijasida vujudga 
keladi. 
Institutsional monopolizmning kelib chiqishi asosan davlat va mahalliy 
hokimiyatning litsenziyalash va proteksionistik xatti-harakatni olib borishi bilan 
bog‗liq raqobatga qarshi aralashuvi natijasi hisoblansa, tadbirkorlik monopolizmining 
asosida ishlab chiqarishning konsentatsiyalashuvi yotadi. 
Yuridik nuqtai-nazardan, monopoliyaga qarshi siyosat – bu davlatning ishlab 
chiqarishni monopollashuviga qarshi hamda tovar ishlab chiqaruvchilar orasida 
raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari (tegishli qonunchilik va soliqqa 
tortish tizimi, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, kichik tadbirkorlikni 
2
Костусев А.А. Конкурентная политика в Украине: Монография. –К.:КНЕУ, 2004 й. 21 б. 


11
rag‗batlantirish va h.k.) majmuidir.
3
Iqtisodiy nuqtai-nazardan, monopoliyaga qarshi 
siyosat – bu davlatning monopoliyalar paydo bo‗lishini, qo‗shilish va birlashtirib 
olish harakatlarni, kartellar tashkil etilishini, narx hokimligini, raqobatga qarshi 
qilinayotgan harakatlarni cheklash va tartibga solishga yo‗naltirilgan siyosati.
4
YAna bir kengroq ta‘rifga ko‗ra, monopoliyaga qarshi siyosat – bu davlat 
tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar (tegishli qonunchilikni ishlab 
chiqish, qabul qilish va amalga kiritish, soliqqa tortish tizimi, mulkni 
denatsionalizatsiya qilish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik 
korxonalar yaratilishini qo‗llab-quvvatlash va b.) majmui bo‗lib, ular trestlarga qarshi 
qonunchilikka va insofsiz raqobatni oldini olish borasidagi qonunchilikka tayanadi, 
sh uningdek raqobatni rivojlantirish, bozor munosabatlari ishtirokchilarining 
monopol faoliyatiga hamda bozorda monopoliyalarning hosil bo‗lishiga to‗sqinlik 
qiluvchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan
5
.
Demak, mamlakatda monopoliyaga qarshi siyosat davlat tomonidan olib 
boriladigan iqtisodiy siyosat turlaridan biri bo‗lib, u asosan ishlab chiqaruvchilar 
o‗rtasida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə