Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 O‗zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish-monopoliyalar faoliyatini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
1.4. O‗zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish-monopoliyalar faoliyatini
tartiblash omili 
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning barqarorligini ta‘minlash ko‗p 
jihatdan turli sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijasiga bog‗liq. Bugungi kunda 


17
iqtisodiyotda yuqori samarali raqobat strategiyani shakllantirish va amalga oshirish 
davlatning korxonalarning tashqi va ichki bozorlardagi barqaror mavqeini ta‘minlash 
shartlarini belgilab beruvchi uzoq muddatli iqtisodiy siyosatining asosiy 
yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining jamiki tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik-
texnologik yangilash va isloh etish jarayoni hamda raqobatchilikka asoslangan biznes 
muhiti sharoitida sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni samarali amalga 
oshirishning ahamiyati ortib bormoqda. Islohotlarni yanada chuqurlashtirish zamirida 
―...nafaqat iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini, balki, eng avvalo, hududlarni 
kompleks rivojlantirish va mamlakatimiz barcha fuqarolarining hayotiy manfaatlarini 
ta‘minlashga va ularning daromadlarini ko‗paytirishga doir istiqboldagi muhim 
vazifalar turishi kerak‖. 
Sanoat 
korxonalarini 
rivojlantirish 
va 
samarali 
boshqarishda 
esa
2017 – 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek, 
milliy 
iqtisodiyotni 
liberallashtirish 
jarayonini 
chuqurlashtirishning hozirgi sharoitida sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni 
yuksaltirish, uning salohiyatini oshirish omillarini aniqlash, tashkiliy-huquqiy 
asoslarini mustahkamlashning asosiy yo‗nalishlarini ishlab chiqish dolzarb vazifalar 
sirasiga kiradi. Respublikamizda bu masalalar echimi bo‗yicha bir qancha qonunlar 
va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Prezidentimizning 2017- yil 7- fevraldagi 
―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi 
to‗g‗risida‖gi, 2017- yil 19- iyundagi ―Biznesning qonuniy manfaatlari davlat 
tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini 
tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi, 2018- yil 22- 
yanvardagi ―2017–2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid Davlat 


18
dasturi to‗g‗risida‖gi farmonlari va boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bunga yaqqol 
misol bo‗la oladi. 
O‗zbekistonda monopolistik faoliyatni tartibga solish tizimini yanada 
takomillashtirish, raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar 
korxonalari faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish va xo‗jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‗l qo‗ymaslik, raqobat va uning 
huquqiy bazasini takomillashtirish iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va 
liberallashtirish sharoitida asosiy vazifadir. 
Bozor munosabatlarining asosi sifatida raqobatni rivojlantirish bo‗yicha 
mamlakatimizda yurboshimiz boshchiligida ulkan ishlar amalga oshirildi. SHu 
o‗rinda qayd etish joizki, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010- yil 
26- fevraldagi ―Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni 
rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-
4191-sonli Farmoni bilan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish 
ishlariga bugungi kun rivojlanish realligidan kelib chiqqan holda tizimga yangi 
talablar qo‗yildi. Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, 
raqobat va tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash davlat qo‗mitasi O‗zbekiston 
Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi 
etib qayta tashkil qilindi. 
Ayni paytda, monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish tizimini, raqobat 
muhitini izchil rivojlantirishning huquqiy bazasini takomillashtirilishi, iqtisodiyotni 
modernizatsiya qilish va liberallashtirish talablari, davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlarining nazorat vazifalarini qisqartilishi, shuningdek izchil rivojlanib 
borayotgan tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyotdagi munosabatlari monopoliyaga 
qarshi qonunchilikni yanada takomillashtirish zaruriyatini belgilab berdi. Zero, 
so‗nggi yillarda iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining 
kuchayishi, bozorda turli moliyaviy, iqtisodiy hamda mulkiy munosabatlarning yangi 
shakllarining rivojlanishi natijasida bozor qo‗ygan talablarni, ya‘ni shakllangan 


19
munosabatlarni tartib solish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Boshqacha aytganda, 
hozirda monopolistik faoliyatni nafaqat tovar bozorlarida, balki moliya bozorlarida, 
qimmatli qog‗ozlar bozorida, birja savdolarida ham cheklash choralarini ko‗rishni 
davlatimizning iqtisodiy rivojlanish darajasi ham talab etmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə