Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Monopol narx va narxlar diskriminatsiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
3.6. Monopol narx va narxlar diskriminatsiyasi. 
O‗zbekistonda monopol qimmat narx - tovar bozorida ustun mavqega ega 
bo‗l¬gan xo‗jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlaridan to‗laligicha 
foydalanmaslik tufayli qilgan asossiz xarajatlarini qoplash yoki tovar sifatini 
pasaytirish natijasida qo‗shimcha foyda olish maqsadida tovarga belgilagan narxi. 
Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini to‗liq ishlatmaslik – iqtisodiyotda, doimiy 
tarzda yuqori xarajatlar bilan ishlaydigan tarmoqlarda (mashinasozlik, og‗ir sanoat, 


66
tabiiy monopoliyalar va h.k) tabiiy holatdir. U doimo tovarni tannarxini oshiga sabab 
bo‗ladi, demak shunga qarab narx ham oshadi. Narxlarni ushbu tarzda oshishini 
―asoslanmagan xarajatlar‖ deb atash qonunning mazmuniga zid keladi, chunki qonun 
iste‘molchilar/xaridorlarga sezilarli zarar ko‗rsatadigan haddan tashqari qimmat 
narxlarni va bozorlarni taqsimlash funkiyalarini taqiqlashga yo‗naltirilgan. 
AQSH esa monopol narxni quydagicha talqin etiladi. AQSH qonunchiligida 
―monopol narx‖ga ta‘rif berilmagan. Ba‘zan ―haddan tashqari qimmat narxlar‖ 
tushunchasidan foydalaniladi, lekin unga tushuntirish berilmagan. Umuman olganda, 
korxonalarni bozor ulushini yoki foydani (qimmat narxlar hisobiga) oshirish bilan 
bog‗liq harakatlari Amerika sudlari tomonidan qachonki ular raqobatga zarar 
etkazmaslar qonunga qarshi emas deb topiladi. Haddan tashqari qimmat narxlar 
o‗rnatilishi bo‗yicha sud tomonidan aybdor qilish amaliyotda deyarli uchramaydi. 
Qimmat narxlar (demak foyda ham) bozor sharoitlarida doimiy hodisa 
hisoblanmaydi, sababi haddan tashqari qimmat foyda o‗ziga ko‗psonli 
raqobatlashuvchilarni jalb qiladi, natijada ular keyinchalik narxni pasaytirib 
yuborishlari mumkin. SHuning uchun, raqobat havfi mavjud bo‗lgan taqdirda ham, 
monopolist uchun haddan ziyod qimmat narxlarni belgilash noto‗g‗ri bo‗ladi, yuqori 
darajada foydani mavjud bo‗lishi esa faqat raqobatni kuchaytiradi (jumladan, 
potensial) degan taxmin mavjud. 
Evropa Ittifoqida esa ―monopol narx‖ atama berilmagan, faqat ―haddan ziyod 
qimmat narx‖ atamasidan foydalaniladi. Qonunning 82(a) moddasi ―sotish va sotib 
olishni insofsiz narxlari‖ni qo‗llashni taqiqlaydi. Sotuvchilar tomonidan narx haddan 
ziyod qimmat qilib belgilanishi mumkin. Haddan ziyod qimmat narx – monopolistni 
o‗z ustun mavqeini suiiste‘mol qilishini eng aniq ko‗rinishidir. Lekin, haddan 
tashqari yuqori narxlar ham raqobatlashadigan narxlar bo‗lishi mumkin, chunki 
yuqori narx va yuqori foyda bozorga yangi raqobatchilarni kirishi uchun signal 
bo‗lishi mumkin. Bozorda sezilarli to‗siqlar mavjud bo‗lganligi sababli ushbu holat 
sodir bo‗lmasligi mumkin bo‗lgan hollar, narxni tartibga solishdan foydalanish 


67
mumkin (masalan, tabiiy monopoliyalar yoki ruxsat berilgan monopoliyalar 
sohalarida). Lekin narxni tartibga solish – erkin bozorni antitezasi va shuning uchun 
Komissiya ―haddan tashqari qimmat narxlar‖ga unchalik berilmasdan, hamda narx va 
foydaga aralashish o‗z-o‗zidan innovatsiyalar va investitsiyalarga to‗siq bo‗ladi 
degan fikrga qo‗shilgan. Ushbu borada sudlar tomonidan ko‗rib chiqilgan ishlarda 
javobgar tomonidan o‗rnatilgan haddan ziyod qimmat narxlarni noto‗g‗riligi isbot 
qilib berilmagan. Haddan ziyod qimmat narxlarni noto‗g‗riligi isbot qilib berish 
ayblovchi zimmasiga yuklatilgan. 
Rossiyada esa monopol qimmat narxlarga berilgan ta‘rifni to‗g‗ri va aniqligi 
shundaki, unda asosiy e‘tibor narxlarni taqqoslanadigan bozorlarda emas, balki 
raqobatlashuvchi bozorlarda o‗sishiga qaratilgan: 
Tovarni monopol qimmat narxi (moliyaviy xizmatlar bundan mustasno) -bu 
tovar bozorida ustun mavqega ega bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan 
o‗rnatilgan va tovar bozoridagi raqobat sharoitlarida yil davomida sotilayotgan 
tovarlar sonig, xaridorlar (sotuvchilar) soniga va ularni tarkibiga, shuningdek bozorga 
kirish shartlariga bog‗liq holda yuzaga keladigan narxlardan taqqoslangan tovar 
narxidan qimmat narx.Ularni tovarni xaridorlari (sotuvchilar) bilan bitta guruhga 
kirmaydigan va ushbu taqqoslanadigan bozorda ustun mavqega ega bo‗lmagan, 
yohud ushbu tovarni ishlab chiqarishda va sotishda unga mos keladigan oqilona 
foyda va iqtisodiy tomondan asoslangan xarajatlar summasidan ortiq bo‗lgan xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar o‗rnatadilara.Tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ushbu 
tovarga tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga soluvchi organ tomonidan 
belgilangan tarif chegarasidagi tovar narxi monopol qimmat narx hisoblanmaydi. 
YAponiyada ham ―monopol narx‖ tushunchasiga ta‘rif berilmagan, biroq uning 
ma‘nosini ―monopolistik vaziyat‖ (ustun mavqe) tushunchasidan olish mumkin: 
tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsus tovarlar va xizmatlarni 
narxlarini oshirishi, oshish yoki kamayish ushbu davrda tovarlar yoki xizmatlarga 
yetkazib berish qiymatlarida yoki talab va taklifdagi o‗zgarishlardan kelib chiqqan 


68
holda, ma‘lum davr mobaynida unchalik katta bo‗lmagan, bundan tashqari, ushbu 
tadbirkor qayd etilgan vaqt mobaynida quyidagi talablardan birini ta‘sirida bo‗lgan: 
(a) tadbirkor Hukumat Qarori bilan biznesni ushbu sinfi uchun norma sifatida 
belgilangandan ortiq darajada foyda normasini oldi; yoki (b) tadbirkor faoliyat 
yuritayotgan biznes sohasi uchun norma sifatida ko‗riladigan darajadan oshib ketgan 
tarzda xarajatlarni sotish va umumiy va ma‘muriy xarajatlar darajasida sarfladi. 
Narxlarni tartibga solish organi va o‗z vakolatlari doirasida mahalliy davlat 
hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan 
ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga qat‘iy belgilangan yoki cheklangan 
narxlarni (tariflarni) belgilash; 
ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, ularga narxlar (tariflar) davlat 
tomonidan tartibga solinadigan, monopolist korxonalar tomonidan ishlab 
chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlarni (tariflarni) yoki ularning 
cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsientni, ustama yoki cheklangan 
rentabellikni deklaratsiya qilish (keyingi o‗rinlarda tovarlarga narxlarni (tariflarni) 
deklaratsiya qilish deb ataladi); 
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va 
sotiladigan tovarlarga narxlarni tartibga solish organi tomonidan narxlarni (tariflarni) 
yoki ularning cheklangan darajalarini tartibga soluvchi koeffitsientni, ustama yoki 
cheklangan rentabellikni tasdiqlash (keyingi o‗rinlarda narxlarni (tariflarni) tasdiqlash 
deb ataladi); 
narxlarni tartibga solish organi bilan kelishish yoki O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlariga muvofiq alohida tovarlarga qat‘iy belgilangan yoki 
cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash yo‗li bilan amalga 
oshiriladi. 
Qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan tartibga 
solishning boshqa usullari ham qo‗llanilishi mumkin. 
Qolgan tovarlarga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qo‗llaniladi. 


69

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə